Tishsiz kitlar yoki mo`ylovli kitlar (Mustacoceti) kenja turkumi vakillarining jag’larida tishi yo`qligi va og’zida tanglayining har ikki tomonida bir talay kit mo`ylovi deb ataladigan suvni suzib o`tkazuvchi apparat hosil qiladi. Bu plastinkalar og’iz bo`shlig’ida ko`p miqdorda (360-800 ta) bo`ladi va ular elak vazifasini bajarib suv bilan birga og’izga kirgan mayda dengiz hayvonlarini suzib oladi. Tishsiz kitlarning ko`pchiligi juda bahaybat bo`ladi. Ularga bo`yi 30-33 m, og’irligi 120-150 tonna gacha boradigan ko`k kit (Balaenoptera musculus), bo`yi 15-20 m ga boradigan Tishsiz kitlar kenja turkumiga 3 ta oila (silliq kitlar, yo`l-yo`l kitlar, bo`z kitlar) va 10-11 ta tur kiradi. Ular okeanlarda keng tarqalgan, muntazam migratsiya qilib turadi. Ko`pchilik tishsiz kitlar 3-5 tadan kichik to`da bo`lib yashaydi. Ko`plab ovlash natijasida (yog’i, mo`ylovi sanoatda ishlatiladi) Shimoliy Atlantikada tishsiz kitlar deyarli uchramaydi. Tishsiz kitlar, asosan Tinch okeanida va Janubiy yarimsharlardagi dengizlarda uchraydi.
226-rasm. Kitsimonlar turkumi vakillari: 1-janubiy kit, 2-ko`k kit, 3-kashalot,
4-kasatka, 5-beluxa, 6-Qora dengiz oq biqinli delfin.
Ko`k kit yuragining og’irligi 600-700 kg, qon miqdori 8-9 t, ichagining uzunligi 250 m ga boradi. Oshqozoniga 3 t gacha oziq sig’adi. Bir kecha-kunduzda
ko`k kit 2-4 t oziq yeydi. Ko`k kit jag’larining har bir tomonida 270-400 tadan tim qora mo`ylov plastinkalari bo`lib, har bir mo`ylovining uzunligi 20 sm dan 450 sm gacha boradi. Ko`k kitlar soatiga 5-15 km tezlikda suzadi. Agarda biror xavf sezsa yoki yarador bo`lsa soatiga 35-55 km tezlikda suza oladi. Ular har ikki yilda bir marta tug’adi. Kit tug’ish vaqtida dumini suvdan yuqoriga ko`taradi va bolasi dumi bilan oldinga qarab tug’iladi.
Grelandiya kiti (Balaena mystcetus), janub kiti, bo`z kit va bukri kitlar kiradi. Ko`k kit hozir yashab turgan va qachonlardir dunyoga kelgan sutemizuvchilarning eng yirigi hisoblanadi. Ularning oshqozoniga 1,5 t dan ortiq qisqichbaqasimonlar sig’adi. Bo`g’ozlik davri 11 oy, 6-9 m li 1 ta bola tug’adi. Tug’ilgan bolasining og’irligi 2-3 t ga boradi, 7 oylik bolasining uzunligi 16 m va og’irligi 23 t ga etadi. Kit sutida 38-54% yog’ bor. Kitlar 3-6 yildan keyin voyaga etadi.
1972- yilgi ma`lumotlarga ko`ra dunyodagi suvliklarda 10 mingtaga yaqin ko`k kitlar qolgan. Tishsiz kitlarning 5 ta turi Xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Ko`k kitning ahamiyati katta, bitta ko`k kitdan 20 t yog’, 35-40 t go`sht, 1 t jigar, ancha kit mo`ylovlari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |