Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet308/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Yirtqichlar (Carnivora) turkumi. Yirtqichlar katta va o`tkir qoziq tishlari, bo`rtmali va o`tkir kesuvchi oziq tishlari, hamda kichik va yaxshi rivojlangmagan kurak tishlari borligi bilan xarakterlanadi. Yuqori jag’idagi keyingi soxta oziq tishi bilan pastki jag’idagi birinchi haqiqiy (chin) oziq tishi odatda, katta va kesuvchi qirrali bo`ladi. Bu tishlarni odatda yirtqich tishlar deb ataladi. O`mrov suyagi rudiment holda yoki bo`lmaydi. Yirtqichlarning tirnoqlari yaxshi rivojlangan, o`tkir, ba`zan ichiga tortiladigan va yoysimon bukilgan bo`ladi. Ularning oldingi miya yarimsharlari kuchli tarraqiy etgan va yuzasi burmali bo`ladi. Ko`rish, eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Oshqozoni oddiy, ko`richagi qisqa yoki bo`lmaydi. Tanasining kattaligi har xil. Tanasi uzunligi 15 sm dan (latcha) 3 m gacha (oq ayiq) va og’irligi 100 g dan 700 kg gacha boradi (224-rasm).
Yirtqichlar Antarktidadan tashqari barcha qit`alarda tarqalgan. Ular katta amaliy ahamiyatga ega, zararkunanda kemiruvchilar sonini cheklovchi hamda tabiatda kasal va nimjon hayvonlarni kamaytiruvchi tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Bu turkumning 240 ta turi va 7 ta oilasi (viverralar, sirtlonlar, mushuklar, suvsarlar, ayiqlar, yenotlar va itlar) bor. O`zbekistonda yirtqichlar turkumining 5 ta oilasiga kiruvchi 26 ta turi uchraydi. Yirtqichlar, asosan hayvonlar bilan, ba`zan o`limtiklar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ozuqa sifatida o`simliklardan ham foydalanadi (qora ayiq, bo`rsiq).
Viverralar (Viverridae) oilasiga primitiv mayda va o`rtacha kattalikdagi yirtqichlar kiradi, tashqi ko`rinishidan suvsarlarga o`xshaydi.
Tish formulasi:
Viverralarning oyoqlari kalta, dumi uzun bo`ladi. Ularning anal teshigi atrofida muskus ajratadigan hid bezlari joylashgan. Viverralar oilasining 31 ta urug’i va 71 ta turi bor. MDHda uchramaydi. Ular, asosan yerda, ayrim turlari daraxtlarda yashaydi, tunda faol. Bir yilda bir marta, ba`zi turlari ikki marta ko`payadi. Ko`pchiligi 2-4 ta bola tug’adi. Viverralar Afrikada hamda Janubiy Yevropa va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tipik vakillariga Afrika viverrasi (Civettictis zivetta) va mangustalar (Herpestes) kiradi. Binturang degan yirtqich hayvon ham mangustalarga yaqin turadi. U Birma, Hindi-Xitoy va Malay arxipelagi o`rmonlarida yashaydi. Viverralar, asosan muskus olish uchun ovlanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish