28- amaliy mashg’ulot
MAVZU: Beligacha yalang'och holda o'tirgan qiyofachi portreti ranglavhasini ishlash. Inson gavdasi anatomik tuzilishi,portretni mazmunan boy, chuqur g‘oyaviy voqeaband mavzular asosida tasvirlash yo‘llarini o‘rganish.
Reja:
Inson gavdasi anatomik tuzilishi, portretni mazmunan boy, chuqur g’oyaviy voqeaband mavzular asosida tasvirlash yo’llarinio‘rganish.
Gavdasi anatomik tuzilishi, portretni mazmunan boy, chuqur g’oyaviy voqeaband mavzular asosida tasvirlash yo’llarini o‘rganish.Qisqa muddatda yakunlash , ishlarni prosmotrga tayyorlash.
Inson portretini qo`llari bilan ishlashga qo`yilgan talablarni konstruktiv yechimini topishga o`rganish.
Inson portretini qo`llari bilan ishlashga qo`yilgan talablarni konstruktiv yechimini topishdagi birinchi va ikkinchi bosqichlarda yakunlash.
Portret mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; kalla portreti, ko‘krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va xakozo. Portret kompozitsiyaning tuzilishida insoning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Har bir rassom portret yaratishda o‘z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo‘la oladi. Portret - inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go‘zal qiyofasii obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan.
XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan rassomlardan biri P. D. Korindir. U M. Nesterovning sodiq shogirdi edi.
Pavel Dmitreevich Korin portret yaratishdan oldin, uni ichki, tashqi dnyosini, psixologiyasini yaxshi o‘rganar edi. SHundagina insonni assosiy xususiyatlarini tashqi qiyofasi, xarakterini ochib beraolardi. YOrug‘lik ranglarni kompozitsiya bilan muvofiqlashtirib portretni konstruktiv qurilmasini puxta tasvirlar edi. Zamondosh san’at va xarbiy vakillaridan SHesterev, Kachalov, Saryam, Igumkov, Leonidov, Konenkov, Kukriniksi, Jukov, Tolbuxin, Govorovlar kabi kuchli xarakterdagi shijoatli insonlarni portretlarini yaratdi. Taniqli yozuvchi va jamoat arbobi Aleksey Nikolaevich Tolstoy portreti xotirjam kresloda o‘tirganini tasvirlagan. Bir qo‘li cho‘ntagida, ikkinchisida trubka, kostyum tugmalari echiq, biroz qiyshaygan galstuk qiyofasida portretni yaratgan. Portretlarni yorug‘ yoki to‘q rangda, rakurs xolatida tasvirlagan. Ulug‘ xaykaltarosh S.Konenkovni portretini ham shu tarzda tasvirlangan. Ulug‘ mo‘yqalam ustasi yaratgan har bir portret – san’at asarida tomoshabin tasavvurida inson taqdirini anglaydi. Obraz orqali biz insonni qalbiga kirib uning qayg‘u-quvonchlariga sherik bo‘lamiz. U o‘z asarlarida insonni ulug‘laydi, go‘zal qirralarini tasvirlaydi. Korin Renato Guttuzo portretida – ulug‘ faylasuf, irodali teran xarakterli insonni tasvirlaydi. Guttuzo kresloda erkin holatda o‘tiribdi, qo‘l harakati tabiiy mavjud ritm, rang imkoniyatlaridan foydalanib, ichki hayajonni muvofaqqiyatli ifodalangan. Rassomni keng elkali qomati, yuz qiyofasi, qayrilgan qoshlari, burgut ko‘zlari, kuchli irodali inson obrazini yaratdi, portret – kartina darajasiga etkazdi.
Rassom Korinni mo‘yqalamga mansub asarlarida hamma rangtasvir surtmalari, burmalari, tasvir usullari o‘ylab benuqson bajarilgan.
Korin Guttuzo portretini 13 seansda (3 soatdan) ishlab bitirgan. Portret bitgandan so‘ng Guttuzo Koringa shunday deb: «Meni aristokrat qilib tasvirlabsiz. Bizni tasvirlash yo‘limiz har xil, lekin men sizlarni tasvir usulingizni hurmat qilaman» degan edi.
XX asrni birinchi yarmida portret janrida ijod qilgan rassomlardan biri Vladimir Kaydalovdir.
1940 yil boshlarida UzSSR Oliy Soveti ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning tug‘ilganiga 500 yil to‘lishi munosabati bilan uni portretini yaratish uchun (butunittifoq) konkurs e’lon qilindi. Konkursda ellikdan ortiq (sobiq ittifoq) rassomlari qatnashdi. Rassomlar oldida qiyin vazifa qo‘yilgan edi. O‘zbek adabiyotining asoschisi, shoir, gummanist, mutafikkir olim, davlat arbobi obrazini yaratish kerak edi (yagona murojaat qilinadigan material Maxmud Muzaxabbibini miniatyura namunasi). O‘tmishni sinchiklab o‘rgandi, Navoiy asarlarini o‘qib, asar tuzilishi, mazmun mohiyatini o‘rgandi. Muzaxabbibi miniatyurasi shoirni tashqi qiyofasi haqida tasavvur berardi. Kaydalov ma’naviy shoirni realistik obrazini yaratdi.
A. Navoiy o‘z vatani va xalqiga chuqur muxabbat bilan sug‘orilgan poetik meros qoldirdi. Konkurs jyurisi rassomga (yagona) ikkinchi mukofotni berdi. 1941 yili Kaydalov A. Navoiy portretini yaratishga kirishdi. Portretni oxiriga etkazishga imkon bo‘lmadi. Ulug‘ Vatan urushi boshlanadi. Boshlagan ishini 1947 yili davom ettirdi. SHoir ijodga ilhom qiyofasida tasvirlangan oldimizda o‘ymakor kursi ustida yotgan kitob, chap qo‘lida qo‘lyozma ushlab turibdi. Deraza orqasida Xirot panoramasi iliq ranglarga boy, aniq echimi, chehrasidagi psixologik holat. YOrug‘ vositasida kolorit. SHoirni ishonarli qiyofadagi tasviri rassom mahoratidan dalolat beradi.
A. Navoiy portretida V. Kaydalov rang-texnik vositalarini amalda o‘zlashtirgan etuk mohir rangtasvir ustasi ekanligini tasdiqladi. Portret 1947 yili yubiley ko‘rgazmasida namoyish etildi va UzSSR Davlat tomonidan asosiy portret deb qabul qilindi. undan minglab nusxada rangli reproduksiyalar bosilib O‘zbekiston shahar qishloqlarida keng tarqatildi. SHoir obrazini yaratishdagi dastlabki ijod samarasi litografiya texnikasida bajarilgan. Rassom shoirni ko‘kragigacha kitob turgan kuchli zakovatli inson obrazini yaratdi.
CHingiz Axmarov serqirra talant sohibi. Qaysi janrda qalam tebratmasin, u tasviriy san’atdagi nozik va lirik shoir sifatida namoyon bo‘ladi.
CHingiz Axmarovning barcha asarlarida insonning ma’naviy axloqiy go‘zallik, oliyjanobligi asosiy o‘rinni egallaydi. Rassom miniatyura san’ati an’analarini davom ettirgan holda novatorlik ruhi bilan sug‘orilgan asarlar ijod qildi. CH. Axmarovning «YOsh Alisher» asarida navqiron Alisher ulug‘sifat qiyofada she’riyat, nafosat va buyuklik timsoli sifatida gavdalanadi. Butun olam chamanday yashnayotgan bahor fasli Alisher Navoiy qalbining donolik va zakovat nurlari bilan to‘layotganidan, o‘z ijodi va hayotini xalq va o‘lka g‘amiga safarbar etayotgan inson voyaga etishayotganidan darak berayotganday.
Rassom Xalima Nosirovani 1929 yili birinchi bor G‘ulom Zafariyning «Xalima» pesasida Xalima obrazida ko‘radi va qoyil qoladi. Uzoq yillar mobaynida u ajoyib san’atkor obrazini tasavvurida ardoqlab yuradi va 1973 yili xolstga tushirishga muyassar bo‘ladi. Rassom Mukarrama Turg‘unboeva qiyofasida kabutardek engil raqs tushayotgan sahna parisini, Zulfiya obrazida buyuk e’tiros bilan olamga nigoh tashlagan shoirani, X. Nosirova siymosida xassos san’atkorni ifoda etadi. «Nur sari»ga bag‘ishlangan qator asarlarida ayollar olamiga nur tarqatish, hayot berish uchun kelganday, go‘zallik ramzi sifatida gavdalanadi. CHingiz Axmarov polotnolarida insonning ma’naviy go‘zalligi, oliyjanobligi ulug‘vorligi va ko‘rkamligi haqidagi she’riyatdek tuyuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |