Ix-xii asrlarda dunyoviy ilm-fan rivoji



Download 24,36 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi24,36 Kb.
#563755
Bog'liq
Fizika allomalar Raupova R


IX-XII asrlarda dunyoviy ilm-fan rivoji
Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi
Fizika fani o’qituvchisi
Raupova Rahimaxon Xolmatovna
Annotatsiya: Maqolada O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda yetishib chiqqan allomalar va ularning ilm fan rivojiga qo’shgan hissasi to’g’risida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: «Bayt ul hikma», «algoritm», astronomiya, «Alfraganus», Renessans, Islom mafkurasi

IX-XII asrlarda mamlakat ma`naviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.


Movarounnahrda ko`p o`tmay hatto ona tilidan ko`ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo`ldi. Mahalliy bilimdonlar o`z vatanida quvg`in ostiga olinib, ko`pgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari-Damashq, Qohira, Bag`dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo`ladilar. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma`muriyati ko`plab bilimdon siymolarga muhtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo`lgan bilimdorlar hali oz, borlari ham zaif edi.
Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda Bag`dod shahri edi. Bag`dodda «Bayt ul hikma» (donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt ul hikma»da Ahmad Farg`oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar ta`lim olganlar.
IX-X asrlarda O`rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari O`rta Osiyo, ayniqsa, Xorazm, shuningdek Bobil, eron, Hindistonning antik dunyosiga va qadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur olimlar Ahmad Farg`oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalx Masihiy, Abulhayr Xammor, Abunosir Arron va boshqalar edi.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al-Jabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. Allomaning «al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko'plab georafik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiya­sining otasi deb nomlanishi ham shundan Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro'pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanish yo'llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixini to'laqonli yoritishda muhim qo'llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo'ldi.
O'rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg'oniy (797-865) nomi alohida ko'zga tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy bo'lib aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo'lida zahmat chekib ko'p yurtlarni kezgan. Umrining ko'p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o'tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo'liga bag'ishlangan. Ahmad al-Farg'oniy yetuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko'plab fundamental asarlarning muallifi Bag'doddagi Baytul Hikma (akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.
U xalifalik poytaxti Bag'dodda yoki Suriya, Misrda bo'lmasin o'sha joydagi ilm ahli bilan bahamjihat bo'lib o'sha davr fanining turli yetilgan dolzarb muamolarini hal etishda faol ishtirok etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasini tuzishdagi Suriya shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashdagi yohud Misrning qon tomiri-Nil daryosi suvi sathini o'lchashdagi ulkan xizmatlari benazirdir. Al-Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo'lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning Yer ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy», «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-Farg'oniyning fandagi ulkan shuhrati, Sharqu G'arbda ham birdek ulug'lanib kelinadi. U g'arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
Mustaqil O'zbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti sharif tavalludining 1200 yilligini shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy haqiqatning tiklanganligi bo'ldi. «Ahmad al-Farg'oniy,-deb ta'kidlagandi I.A.Karimov alloma yubileyi tantanalarida so'zlagan nutqida, kishilik tarixidagi ilk uyg'onish davrining eng zabardast va yorqin namoyondalaridan biri o'z zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho'qqilariga ko'tarilishiga sababchi bo'ldi butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo'lib xizmat qildi».


Adabiyotlar

1. Murtazayeva R.H. O`zbekiston tarixi. Ma`ruzalar matni. – Toshkent, 2000.-


B.24.
2. Buyuk siymolar, alomalar. – Toshkent: Meros, 1995.-B.38.
Download 24,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish