Dramatik asarlardagi qahramonlar nutqdagi ohang tovlanishlari Reja



Download 30,3 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2022
Hajmi30,3 Kb.
#873213
  1   2
Bog'liq
DRAMATIK ASARLARDAGI QAHRAMONLAR NUTQDAGI OHANG TOVLANISHLARI


Dramatik asarlardagi qahramonlar nutqdagi ohang tovlanishlari
Reja:
1.  Adabiyot darslarda dramatik asarlarning asosiy belgilari.
2. Adabiyot darslarda dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg’unlashuvini hisobga olish zaruriyati.
3. Dramatik asarlardagi qahramonlar nutqdagi ohang tovlanishlari

Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham uxshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o`kish uchun emas, balki asosan ko`rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi, ya'ni yaratilayotgan vaqtidayok asarning spektaqlga aylanishi ko’zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o’zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so’z va teatr san'atlarining omuxtasi bo’lmish dramani ukish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada kushimcha zurikish lozim bo’ladi. Qahramonlar va ularning tuyg’ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning harakteristikasi bo’lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta aqliy kuvvat takozo etadi.


Drama asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o’z so’zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni tulakonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bo’lish zarur.
Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator kiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning uqilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yukligi uchun ham ishilar ko’pincha dramatik asarlarni ukimaydilar. Bordi-yu, saxna asari uqilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yul bilan bayon qilinmaydi va asarda ruy berayotgan to’qnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga bog’liq bo’lib koladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg’u ham yetakchi bo’lmaydi. Bu xil asarlarda harakter asosiy o’rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo’lishidan kat'i nazar dramatizmga - ruhiy xavotir shiddati tasviriga kurilgan bo’ladi. Dramatik asarda qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo’lgan qandaydir bir narsaning kuldan berilishi yoki amalga oshmay kolishi xavfi tasvirlangan bo’lishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi. Tahlilda ushbu nazariy talabga alohida ahamiyat berish lozim bo’ladi.
Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayon qilishi ham, munosabat bildirishga ham, tasvirlashga ham xaqli bo’lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha vazifani o’z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog tarzida saxnadosh sheriklarga murojaat qilishning, voqealar rivojining, harakterlar ochilishining vositasi bo’ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy kuvvatga ega bo’ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik nutqka doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar kutarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo’lishi lozim. Chunki u saxnada kuyilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaqlarida utirganlarga eshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bo’lishi joiz. Dunyodagi barcha dramatik qahramonlarning bir qadar sun'iyrok tilda so’zlashi va L.Tolstoy tomonidan tankid qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari kuyuk tuyg’ular, hissiyotlar buroni ogushida yashaydilar, kuchli to’qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta'sirchan tilda sulashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan munosabat bildirishga moyil bo’ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning magzini chaka oladilar.
Yana bir muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda uynalgan spektaqlni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so’z san'ati namunasi bo’lmish drama spektaqlga aylangan teatr san'ati namunasiga evriladi va o’sha san'atning qoidalariga muvofiq yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o’zgartirib yuborishi mumkin. Chunonchi, B.Yuldoshev rejissyorligida kuyilgan "Otello" spektaqlida Afzal Rafikov uynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaqlning o’zi yovo’z ruhning iztiroblari va kiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida drama matnidagi barcha nozikliklar yukolib ketishi mumkin bo’lganidek, kuchli ijro tufayli urtamiyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot koldirishi ham mumkin.
Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish yuritilsa, juda ta'sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat, bizning nazarimizda, drama matni bilan tanishishdan oldin dramatik asarga xos saxna, parda, ko’rinish, monolog, dialog, lukma, remarka, prolog, epilog singari saxnaviy tushunchalar to’g’risida to’liq nazariy ma'lumotga ega bo’lish kerak. Negaki, shu xildagi nazariy ma'lumotsiz saxna asarini tushunib ham, tahlil qilib ham bo’lmaydi.
Dramatik asarning yana bir o’ziga xos jihati shundaki, drama badiiy hodisa hayot hodisasiga aylangan, kishining sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etish kudratiga ega bo’lgan yagona adabiy turdir. Dramada qahramonlar harakteri vokelik tarzida, tomoshachining ko’z oldida namoyon bo’ladi va kuchli ta'sir utkazadi. Shuning uchun ham drama asarlarini tahlil qilish anchagina murakkab yumushdir. Kuchli insoniy harakterlar, to’qnashuvlaridan ut chaknaydigan hayotiy ziddiyatlarning asosini topish, pesa qahramonlari ruhiy tulgoklari bilan tanishtirish orqali kishida insoniy pozitsiya va ma'naviy qadriyatlar tizimi shakllantiriladi.
Kishidan ma'lum darajada hayotiy va madaniy tajriba bo’lishi, intellektual tayyorgarlik talab qiladigan dramatik asarlar bilan yoshlar qancha erta tanishsalar va ulardan tezrok bahramand bo’lishsa, ularning ma'naviyatini shakllantirish jarayoni shunchalik muvaffakiyat bilan boradi. Ayrimlar g’oyat murakkab tuyg’ular, chigal insoniy taqdirlar tasvirlangan "Shox Edip", "Kirol Lir", "Mirzo Ulugbek", "Abo’lfayzxon" singari asarlarni idrok etish mushkul, ulardagi badiiy ma'noni, odamzotning ulkan dardlarini, iztiroblarini tushunish kiyin deyishadi. Bu xildagi "mexribonlik" odamni nafaqat aqlan, balki ma'nan ham yalkov, tanbal qilib kuyadi. Agar odam o’z vaqtida hissiy tarbiya kurmasa, tuyg’ulari kamol toptirilmasa, un turt yoshida ham, kirk turt yoshida ham insoniy tuyg’ulardan, murakkab kechinmalardan bexabar yashab utaverishi mumkin. Fikr qilish, xis etish, tuyish ham boshqa har qanday insoniy kunikma va malakalar singari yoshlikdan shakllantirilishi lozim.
Masalan: "Shox Edip" tragediyasi voqealar tragediyasi emas, insoniy harakterlar fojeasidir. Muallif asarda nima bo’ladi degandan ko’ra, qanday bo’ladi degan savolga javob berishga ko’proq e'tibor bergan. Tragediya boshdan-oyok qismatning kudratini, taqdirning inson ustidan cheksiz hukmronligini namoyish etuvchi voqealar asosiga kurilgan bo’lsa-da, Sofoklning bemisl mahorati tufayli asarda qatnashgan har bir qahramon pesa davomida o’zining chinakam kiyofasini to’liq kursata oladi. Jahon adabiyotida Edip singari iztiroblar kiynogini tortgan, o’ziga bog’liq bo’lmagan holda gunohlar batkogiga botgan va shu bois kechirgan azoblarining darajasi yanada baland bo’lgan boshqa qahramonni uchratish kiyin. Fojiadagi iztiroblar silsilasining daxshatli tomoni shundaki, asardagi qahramonlar bilib qilgan gunohlari uchun emas, balki qismatlari shundokligi uchun azoblarga giriftor etiladilar. Sofokl uchun gunohning kim tomonidan, nima uchun va qanday amalga oshirilgani emas, balki qilingan gunoh va unga yarasha ajr masalasi muhimdir. Dramaturg inson va qismat munosabatlarini kursatish jarayonida har bir alohida insonning o’z taqdiri bilan o’ziga xos tarzda, ma'naviy dunyosiga loyik darajada uchrashganini xakkoniy aks ettirna bilgan. Bilib-bilmay gunohga botildimi, undan tozalanish uchun harakat qilish jarayonida har bir qahramon o’ziga xos yul tutadi va shu tarzda o’zining insoniy sifatlarini namoyon etadi.
Tragediya markazida to’rgan Edip - azaldan bezovta va gamgusor qalb soxibi. U hech qachon sha'niga dog tushiradigan ish qilmagan va shu bois: "Mening dilimdagi mudom tilimda",-deyishga xaqli. O’zga yurtdan kelib, taqdirning xoxishi va o’zining tadbirkorligi tufayli bu yurtga hukmdor bo’lgan Edip konuniy shox Lay ulimda o’zining ishtiroki bo’lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi. Shuning uchun ham marxum Lay tomonidan noma'lum kotilga karshi: "Maylio’zim bo’lay xuntalab ugli",-deydi. Shunday odamga avliyo Tiresiyning: "Yurtga bu ofatni keltirgan - sensan", degan da'vasi daxshatli adolatsizlik bo’lib tuyulishi tabiiy, albatta.
Sofokl badiiy tasvir tarixida birinchi marta peripetiya deb ataluvchi usuldan foydalanadi va yuksak badiiy natijaga erishadi. Badiiy asar qahramonlari harakatlarining ular istagiga mutlaqo zid natija berishi tasviri usuli peripetiyadir. Edip Layning xaloqatiga chindan ham aloqasi yukligini isbotlashg, o’ziga nisbatan ayrimlarda paydo bo’lgan shubxani yukotish uchun qilgan har bir harakati, aksincha, o’zining ham gumonini kattalashtirib kotilligini ayonlashtirib boraveradi. Iokasta tilidan Layning chorraxada uldirilganini eshitganda, Edip kungliga shubxa urugi to’shadi. Voqealarning bundan keyingi rivoji mazkur shubxa urugining tez kukarib, mevalar berishiga imkon yaratadi. Kutilmaganda, o’zining Lay kotili ekanini bilib, ayovsiz itirob iskanjasida qolgan Edip boshiga togdan ham ogir faloqat yogiladi: u o’z otasini uldirgan padarkush, o’z onasiga uylangan zinokor va undan farzandlar ko’rgan badbaxt kimsa ekan!
Ayni Edipning, bir zamonlar Fivani balolardan xalos etgan shoxning gunohlari tufayli yurtga ofat yogilishi va ofatlar sababchisini izlayotgan kishining o’zi sababchi bo’lib chiqishi tasviri asnosida Edip shaxsiyatiga xos yorkin va go’zal jihatlar inkishof etiladi. Edip shaxsiyatiga xos yorkin jarayonida vaziyatning ogirlashayotganini, xakikatning oydinlashuvi uning zarariga xizmat qilishini bilsa-da, Edip chuponga: "Evox, sen aytishing, men tingldashim shart",-deydi. Bu o’rinda Edip taqdir karshisida ojiz, lekin insof va adolatga sodik kuchli shaxs sifatida gavdalanadi. Uning har bir gapi qanchalik azoblanayotganligini yorkin kursatadi. Shoxning hayot yo’llariga kiritgan har bir aniqlik uning yuragiga kadalgan xanjar kabi ta'sir etishi va uning daxshatli ogrigi juda ishonarli tasvirlangan.
Edip - o’zini ayaydigan kishi emas. U - o’zlikni yenggan, manfaatidan ustun tura biladigan buyuk inson. Ayni vaqtda, Edip - tirik odam. Oddiy banda. Shu bois kurkadi, ikqilanadi. Shoxning Iokastaga qarata: "Shubham borki, avliyo kur emas", "Kur - kaman, ortikcha gapirvordim",-deya qilgan ikrorlarida uning shu xislatlari namoyon bo’ladi. Edip shaxsiyatiga xos yetakchi fazilatlar: xalollik va vijdonlilik. Tabiatidagi boshqa sifatlar uning shu fazilatlariga tobs. Shuning uchun Edip shiddat bilan o’zini fosh etuvchi xakikatning tagiga yetadi. Bu xakikat - ulimdan-da ogir, sharmandalikdan-da kir. Edipday inson shu holat bilan kelishishga majbur. Buyuk sanaluvchi insonning naqadar ojiz ekani mazkur holat tasvirida butun ayanchli jihatlari bilan namoyon bo’ladi:
Tamom, bari ayon! O, yorug jahon,
Sunggi bor kurmokda ko’zlarim seni,
Hayot - harom, nafas - harom, nikox - harom menga,
Konga bo’lganganman, jirkanchman, jirkanch!
Xakikat onlarinining butun daxshati o’zining nixoyasiz zalvori va cheksiz kulami bilan kishini bosadi. Edip - yirik shaxs. Shu bois ham o’zini gunohiga yarasha jazolay oladi. Qismat tufayli qilingan gunoh uchun o’z ixtiyori bilan ajr beradi: ko’zlarini kur qiladi! Jazoning salmogi ham gunohning kulamiga yarasha. Edip tushgan sharoitda ulish - kutulish, yashash - jazo demak. Azob insonni gussaga olib keladi, gussa chekish poklanish yulining boshlanishidir. Edip adoksiz poklanish sari yul oladi. Edipning o’ziga bergan jazosi laxzalik qaror natijasi emas. Xalol va vijdonli odam aqli va tuyg’ularining hukmidir: U dunyoda otam-onam yo’ziga
Qanday bokdim - ko’zlarimni uymasam?
Badbaxt onam mendan tukkan bollarga
Qanday bokdim - ko’zlarimni uymasam?
...Yurtga konli dog tushirgan kotilni
Yuk qilishga o’zim farmon berganman.
Endi esa fuqaroning ko’ziga
Qanday bokdim - ko’zlarimni uymasam?
Yuk! Bu ham kam. Kulim bo’lsa bakuvvat...
Kulogimning pardalarin yirtardim...
Edip kiynoklardan zorlanmaydi, yengillik bo’lishini xayol ham qilmaydi. U - sunggi damgacha yurt qayg’usi bilan yashay oladigan inson. Shu sabab oxirgi damda:
Men badbaxt boshimni olib ketaman,
Toki xudolarning kaxru gazabi
Yurtimga yogilmasin, - deya fivaliklarni ofatlardan xalos etishga o’rinadi.
Asardagi boshqa qahramonlar ham fojianavis tomonidan juda puxta ishlangan. Xususan, Iokasta, Kreont, Tiresiy obrazlari badiiybarkamolligi tufayli xano’zgacha ham estetik kimmatini yukotmay kelmokda. Iokasta - avvalo ayol. Onaga, ayolga, xotinga xos barcha xususiyatlar unga ham begona emas. Iokasta ham hamma ayollar singari, avvalo, ro’zgorining tinch, yakinlarining betashvish bo’lishini istaydi. Uning uchun oliy xakikatga yetishdan ko’ra, oila butunligini saqlab kolish muhimrok. Elchi bilan Edipning suhbatidan erining aslida kim ekanini erkaqlardan oldinrok sezib qolgan farosatli Iokasta: "Bari bir emasmi? Muncha yonmasang...", - deya iltijo qiladi. Eriga qarata: "Bilmaganing yaxshi zotingni, shurlik!" - deb yozgirganda ham, butun xakikatni bilgach, sir bermay, Edip va elchi yonidan ketib qolganida ham chinakam ayol, oilasi tinchini ulaydigan mexribon xotin sifatida namoyon bo’ladi. O’z o`gliga xotin bo’lganini, bolasidan farzandlar tukkanini bilgan Iokasta bir ayol qilishi mumkin bo’lgan ishni qiladi: o’zini osadi! Iokasta shaxsiyati Edip shaxsiyati singari kulamdor emas. Shu bois ham u Edip singari chora kurishi yoki sunggi damda yurt tashvishini uylashi mumkin emasdi. Sofokl bu xolni buyuk san'atkorlik bilan ifoda eta bilgan.
Dramaturg qahramonlari ruhiyatini eng nozik jihatlarigacha bexato ko’radi va yorkin tasvirlay biladi. Sir ochilgach, Iokastani izlayotgan Edipning fojiona holati tasviri daxshati shunday beriladi:
Tig surab kimnidir surishtirdi u,
Kani xotinim, deb ayta olmasdi,
Ayta olmas edi, kani onam deb...
Edipning Kreontga qarata: "Uni..., Uydagini... o’zing dafn etgal, O’zing bil... bu sening kondoshlik burching", - deya qilgan iltijosida qahramon ruhiyatidagi adoksiz gam, cheksiz xijolat juda ingichka, nozik tasvirlanganki, bu satrlarning yigirma besh asr oldin bitilganiga odam ishonmaydi. Ayni bir holatdan bir-biriga zid ikki xil ma'no chiqarish, bir vaziyatdan qarama-karshi xulosalarga kela bilish "Shox Edip" asarida yuksak san'at darajasida xal etilgan. Edipning kixlari bilan xayrlashuvi saxnasi bu jihatdan aqlni lol koldiradi:
Kaydasiz, kizlarim, yakinrok keling
Ilk bor aka bo’lib... kul cho’zay sizga,
...Yoningizda to’rgan shu badbaxt ota
Kurmasdan, bilmasdan... sizni olamga
Keltirib kuydi-ku... o’z onasidan...
Otangiz - padarkush, onangiz esa -
Sizni o’z uglidan tukkan kaboxat.
O’z qizlariga aka bo’lib qo’l o’zatishga, onasidan farzand ko’rishga majbur bo’lgan odam qismatining daxshati o’quvchilar vujudini larzaga soladi.
Sofokl mazkur tragediya orqali odamlarga nasixat qilmaydi, yul kursatmaydi. U asaridan xulosa chiqarishga ham hech kimni undamaydi. Lekin badiiy xakikatning daxshatli kudrati o’quvchini uyg’a toldiradi. Sofokl hayotning murakkabligi, inson taqdirining chigalligini butun shafkatsizligi, go’zal va jirkanch taraflari bilan kursatib bergan. O’zini dunyoning xujasi deb hisoblovchi odam, aslida, o’z qismatiga ham xujayin bo’lolmasligi xakkoniy aks ettirilgan. "Shox Edip" fojiasining mohiyati inson umrining, u erishgan martabalarning utkinchi ekanligi, odam umri imtixon uchun berilganini anglatishda namoyon bo’ladi. Bu asar kishini o’zi, o’zgalar, odam, olam haqida uylashga undaydi. Edipni qanday baholash kerak? Qanday odam o’zi? Fojia kitobxonni ta'sirlantirish, tuyg’ularini junbushga keltirish orqali uylashga majbur etadi. Uylash esa buyuk ne'matdir.
Hozirgi o‘zbek adabiyoti kundan-kunga o‘zining nafaqat mavzu ko‘lami, mazmun-mohiyatning, balki badiiy adabiyotning birinchi unsuri sanalgan til xususiyatlari bilan yangilanib bormoqda. O‘tgan asrning 80-90- yillaridayoq olib borilgan tadqiqotlar hamda o‘sha davrda yaratilgan asarlar badiiy nutqda muallif nutqining vazifalari kengayganligini ko‘rsatadi. Muallif nutqi voqelikni faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etib qolmasdan: “endi u mazkur vazifasiga qo‘shimcha ravishda bir yo‘la voqelikni baholash, personajlarga munosabat bildirish, qahramonning ichki kechinmalarini chuqurroq tahlil etish, nuqtai nazar ko‘lamini yanada kengaytirish kabi xizmatlarni ham ado eta boshladi” [3, 21]. Qo‘shimcha vazifalaridan biri nuqtai nazar ko‘lamining kengaytirish xususiyatiga alohida e’tiborimizni qaratamiz. Chunki kitobxon maullifning o‘ziga xos fikrlash qobilyati, ya’ni nuqtai nazari yordamida badiiy adabiyotning asosiy vazifasi hisoblangan olamni to‘g‘ri anglay olish imkoniyatiga erishadi.
“Nuqtai nazar” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagi ikki ma’noni anglatadi: 1) qarashlar sistemasi, voqea va hodisalarni anglash usuli; konsepsiya; 2) jihat, tomon. [6, 10].
Badiiy asarda nuqtai nazar to‘rt xil shaklda namoyon bo‘lishi mumkin:

  1. yozuvchi nuqtai nazari;

  2. “men” hikoyachining nuqtai nazari;

  3. o‘zganing nuqtai nazari; 4) qahramon nuqtai nazari.

Ularning har birini qisqacha izohlab o‘tamiz. Tabiiyki, barcha turdagi butun bir badiiy asar muallif nuqtai nazari asosida yaratiladi. Shuningdek, asarda muallifga tegishli bo‘lgan so‘z o‘z mazmuniga ko‘ra yozuvchi nuqtai nazarini ifodalaydi va axborot berish vazifasini bajaradi. Bugungi o‘zbek nasrining peshqadam vakillaridan bo‘lgan Erkin A’zam qissa va hikoyalarida ham adibning olamni qanday idrok etishi va qanday munosabat bildirishi ko‘rinadi. Yozuvchi nuqtai nazarida bevosita va bilvosita muallif nutqi shakllaridan foydalaniladi.
Badiiy asar mutolaasiga kirishgan kitobxon, unda tasvirlanayotgan voqealarni ham, tabiat va personajlar tasvirini ham muallif nuqtai nazari orqali qabul qiladi.
“To‘g‘ri, har qanday badiiy asarda bevosita avtor nutqi yakka hokimlik qilishi qiyin. Bunday nutq jarayonidan holi bo‘lgan asarlar juda kam uchraydi. Shunga qaramay, bayonda asosiy yo‘nalishni avtor nutqi egallaydi va o‘quvchi uni asarning boshidan oxirigacha ko‘rib, ovozini eshitib, hamdardligini sezib turadi”
Bu haqda jiddiy izlanishlar olib borgan prof. Y. Solijonov yuqoridagilarga qo‘shimcha yana quyidagilarni bayon etadi: “Kitobxon ma’lum bir asarni mutolaa qilar ekan, u doim “avtor ko‘rinmasdan o‘z asarining hamma yerida xuddi olam xudosidek hoziru nozir ekanligi” (G.Flober)ni his qilib turishi lozim.
Qahramonlarning holatini, qalb iztiroblarini tasvirlar ekan, ular bilan barobar avtor ham iztirob chekadi va bu holat o‘quvchiga ham yuqadi...”
XX asrning 80-90-yillariga kelib, badiiy asarda muallif nutqining vazifasi kengayib bordi. Muallif tasvirlayotgan voqea-hodisalarga o‘z fikrini bildirib yoki asarini shunchaki bayon qilib emas, balki kitobxonni fikrlashga undashi lozim.
“Demak, avtorning tasvirlanayotgan voqea va qahramonlarga loqaydligi loqaydlik, betaraflik emas, balki, o‘quvchining fikrini aktivlashtiruvchi, qalb zarbini harakatga keltiruvchi vositadir” [5,100]. Shu orqali ham muallif, ham kitobxon nuqtai nazari shakllanib boradi. Yozuvchi xolis hikoyachi vazifasini bajaradi hamda asar ta’sirchanligiga erishgan bo‘ladi. Rus adibi L.Tolstoy muallifning nuqtai nazari ya’ni, tasvirlanayotgan voqelikka nisbatan o‘z munosabati muhimligini quyidagicha izohlaydi: “badiiy asarning butunligi faqat g‘oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlanganligi kabilardangina iborat emas, balki avtorning butun asarga singdirib yuborgan voqelikka nisbatan o‘z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir” [4,233]. Agarda muallif voqelikka o‘rinli yoki o‘rinsiz aralashaversa, asar mohiyatiga salbiy ta’sir etib qo‘yishi ham mumkin.
Shu jihatdan qaralganda, ro‘y berayotgan voqea-hodisalar qahramonlar qarashlari orqali ifodalangan o‘rinlarda muallif qahramon qalbiga singib kirib, o‘z nuqtai nazarini qahramon nigohi bilan ko‘rish va ifodalashga intiladi. O‘zbek adabiyotida o‘tgan asrning 80-90-yillarida personaj nuqtai nazari ilgari surilgan asarlarning soni ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin. Muallif nutqi tarkibida qahramon nuqtai nazarining ifodalanishi XX asr boshlarida A.Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, A.Qahhor kabi ijodkorlardan boshlanib, mustaqillik yillariga kelib, O‘.Hoshimov,
M.M.Do‘st, M.Mansurov, O.Muxtor kabi yozuvchilar asarlarida kuzatiladi. Ushbu maqolada Erkin A’zam qissalari asosida shu kabi jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Men” hikoyachi nuqtai nazarida muallif voqealarni hikoya qilishda, munosabat bildirishda asar qahramonlaridan birining fikrlaridan foydalanib, shartli ravishda hikoya qilishni unga topshirib, uni yo‘naltirib, nazorat qilib turadi. “Men” hikoyachi nuqtai nazari ilgari surilgan asarlar avtor “men”i hamda avtobiografik asarlardagi qahramon “men”idan farq qiladi.
Erkin A’zam ijodida bu nuqtai nazar turi “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Qissa qahramoni Asqar boshqalarning nazdida “otasini ham ayamaydigan shartaki, beandisha” yigit. Haqiqatgo‘ylik unga bobosidan meros. Bu masalada u o‘zini ham ayamaydi. Bayon “men”– hikoyachi Asqar nutqi asosiga qurilgan. Uning nutqida kinoya, istehzo ohangi ustuvor. Hikoyachi shunday rostgo‘yki, o‘zining shartakiligi, andishasizligi ba’zan xato ekanligini ham yashirmaydi. Masalan, bekatlarning birida uchragan qizga gap otganida “Qiz shunday ma’sumona angraydiki, o‘zim bu gal xato ketganimni fahmladim” deb mulzam bo‘lganini tan oladi. Asqarni shu holicha faqat sanoqli odamlar tan oladi. Biri kurs rahbari Ubaydullaev, yana biri qo‘shni qiz Raxshona. Ubaydullaev unga “boshqacha ishonch, ixlos bilan qaraydi”. Raxshona esa uning to‘g‘ri so‘zligini yoqlaydi, uni tushunadi, rag‘batlantiradi. Fransuz tili o‘qituvchisi Dilora Jo‘raevna uni tan olib samimiyligi, dangalchiligi, yuziga to‘g‘risini aytganligi uchun so‘ramay (mumtoz adabiyot o‘qituvchisi Ziyoxon Ahmadxonovning aksi) zachyot qo‘yib beradi. Bayonning juda ko‘p o‘rinlarida hikoyachi – qahramon nutqi bilan muallif nutqi leksik, semantik, sintaktik, fonetik jihatlardan qo‘shilib, chatishib ketadi. Ayni chog‘da bayon ohangidan muallif va personaj ovozi bir-biridan ajralib, farqlanib ham turadi: “Imtihonga ruxsatnoma olish uchun dekanatga borib, Ahmadxonov meni “Dushanba kuni tushdan keyin kelsin”, deganini eshitdim. Tayyorman!”.
Avtor nutqi tarkibida kelib, berilayotgan axborotni o‘zga personajning qanday atashiga ko‘ra ifodalanishiga o‘zganing nuqtai nazari deb qaraladi. Asar qahramonlarini o‘zganing yoki bir-birining nigohi bilan ko‘radi va tasvirlaydi. O‘zganing nuqtai nazari qahramon nuqtai nazarining vazifasi kengayib borganligini ko‘rsatadi. Qolaversa, Y.Solijonov olib borgan tadqiqotida avtor yoki personaj nutqi tarkibida uchraydigan o‘zganing nutqiga xos so‘zlarni mazmuniga, qo‘llanish tartibi, shakli va ohangiga ko‘ra quyidagi vazifalarini ko‘rsatib o‘tadi: “1) so‘zlovchining o‘zgaga munosabatini bildiradi; 2) o‘zganing so‘zlovchiga munosabatini anglatadi; 3) o‘zganing xarakter xususiyatlarini ochadi;4) o‘zganing nutq individualligni ko‘rsatadi” [3, 61].
Erkin A’zamning “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi ham ushbu nuqtai nazar turidan holi emas. Qissada kelgusida Asqar Shodibekov boshidan o‘tkazgan sarguzashtlarini yozishni va uni kitobxonlar tomonidan o‘qilishini o‘zicha tasavvur qiladi: “Xo‘p, ana, shartakiroq bir yigit bo‘larkan. Duch kelgan odamga, yuzingda ko‘zing bormi, demay muomala qilavergani uchun hamma undan qochar, hamma undan bezor ekan. Ba’dfe’lligi tufayli, ha, aynan shu tufayli, ko‘ngil qo‘ygan qizi ham undan yuz o‘girib, boshqaga tegib ketibdi. (Ajab qilibdi – nima, bu bedavoni deb baxtiqaro bo‘lsinmi sho‘rlik?) Achchiq ustida yana shartakiligi qo‘zib, adabiyot tarixi darsidan quvilibdi (battar bo‘lsin!) va, tabiiyki, oqibatda imtihondan o‘tolmabdi (bu ham oz!). Keyin, alamiga chidolmay be’maniliklar qilibdi. Xo‘p, ana, sevgilisi tashlab ketgan bo‘lsa (kimni tashlab ketmagan?), bir kun biror sho‘rpeshona uchrar, uchramasa – sadqai sar, dunyodan moxovdek toq o‘tar. Xo‘p, ana imtihondan yiqilgan bo‘lsa (kim yiqilmagan?), bir kun amallab topshirar, topshirmasa – sadqai sar, o‘qishdan itdek haydalib ketar. Shu ham gap bo‘ldimi, shuni ham yozib o‘tirish kerak ekanmi?!” [1, 56-57].
Ushbu ko‘chirilgan misolda berilgan barcha qavs ichidagi munosabatlar “o‘zga” nuqtai nazarini bildiradi. Shu bilan birga, barcha nuqtai nazarlarning asosida muallif turishini yodda tutish zarur.

Download 30,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish