Oʻzbekiston_xorijiy_mamlakatlar_bilan_doʻstlik_va_madaniy-maʼrifiy_aloqalar_jamiyatlari_kengashi
Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi — ommaviy koʻngilli jamoat tashkiloti. 1997-yil 15-mayda taʼsis etilgan. Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish Kengashning asosiy vazifasidir.
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan oʻrnatgan doʻstlik va madaniymaʼrifiy aloqalari tarixi 20-asrning 20-yillari oxirida boshlangan. Oʻshanda Toshkent shahrida Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatining Oʻrta Osiyo boʻlimi tashkil topgan. U 1947-yildan "Oʻzbekiston boʻlimi", 1953-yildan esa "Oʻzbekiston jamiyati" deb atala boshladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin bu jamiyat mohiyatan va shaklan oʻzgardi. Chet mamlakatlar bilan uzilib qolgan aloqalar tiklandi. Oʻzbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tarixiy nuqtai nazardan ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan davlatlar bilan doʻstlik aloqalari oʻrnagildi. Kengash qoshida 36 xorijiy mamlakat bilan doʻstlik jamiyatlari faoliyat yuritadi (2005). Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish ham Kengash ishida alohida oʻrin tutadi. Bu borada AQSH, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni kabi 30 dan ortiq mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning jamiyatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyilgan.
Kengash xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan doʻstlik jamiyatlari raislari, shuningdek, Kengash kotibiyati rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Kengash aʼzolarining umumiy yigʻilishi tashkilotning oliy organi hisoblanadi. Doʻstlik jamiyatlari rahbarlaridan biri, jamoatchilik asosida, Kengashning raisi etib 2 yil muddatga saylanadi. Kundalik faoliyatni Kotibiyat amalga oshiradi. Kotibiyat tarkibida xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar; Yevropa va Amerika davlatlari; Osiyo, Afrika va Tinch okeani mintaqasi davlatlari; MDH davlatlari; tashkiliy masalalar va xalqaro tashkilotlar; axborot va matbuot boʻlimlari bor. Kengashning viloyat boʻlimlari mavjud. Oʻzbek, rus, ingliz tillarida chiqadigan "Oʻzbekiston" jur. Kengash nashridi
Do'stlaringiz bilan baham: |