Quvushshoxlilar (Bovidae) oilasi vakillarining gavdasi har xil kattalikda bo`ladi. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan yirikroq. Erkak va urg’ochilarida 1 juft, ba`zan 2 juft (4 shoxli antilopa) shoxi bor. Ularning shoxlari muguz bilan o`ralgan suyak o`simtaga o`rnashgan shox g’ilofdan iborat, bu shoxlar epidermisning malpigi qismidan hosil bo`lib, hayvonning hayoti davomida almashinmaydi. Amerikada yashaydigan ayri shoxli antilopaning shoxi har yili tushadi. Yovvoyi quvushshoxlilar Avstraliya va Janubiy Amerikadan tashqari barcha qit`alarda tarqalgan.
Quvushshoxlilar oilasiga 43 ta urug’ga mansub 125 ta tur kiradi, MDHda 15 ta turi uchraydi. Ular o`txo`r hayvonlar hisoblanadi, aksariyati poligam, 1-5 ta bola tug’adi. Ko`pchilik turlari kichik poda bo`lib yashaydi. Ayrim turlari boshqa hayvonlar (fillar, zebralar, tuyaqushlar va boshqa hayvonlar) bilan birga ba`zan katta podalar hosil qiladi. Ko`pchilik turlarining soni keskin kamayib bormoqda, ayrim turlari (jayron, zubr) faqat milliy bog’larda saqlanib qolgan.
O`zbekistonda Buxoro bug’usi, ya`ni xongul, jayron, ustyurt qo`yi, ya`ni arxar, Buxoro qo`yi, Qizilqum arxari, buramashox echki, ya`ni morxo`r O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
O`zbekistonda jayron cho`lda yashagan, hozirgi vaqtda u faqat Surxon, Baday to`qay qo`riqxonalarida va Buxoro pitomnigida saqlanib qolgan. Qizilqum tog’ qo`yi, ya`ni arxar Qizilqum, Ustyurt, Bobotog’, Ko`hitang tog’larida uchrasa, sayg’oq Ustyurt cho`llarida tarqalgan. Tog’ echkilaridan burama shox echki, ya`ni morxo`r Ko`hitang va Bobotog’da yashasa, tog’ echkisi Turkiston va Chotqol tizma tog’larida uchraydi.
Quvushshoxlilar oilasining sistematikasi to`laqonli hal qilinmagan. Uy hayvonlaridan echki, qo`y va qoramollar quvushshoxlilarning xonakilashtirilgan vakillari hisoblanadi. Qoramollarning (sigirning) tishlari 32 ta.
Tish formulasi: ta
MDHda uchraydigan quvushshoxlilar oilasining tipik vakillariga Kavkaz sernasi (Rupicapra rupicapra), O`rta Osiyoda jayron (Gazella subgutturosa), Volga atrofida va Sibir hamda Kamchatkada tarqalgan qor qo`yi (Ovis nivicola), Qozog’iston dashtlarida yashaydigan sayg’oq (Saiga tatarica) va zubr (Bos bonasus)larni misol qilib ko`rsatish mumkin. O`rta Osiyo g’izoli-jayron va O`rta Osiyo qo`yi-arxar (Ovis ammon) hozir, asosan qo`riqxonalardagina saqlanib qolgan. Yovvoyi buqalardan Afrika bo`yvoli (Bubalus caffer) va Osiyo buyvoli (Babalus arnee), Afrika va Janubiy Osiyoda uchraydi. Yak (Bubaeus mutus) Markaziy Osiyoda, bizon (Bison bison) Janubiy Amerikada tarqalgan. MDHda, asosan zubr va yak uchraydi. Ko`p sonli yirik shoxli xonaki qoramol zotlarining ajdodi qadimgi ho`kiz-tur (Bos primigenius) XVII asrda qirilib ketgan.
Uy quvushshoxlilarga xonaki sigir zotlari, qo`toslar, buyvollar, qo`y va echkilarning talaygina zotlari kiradi. Quvushshoxlilarga yana qo`yho`kiz (Ovibos moschatus) ham kiradi, ular, asosan Grelandiya, Kanada va Arktika arxipalagidagi orollarida yashaydi.
Qo`yxo`kizning balandligi 1,1 m, tanasining uzunligi 2,5 m gacha va og’irligi 300 kg gacha boradi. Gavdasi uzun, ya`ni 60-90 sm li qora qo`ng’ir jun bilan qoplangan. Shoxining asosi yo`g’on, uchi qayrilgan, bo`yni qisqa. Qo`yho`kiz 20-30 tadan poda bo`lib yashaydi. Bo`g’ozlik davri 9 oy, 1-2 ta bola tug’adi. Qo`yxo`kiz MDHda Rossiyaning shimoliy hududlarida Kanadadan olib kelib ko`paytirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |