@dars_ishlanma_yangi
Tarbiya fanidan testlar
1.Dunyoda yashamoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, boy bo`lmoq u yoqda tursin, ro`zg`or tebratish uchun ham ilm kerak.
Ushbu hikmat muallifi kim?
*A) A.Behbudiy
2.Insonning jismoniy ehtiyojlariga nimalar kiradi?
*A)Toza suv oziq,uyqu,uy me`yoridagi harorat,dam olish mashqi.
3.Mahmud Zamanshariy ilmdan tashqarida deganda nimani nazarda tutgan?
*A)Ilm insonlarga umrboqiy qudrat beradi
4. “Yoqotilgan ma’rifat”kitobining muallifi kim?
*A)A.Frederik Starr"
5.Tabsiri Hilol asarining muallifi kim?
*A)Shayx Myxammad Sodiq
6.Tarbiya fani darsliklari qaysi goya asosida tayyorlangan?
*A)Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari
7.Biznez frilanserlik qaysi tildan olingan?
*A)Inglizcha
8.Tarbiya darslariga qo’yilgan talablar qaysilar?
*A)Didaktik, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik, estetik, gigiyenik
9.Umumiy o’rta ta’lim muassasalari oqituvchilari uchun Tarbiya fani konseptsiyasi necha bobdan iborat?
*A) 5 bob
10.Tarbiya fani mohiyatining necha foizi nazariy va necha foizi amaliyotga asoslangan?
*A) 50% nazariy, 50 % amaliy
11.O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida Tarbiya fanini joriy etish to’g’risidagi 161-son buyrug’i qachon qabul qilindi?
*A)2020-yil,10-iyul
12.Buyuk ma’rifatparvar Mahmud xoja Behbudiy qachon “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan?
*A)2020-yil,1-oktabr
13.Hayot, bu-yashash degani. Yashayotgan kishi o’zgarishlarga tayyor turishi lozim. Ushbu misralar mualllifi kim?
*A)Gyote
14.Al-Xorazmiyning arifmetik risolasi nechanchi asrda Ispaniyada lotin tilida tarjima qilingan?
*A)XII asrda
15.Osiyoning eng yaxshi hakami deb kimga baho berilgan?
*A)R.Ermatov
16.Jaloliddin Manguberdi ordeni qachon ta’sis etildi?
*A)2000-yil, 30-avgust
17.Ushbu fikr kimga taalluqli?
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,
so’zlagandim tegdi boshimga tayoq.
*A)A.Navoiy
18.Buxorodagi mashhur Minorai Kalonning balandligi necha metr?
*A)47.5 metr
19. Mol – dunyo va serhasham hayotga o’chlik …..ga sabab bo’ladi.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.
*A)boylikning quliga
20.Ixtirochining 10% tasavvur bo’lsa, 90% mashaqqatli mehnatdir. Ushbu fikrning muallifi kim?
*A)Tomas Edison
21.Albert Eynshteyn nechanchi yilda Nobel mukofotini qo’lga kiritgan?
*A)1921-yilda
22.Mahmud Zamaxshariyning «Mufassal » asari qaysi tilda yozilgan?
*A)Arab tilida
23.Milliy va umummadaniy kompetensiyalarga nimalar kiradi?
*A) vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish
B) doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ
24. Shaxsga axloqiy, estetik, ekologik tarbiya berish, Vatanga sadoqat, mehnatni ulug‘lash, do‘stona munosabatni tarbiyalash sifatlari qaysi maqsadda e'tiborga olinadi?
*A) Tarbiyaviy
25.Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi nima?
*A) maktab bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat
26.Konstruktiv qobiliyat nima?
*A)O’qituvchining o’z ishini rejalashtira olishi.
27.“Keys-stadi” qanday metod?
*A) «Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod
28.Venn diagrammasi nima uchun qo‘llaniladi?
*A) 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi
29. SMART (aqlli) - ta'lim nima?
*A) Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib ta'lim olish
30. «Aqliy hujum» metodining mohiyati nimadan iborat?
*A)Mavzu bo‘yicha g‘oyalar tanlash va g‘oya yuzasidan o‘quvchilarning fikrini aniqlash
31. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot - bu:
*A) Interfaol mashg‘ulot
32. Muammoli ta'limning maqsadi nima?
*A) o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat qiladigan masala – muammoni o‘quvchilar o‘z aql-idroklari bilan yechishdan iborat
33. Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar …
*A) Muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash
34. Muammoli o‘qitish yetarli darajada bo‘lishi uchun qanday bo‘lishi kerak?
*A) Yaxlit o‘quv-tarbiya jarayoning uzviy qismi bo‘lishi kerak
35. Muammoni hal etish bosqichlarini aniqlang.
*A) Isbotlash, tahlil qilish, solishtirish
36. Muammoni qo‘yish va o‘zi yechish, muammoni qo‘yish va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda topish va o‘quvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadigan va uning yechimini topadigan usullar
*A) Muammoni to‘liq tushunib yetishga erishish va uni hal eta olishga o‘rgatish
37. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS qachon qabul qilingan?
*A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel kungi 187-sonli qarori
38. Kompetensiya nima?
*A) mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
39.“Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo’lur” deya da’vat etgan buyuk mutafakkir kim?
*A)A.Avloniy
40.“Multimedia” so’zining ma’nosini aniqlang.
*A)Ko’p vositalilik
41. Finlyandiya ta`lim tizimi qanday mafkuraga amal qiladi?
*A)«ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bo'lishi kerak», degan mafkuraga amal qilinadi
42. Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta'lim tizimi necha bosqichli maktabni o‘z ichiga oladi?
*A) quyi (alakoulu), 1-6 sinf; yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf.
43. "Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - degan shior qaysi davlatga tegishli?
*A) Finlyandiya
44. Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi – qanday hayotga o‘rgatishi kerak deya hisoblaydilar?
*A) mustaqil muvaffaqiyatli hayotga
45. Davlat ta'lim standartining maqsadi —
*A) umumiy o‘rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat
46. Yapon davlatida 5 yoshgacha, 5-15 yoshgacha va 15 yoshdan boshlab tarbiya jarayonida ularga qanday munosabatda bo’ladilar?
*A)5-yoshgacha xudo, 5-15 yoshgacha xizmatkor, 15 yoshdan tenglik munosabatida bo’ladi
47. Yaponiyada o’g’il bolalar kuni qachon nishonlanadi ?
*A) 5 may
48. Yaponiyada “City-go-san” bayrami qanday bayram?
*A)3-5-7 yoshli bolalarni tabriklash bayrami
49. Qaysi ta’lim o’quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rgatadi ?
*A) Mediata’lim
50. “O’zingiz tegishli bo’lgan guruhni to’ing”, “Unga sodiq bo’ling va unga suyaning. Siz yolg’iz hayotda o’z o’rningizni topa olmaysiz uning murakkabliklarida adashasiz” degan ibora qaysi davlatga tegishli?
Do'stlaringiz bilan baham: |