Anora qiya ochiq derazadan yomg‘irning yoqimli sharroslarini befarq tinglardi. U anchadan beri qalbida allaqanday bo‘shliqni his qiladi. Ilgarigidek har narsadan hayratlanmaydi, ta'sirlanmaydi. Aslida-ku, ishlari yaxshi



Download 56,5 Kb.
bet4/4
Sana26.04.2022
Hajmi56,5 Kb.
#581708
1   2   3   4
Bog'liq
HIKOYALARIM, CHAROS

Izlarbek
Ba’zan rahmatli buvamga ham hayron qolaman. Nega endi shuncha ismlar bo‘la turib, o‘ylab-o‘ylab menga Izlarbek nomini berdi? Ota-onamdan so‘roqlarimga tayinli javob ololmayman. Nima kimningdir bosgan izimanmi yo dunyoga nimanidir izlash uchun keldimmi?
***
Eh, qo‘shni qishloqlik Bo‘rivoy bilan bekor garov o‘ynadim-da. Yo‘q, u bitko‘zning o‘zi boshladi. Indamay uyga ketyapgandim. O‘z mahallamda kurashda meni yer tishlatganini pesh qilmoqchi bo‘lib tepalikni ko‘rsatdi:
-Sen hov anavi to‘nkaga o‘xshaysan, gavdasi bor-u, bargi yo‘q, mevasi yo‘q, deb ko‘zlarini battar qisib kuldi. Alamimga chiday olmay jahl bilan:
- Quruq yog‘och ham gullaydi, kelasi yil xuddi shu vaqtda ko‘rasan buni, deb turib oldim. U kim garovda yutqazsa, odamlar oldida eshak bo‘lib hangrashini aytdi. Gʻazab otiga minganim uchun rozilik berganimni bilmay qoldim. Men har qanday o‘simlik yaxshi parvarishlansa, albatta, gullab- yashnaydi deb hisoblardim. Mana endi kun o‘tgan sayin har doim ham bunday bo‘lavermasligiga ishonchim ortyapti. So‘ngan shamni behuda puflash bilan atrofni yoritib bo‘lmaganidek, yog‘ochga aylanib ulgurgan daraxtni-da ming parvarishlashdan ma’ni yo‘q ekan. Garovdan ko‘p o‘tmay, qo‘ylarni ariq yoqaga qo‘yib yuboraman-u o‘rtog‘im Bozorqul bilan tepalikka oshiqardim. Birgalashib tagini chopqida yumshatamiz, yana naq buloq suvidan quyishni kanda qilmaymiz. Daraxt esa suvni ochko‘zlarcha simirib olishga oladi-yu, hech narsa bo‘lmagandek, g‘aribhol turaveradi. Tepalikdan qishloq kaftdek ko‘rinadi. Bozorqul bilan atrofni maza qilib kuzatamiz, beshtosh o‘ynaymiz. Dadamning aytishicha, tepalikdagi bu daraxt qishlog‘imizning juda ko‘p asrlik tarixiga guvoh bo‘lgan ekan. Och-nahorlarga o‘zining to‘yimli mevalari bilan risq bergan, hattoki bir vaqtlar zindondan qochgan tutqunni o‘z bag‘riga olib, yovuz askarlar taqibidan yashirgan emish. Hamisha mung‘ayibgina turadigan bu daraxtda shuncha xosiyat borligiga o‘zim ishona olmayman. Lekin o‘tgan yili uch kun qattiq shamol turib, kuchli sel bo‘ldi. Ne-ne mustahkam uylarning tomi uchganda, qishloq boshidagi yog‘on, baquvvat baqateraklar naq belidan singanda bu ojiz daraxtning omon qolishi qiziq bo‘ldi. Uning qanday meva berishi, gullashi-yu, kurtak ochishini qishlog‘imiz kattalari ham ko‘rmagan ekan. Qalin ildizlarning yerga mahkam o‘rnashib olganini aytmaganda u quruq yog‘ochning o‘zginasi. Lekin xalq qahraton qishda o‘tinga muhtoj bo‘lsa-da, bu daraxtga qo‘l tekkazishga qarg‘ish olishdan qo‘rqqandek hayiqadi... Xullas, avvaliga savobli va qiziqarli tuyulgan yumushimizni sidqidildan bajarardik. Biroq garovning muddati yetib, butun qishloq yashilga burkanganda o‘sha daraxtning biror o‘zgarishsiz qolgani umidli nigohimizni qorong‘u pardaga o‘rab tashladi. Shuncha mehnatimizni javobsiz qoldirganidan dilimiz zada edi. Bir kuni Bozorqul yelkamga qo‘lini tashlab:
-O‘rtoq, qo‘y, shu ahmoqona, imkonsiz ishni to‘xtataylik. Er kishi aytadiyam, qaytadiyam. Jahl chiqqanda bir aytding-qo‘yding-da. Bo‘rivoying allaqachon garovni unutib yuborgandir, deb fikrimdan qaytarishga urindi. Bir tomoni tepalikka bo‘zchining mokisidek qatnayverish o‘zimning ham jonimga tekkandi. Baribir natija bo‘lmayapti-ku. Ehtimol, Bo‘rivoy chindan garovimizni esdan chiqarib yuborgandir. Ana ota-onam ham ishimdan norozilanib, meni xayolparastga chiqarib olishgan. Nima qilaman ularniyam xavotirga qo‘yib. O‘tgan navro‘zda garov o‘ynagandim. Shartga ko‘ra daraxtni parvarishladim, yutqazdim, deyman. Shu bilan hammasi tugaydi. Birinchi marta navro‘zning kelmasligini xohlayapman. Darvoqe, bir g‘aroyib hodisani unutayozibman. Daraxtga suv berishni boshlaganimdan beri ko‘zguga boqsam, negadir aksimni ko‘rmayapman. Qizig‘-a, oynaga tog‘ri qarab turasiz-u, qancha qidirib ham unda o‘z aksingizni topa olmaysiz. Go‘yoki siz yo‘qsiz. Avvaliga qo‘rqib ketdim, keyin buni daraxtning xosiyatiga yo‘ydim. Hech kimga bildirmadim, ayniqsa, oyimga. To‘g‘risiyam-da, oyim sezib qolsalar dod-voy solib, harakatlarimga nuqta qo‘yishi mumkin edi... Bu bahorda ham qo‘shni qishloq bolalari bilan varrakni kim balandga uchirish, futbol o‘ynash, kurash tushish bo‘yicha bellashdik. Ular orasida Bo‘rivoy boshliq olifta bolalar ko‘rinmasdi. Hayriyat, butun xalqning oldida eshak bo‘lib hangrashdan omon qoldim. Biroq shodligim uzoqqa cho‘zilmadi. Maktabda o‘tkazilgan voleybol musobaqasida garov shartini bajarishga to‘g‘ri keldi. Qarasam, tomoshada turganlar orasida Bo‘rivoy ham bor. O‘yindan keyin uni chetlab o‘tishning epini qilolmadim. Jismoniy tarbiya ustozimiz va butun sinfdoshlarim oldida va’damni bajarishga majbur edim. Ha, toza sharmanda bo‘ldim, kulgu ostida qoldim. Keyin bir hafta kasalman deb, darsga borishni paysalga solib yurdim. Bilmadim, men hanuz o‘sha daraxtning bir kun kelib gullashiga ishonardim. Bu haqda gapirsam, Bozorqul mavzuni boshqa yoqqa burib yuborar, negadir mendan o'zini olib qochadigan bo'ldi. So'rasam, uyida ishlari ko'pligini bahona qildi. Yozda tog'asining poliziga hasharga ketarkan. Men domgidek poda ortidan chopib yuribman. Bir kuni tepalikka chiqib atrofni kuzatgim keldi. O‘sha g‘aribhol daraxtga suyangancha ko‘zim ilinibdi. Bir payt boshimga ingichka shox kelib tushdi. O‘rnimdan sekin turib, qo‘ylarga ko‘z tashlab qo‘ydim. Joyida, o‘tlab yuribdi. Uyqu aralash shoxchani ushlab turdim-u, daraxtning ko‘z shaklidagi bir o‘yig‘iga qistirib qo‘ymoqchi bo‘lib, chapga buradim. Tavba, daraxt o‘z-o‘zidan ochilsa bo‘ladimi. Sodir bo‘lgan hodisadan o‘zimni yo‘qotib qo‘yishimga bir bahya qoldi, ko‘zlarim qinidan chiqqudek bo‘ldi. Bu men uchun go‘yo yetti uxlab ko‘rolmaydigan tush edi. Uning ichi keng va vahimali ekan. Ehtiyotkorlik bilan ichkariga qadam tashladim. Uch dona allaqanday danakni aytmaganda, u yerda hech nima yo‘q edi. Danak chaqib yeyishni yaxshi ko‘raman-u, sinalmagan narsaning iste’molidan qo‘rqar edim. Tashqariga chiqishim bilan daraxt to‘satdan yopilib qoldi. Danaklarni tepalikning har yer-har yeriga ko‘mib chiqdim. Lekin ularning unib chiqishiga ikkilanardim. Negaki yong‘oq uzoq vaqt davomida zax bosib, allaqachon chirib bo‘lgandir deb o‘ylardim. Shunday bo‘lsa-da, ertasiga ham, indiniga ham danaklar ustiga suv quydim. Uchinchi kuni kelganimda ular o‘rnida yam-yashil nihollarni ko‘rib hayron qoldim. Bir haftaga bormay, nihollar qiyg‘os gulladi. Qizig‘i shundaki, qari yog‘ochga aylangan daraxt hech qanday sababsiz qulab tushdi. Qishlog‘imizda toza gap qizidi. Axir ko‘hna daraxt qulab, o‘rnida uch tup nihol paydo bo‘lgandi, yana hamma daraxtlar barg to‘kib, hosil yig‘ib olinayotgan bir paytda ular qiyg‘os gulda. Ovozim boricha baqirgim, mana ko‘ryapsizlarmi harakatlarim natijasini ko‘rsatdi, degim kelardi. Endi meni yuzta Bo‘rivoylarning nima deyishi qizitirmaydi.
***
Ha aytgancha, hayotimda yana bir quvonarli hodisa ro‘y berdi. Men o‘zimni topdim. Eh-he-he-hey, ko‘zguda o‘z aksimni ko‘ra boshladim...
Charos AVAZOVA,
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish