M u n d a r e j a



Download 161,5 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#227100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
V. Shekspir tragediyalarida optimizm

UCHINCHI BOB

3.1. “YULIY SEZAR” TRAGEDIYASINI YARATILISHI.

“Yuliy Sezar” SHekspirning Rim hayotidan olingan ikkinchi tragediyasi bo‘lib (birinchi qonli tragediya “Tit Andronik”) birinchi marta 1623 yili nashr etilgan, lekin ancha avval yaratilgan edi. Shu davrga oid boshqa qo‘shimcha manbaalarga suyanib tragediya 1599 yili yaratilgan degan fikrga kelindi. Rim tarixidan olingan bu tragediya SHekspirning quvnoq komediyalari, xronikalari va optimistik ruhdagi lirik tragediyasidan buyuk tragediyalar yaratishga o‘tishdagi zvenoni tashkil etadi.

“Yuliy Sezar” tragediyasi davr uchun muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan Tyudorlar dinastiyasi hukmronligidan norozilik, jamiyatga qirolichani taxtdan tushirish va yangi turdagi davlat tuzumi o‘rnatish ideyasini tug‘dirish edi. SHekspir tragediyasi ana shu kayfiyatlarni aks ettiruvchi va dramaturgning ularga bo‘lgan munosabatini ochib beruvchi asardir. Shuning uchun SHekspir siyosiy qarashlarini aniqlashda shu pyesada murojaat qiladilar.

Tanqidchilar ko‘rpincha dramaturgni Sezar obrazini to‘liq bermaganlikda, uning lashkarboshilik faoliyatini yoritmaganlikda ayblaydilar. Haqiqatdan ham shunday, chunki pyesaning asosiy fikri Sezarning mohir lashkarboshchiligini maqtash emas, balki uni davlat arbobi sifatida tasvirlash edi.

Sezar Rimga xizmat qilgan, uning qudratini oshirgan, hukmronlik doirasini kengaytirgan va shu xizmatlari tufayli hokimga aylanib qolgan.

Butun Rim unga xizmat qilishini istaydi. Uning aytganlari hamma vaqt eng aqlli, eng adaolatli fikr sifatida qabul qilinishini, uning buyrug‘i hamma uchun qoida bo‘lishini, qiyofasini xudolarga tenglashtirishlarini istaydi. SHekspir Sezar obrazini jismoniy zaif, kuchdan qolgan, bir qulog‘i og‘irlashgan holda tasvirlaydi. Ana shu jismoniy zaif shaxs va uning siyosiy qudrati o‘rtasidagi qarama – qarshilikda chuqur ma’no bor. Sezarning butun diqqat markazida o‘z shaxsiyoti tursa, - Brut faqat birgina maslakka – respublikaga xizmat qilish uchun yashaydi. Agar shuxratparast Sezar olqish, qarsoqlar chalinishini sevsa, Brut nihoyatda kampar, yolg‘izlikni afzal ko‘rgan, o‘z xizmatlari evaziga hech narsa talab qilmovchi inson. Sezar harakatchan, energiyasi odam bo‘lsa, Brut mutaffakir, donishmand, faylasuf, u faylasuf Hamletdan darak beradi. Bu personajlarning ikkalasi SHekspir yaratgan obrazlar sistemasida alohida o‘rin egallaydi.

SHekspir tragediyasida Brut obrazi anchagina ideallashtirilgan. O‘z shaxsiyatini uylovchi Sezar bilan hayot lazzatlaridan voz kechgan faylasuf Brutning tragediyada qarama – qarshi qo‘yilishi umuman ikki xil dunyoqarashning qarama – qarshi qo‘yilishi edi. Har ikala qahramonni shekspir faqat ijtimoiy hayotda tasvirlash bilan qanoatlanmay, oilaviy hayotda ham ko‘rsatadi. Kalpurniya ham Porsiya ham erlarini sevadilar, ammo erlarining xarakteri turlicha bo‘lganidek, xotinlarning ularga bo‘lgan tuyg‘usi ham turlicha Sezar oilasida ham hokim, u hammaning diqqat markazida.

Brutlar oilasida esa huquq tengligi hukmronlik qiladi. Brut va Porsiya bir – birlarini hurmat qiladilar. Porsiya faqat xotingina emas, erining do‘sti, maslahatchisi va maslaxatdoshi hamdir. Buyuk san’atkor faqat bosh qahramonlar xarakterini to‘liq ochish bilan cheklanmay, har ikkala vakil tarafdorlarini xarakterini ham ochib beradi. Mark Antoniy Sezarning eng yaqin safdoshi. Sezarning yashirin maqsadlarini sezgan va mutloq hoqimiyat uchun eng yaxshi tuzum deb ishongan Antoniy o‘z hoxishi bilan uning yordamchisi va maslaxatdoshiga aylanadi.

Antoniy Sezarni shoh etib saylashga xalqni undaydi, va xalq nomidan unga toj kiygizadi. Antoniy ayi – ishrat, hayot lazzatlaridan to‘la foydalanish falsafasining tarafdori. Sezar o‘ldirilgandan so‘ng o‘z rahbari uchun o‘ch oshiga otlanadi, o‘ch olish bilan birga uning ishini davom ettirish va uning taxtiga o‘tirishi orzusida kurashga hozirlanadi. Antoniy g‘alaba qozonadi, ammo Antoniyning ittifoqchisi, merosxo‘rlikda undan ko‘proq huquqqa ega bo‘lgan Oktaviy ham bor edi.

Oktaviy o‘z maqsadi uchun sovuqqonlik bilan g‘alabaga erishuvchi hushyor siyosatchi. Antoniyning birinchi muvaffaqiyat – Brut va Kassiyning Rimdan haydalishidan u o‘z manfaati uchun ochiqdan – ochiq foydalanadi. Bu tragediyada Oktaviy va Antoniy o‘rtasidagi ziddiyat to‘liq rivojini topmagan.

“Yuliy Sezar”dan 6-7 yil keyin yaratilgan “Antoniy va Kleopatra” tragediyasi bu shuhratparast ikki merosxo‘r o‘rtasidagi kurash va Oktaviy g‘alabasini tasvirlaydi. Sezar o‘ldirilgandan so‘ng uning tarafdorlari tomonidan tuzilgan triumviratning uchinchi ittifoqchisi aql – idroksiz lekin edi. Antoniy va Oktaviylar undan vaqtincha foydalanadilar. Sezarchilarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat o‘z manfaatlarini davlat, umumxalq manfaatidan ustun qo‘yishi, xudbinlik edi. Ularning uchalasi ham taxtga erishish orzusida monarxiya uchun kurashgan.

Kassiy Brutga o‘xshagan ideal shaxs bo‘lmasa ham har holda davlat uchun beg‘araz kurashadi. Unda Brutda bo‘lmagan ijobiy xususiyatlar ham bor: u nihoyatda harakatchan. Brut yolg‘izlikni yoqtirsa, Kassiy ko‘pchilikni yoqtiradi.

Burt donishmand bo‘lsa, Kassiy aqli – raso inson. Kassiyni ishbilarmon, ziyrak ekanligini dushmanlari ham biladi. Kassiy Sezar bilan bir qatorda Antoniyni ham o‘ldirilishini talab qilganda, Brut bu taklifni rad etib, Antoniy Sezar jasadini dafn etish uchun so‘raganidan Brut rozilik qilmaydi, natijada Kassiyning xavfi asosli bo‘lib chiqadi, va Brutning olijanobligi davlat dushmanlarini ko‘tarishiga katta imkon tug‘diradi.

Urush olib borishda har ikalasi kelishmaydilar: Kassiy halqni talash yo‘li bilan bo‘lsa ham armiyani ta’minlashga urinsa, Brut bundan norozi u bilan hatto aloqani uzmoqchi ham bo‘ladi.

Kassiydagi Brutga bo‘lgan hurmat falokatning oldini olishga yo‘l qo‘ymaydi. Va Kassiy o‘limga yuz tutadi.

Tragediyada xalq asosiy konfliktni xal etuvchi kuch sifatida tasvirlanadi. Tragediya boshlanishidanoq Rim siyosiy taqdirini halq hal etadi. Xalq Sezarni quvvatlasa monarxiya, Brutni quvvatlasa respublika tuzumi saqlanadi, degan fikr olg‘a suriladi, tragediyaning haqiqiy kulminatsiyasi Sezarning o‘limi emas, balki forumda xalq Brutnimi yoki Antoniynimi tanlashi sahnasidir. Tragediyada umumjamiyat manfaati prinsipi emas balki egoistik, shaxsiy manfaatparastlik prinsipi g‘olib chiqadi.

Shuning uchun “Yuliy Sezar” tragediyasi dramaturg ijodining birinchi davrida optimistik komediyalar bilan bir yilda yaratilgan bo‘lsa ham ikkinchi davrga taaluqli sotsial mazmunli tragediyalarga yo‘l ochib berdi. “Yuliy Sezarda”gi fojeaning mohiyati nimada ekanligini hal etish uchun pyesaning tragik qahramoni kimligini aniqlab olmoq zarur. Sezar imperatorlik tojini keyini oldida qotillar tomonidan o‘ldiriladi. Uning taqdiri fojeali, demak Sezar pyesaning qahramoni bo‘lishi mumkin. Ammo Sezarning fojiasi shaxsiy fojia, u o‘z maqsadiga erisha olmadi, lekin pyesa ohirida uning maslagi g‘olib chiqdi. Sezar ruhi tirik, demak Sezar taqdirini fojiali deb bo‘lmaydi.

Sezarchilikka qarshi kurashganlar taqdiri chin fojeali desa bo‘ladi. Ular vatanga xizmat qilish orzusida harakat qiladilar, axloqiy jihatdan qaralganida ular haqli, lekin pyesa boshidanoq ular halokatga mahkum etiladilar. Barcha personajlar orasida Brutni taqdiri ayniqsa fojeali. Rim jamiyatining taraqqiyoti tarixida mutlaq hokimiyat o‘rnatish zaruriyati tug‘ilgan davrda u ana shu yangi tuzumga qarshi kurashdi. Demak, uning ideali, u xizmat qilgan g‘oya tarixiy zaruriyatga zid.

Yuqorida aytilgan respublika tarafdorlari ayniqsa Brutni mag‘lubiyatga olib kelgan taktik xatolar ana shu ziddiyatning natijasi, Brutning ideallari esa o‘tmish ideallari edi. Endilikda ahloqiy qonun – qoidalarni rad etib faqat shaxsiyatparastlik, manfaatparastlikka asoslangan shafqatsiz individualizm davri, Sezar, Antoniy, Oktaviylar davri boshlangan edi.

SHekspir “Yuliy Sezar” da Rim hayoti ostida o‘z davrini tasvirlagan edi. Tragediyaning fojeali qahramoni sezar emas, Brut, lekin masalaga chuqurroq qaraganda pyesada taqdiri undan ham fojealiroq bo‘lgan uchinchi personaj ham bor, u – Rim halqidir. Asarda u hal etuvchi kuch sifatida tasvirlangan. Tragediyaning birinchi sahnasidanoq halq Sezarni qurshagan, unit olqishlaganini ko‘ramiz. Xalq Sezarni davlatning hokimi deb biladi. Halq harakatining guvohi bo‘lgan respublikachilar uni qutqarmoqchi bo‘ladilar: xalqdan maslahat so‘ramay, Sezarni o‘ldiradilar. So‘ng xalqqa hokim nima uchun o‘ldirilganini aytadilar. Masalaning bir tomoni kishini ajablantiradi: xalqqa xoinlik qilgan Sezarchilar ko‘zbo‘yamachilik bilan bo‘lsa – da, ochiq harakat qiladilar: xalq manfaati uchun kurashayotgan respublikachilar esa maxfiy ravishda, xalqdan ajralgan holda harakat qiladilar va keyincha undan o‘z qilmishlarini qo‘llab quvvatlashni so‘raydilar, chunki Brut va boshqa suyqasdchilar uchun halq ongsiz past tabaqa, o‘zlarini esa xalq otasi deb biladilar.

Brut forumda xalq oldida nutq so‘zlar ekan, faktlarga asoslangan holda gapning lo‘ndasini aytadi, Sezar tarafdorlari kabi haqiqatni yashirishga urinib, safsatabozlik qilmaydi. Xalq oldida uning vijdoni sof, uning butun hayoti, hatti – harakati Rimga xizmat qilishga qaratilgan. Brut xalq meni to‘g‘ri tushunadi deb uylaydi, afsuski unday emas, xalq Brut nutqini qizg‘in ma’qullasa ham amalda uni umuman tushunmaydi. Ular o‘rtasida katta ixtilof bor.

Sezarizm g‘oyasi ongiga singishib ketgan Rim aholisi bo‘lgan voqeaga boshqacha ma’no beradi: agar Sezar yomon, Brut yaxshi bo‘lsa, “mayli u Sezar bo‘lsin”, “Sezardagi barcha yaxshi fazilatlarni unda taqdirlaymiz”, masalaning bu tomonini tushunmagan va tushuncha olmagan idealist Brut, xalq meni olqishlash bilan respublikani qo‘llayapti deb o‘ylaydi, ammo esa hokim bo‘lishga Sezarga nisbatan Brut munosib deb uni olqishlaydi.

Antoniyda siyosiy idealizm yo‘q, u omma kayfiyati, real holatni yaxshi anglaydi. O‘zini ommadan ustun qo‘ygani, uni kamsitgani holda Brutga o‘xshab voqeani xalqqa tushuntirib, uning ongini uyg‘otishga urinib o‘tirmaydi.

Ayyorlik bilan uni hayajonlantiradi, o‘ldirilgan Sezar va chuqur qayg‘uga cho‘mgan o‘z shaxsiga achinish uyg‘otishga urinadi. SHekspir Richard, Yago, Egmont, Klavdiyga o‘xshash qahramonlari kabi Antoniyga ham aktyorlik talanti kuchli. U avval kishini hayajonga soladi va undan keyingina ruhiy osoyishtaligini yo‘qotgan odamga o‘z ta’sirini osonlik bilan o‘tkazadi. Agar Yago Otelloga shu yo‘l bilan ta’sir etgan bo‘lsa, Antoniy bu metodni butun xalqqa nisbatan qo‘lladi va g‘alaba qozondi. Ong matniqi bilan emas, tuyg‘u mantiqi va har bir yakka shaxsning manfaatparastlik hissiga ta’sir etish bilan g‘alabaga erishdi.

Agar Brut respublika tuzumini saqlash, xalq erkini himoya qilish bilan unga ma’naviy boylik bermoqchi bo‘lsa, Antoniy xalqqa ruhiy oziqdan ko‘ra moddiy oziq zarurroq ekanini yaxshi anglaydi, va unga va’dalar berish bilan g‘alaba qozondi.

Jahon adabiyotida SHekspirgacha hech kim xalqni, mamlakat, davlat taqdirini hal etuvchi, tarix yaratuvchi sifatida tasvirlamagan va unda shunchalik kuch – qudrat borligini anglab yetmagan edi. Ommaga ana shunday munosabatda bo‘lish dastavval dramaturgning xronikalarida (“Richard - III”, “Richard - II”) namoyon bo‘lib, keyincha Rim tragediyalarida “Yuliy Sezar”, “Kormolan” da o‘z rivojini topdi.

“Yuliy Sezar”da xalq tragediyaning asosiy qahramoni, uning taqdiri Brut taqdiridan fojealiroq, Brut va Antoniylarning xalqqa bo‘lgan munosabati mutlaq qarama – qarshi:

Brut xalqqa katta hurmat bilan qaraydi, hatto rimliklar uni ona shahridan haydasalar ham ulardan o‘pkalamaydi, Antoniy esa xalqqa nafrat bilan qaraydi. Brut uchun hayot maqsadi umumxalq baxtiga xizmat qilish, Antoniy uchun esa o‘zining shaxsiy maqsadi, taxtga erishishga yordam beruvchi kuch xolos.

SHekspir tasvirlagan xalq Brut o‘ylagan darajada bekam – ko‘st ham emas, Antoniy o‘ylaganidek befarosat tentak ham emas, u qashshoqlikda ezilgan, madaniyatsiz, siyosatdagi makkorliklarni anglab yetmaydi, lekin unda idrok adolat tushunchasi bor.

Xalq Brut va Antoniy so‘zlarining adolatli qismini qo‘llab quvvatlaydi, Antoniy esa faqat ayyorlik bilan, turli va’dalar bilan adolatsiz ishni quvvatlatishga muyassar bo‘ladi. Tarix ziddiyatlarini to‘g‘ri anglab yetish va obrazlar, voqealar orqali realistik nihoyatda hayotiy tasvirlash, fikr chuqurligi va boyligi bilan “Yuliy Sezar” tragediyasi jahon adabiyoti xazinasidagi tarixiy va siyosiy dramaning eng oliy namunasi sifatida tanilgan.

“Yuliy Sezar” tragediyasini O‘zbekiston xalq shoiri Uyg‘un 1958–yili o‘zbek tiliga ag‘dargan. Tarjimon original sifatida 1938 – 1941 – yillarda chop etilgan B.D. Levin tarjimasini tanlagan. Tragediya avval “Sharq yulduzi” jurnalida, keyincha SHekspir tragediyalari bir tomlida bosilgan. Dramaturgning bu asari kam tarjima qilingan va teatrlar diqqatini o‘ziga tortmagan edi.

Hamza nomidagi O‘zbek Drama teatri 1959 – yili “Yuliy Sezar” ni A.Ginzbung va Sh.Qayumov rejissorligida sahnaga qo‘ydi. SHekspirning bu tragediyasi ham “Hamlet”, “Otello” kabi teatr talqinida katta muvaffaqiyat qozondi. Hamza teatri asar mazmuni, g‘oyasini to‘liq tushungan holda, unga to‘g‘ri talqin bergan, pyesada aks ettirilgan davr voqealarini tomoshabin ko‘z oldida yaqqol gavdalantira olgan. Ayniqsa Brut rolini ijro etgan Sh.Burxonov g‘oyat kuchli taasurot qoldiradi. Sh.Burxonov talqinidagi Brut respublikachilar rahbariginamas, har narsani chuqur mushohada qiluvchi sifatida gavdalangan.




Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish