Otlar (Equidae) oilasi vakillarining faqat uchinchi barmog’i yaxshi rivojlangan, 2- va 4-barmoqolaridan rudiment saqlangan. Ular tez yuguruvchi hayvonlar hisoblanadi. Otlar oilasining zebralar, eshaklar va otlar urug’lari bor. Afrika savannalarida targ’il ot yoki zebralar (Hippotigris), Shimoliy Afrika, Old Osiyo, O`rta Osiyo va Kavkazda xonaki eshak (Equus asinus) va yovvoyi ot (Equus Przevalskii) tarqalgan. Prjevalskiy oti o`tgan asrning o`rtalarigacha Markaziy Osiyo (Mo`g’uliston va Xitoyda) cho`llarida yashagan, hozir faqat ayrim qo`riqxonalarda saqlanmoqda. Tanasining uzunligi 230 sm va og’irligi 300 kg gacha keladi. Hozir Mo`g’ulistonda saqlangan yovvoyi Yevropa oti – tarpan Dnepr daryosining quyi oqimlarida 1870 yilda yo`q qilingan. Qulon (Equus hemionus) Shimoli-G’arbiy Xitoy, Eron, Afg’oniston, Janubiy Turkmaniston va Mo`g’ulistonda saqlangan. Qulon sistematik jihatdan eshakka qaraganda otga ko`proq yaqin turadi.
Otlarning tishlari soni erkak va urg’ochilarida farq qiladi, ya`ni urg’ochilarida qoziq tishi bo`lmaydi.
Erkak otning tish formulasi: ta
228-rasm. Toq tuyoqlilar vakillari: 1-tog’ zebrasi, 2-yovvoyi eshak, 3-qulon, 4-tarpan,
5-Prjevalskiy oti, 6-qora tapir, 7- qora karkidon, 8-Hind karkidoni.
Urg’ochi otning tish formulasi: ta
Otlar, asosan poda bo`lib yashaydi. Ular ochiq joyda keng tarqalgan. Bo`g’ozlik davri 11 oy (340 kun), 25-40 yil umr ko`radi.
Xartumlilar (Proboscidae) turkumi. Hozirgi vaqtda quruqlikda yashayotgan eng yirik hayvonlar – xartumlilar turkumiga kiradi. Fillarning uzun ustki labi bilan burni qo`shilib, o`ziga xos go`shtdor xartumni hosil qiladi, xartumining asosi tog’aydan, qolgan qismi esa teri-muskuldan tuzilgan. Fillarning oyoqlari ustunsimon yo`g’on, baquvvat, besh barmoqli, lekin barmoqlari bir-biriga qo`shilgan va uchida kichikroq tuyoqchalari bor. Oyoqlarining tagida teri ostida yarim quyuq modda bo`lib, hayvon yurganda egiluvchanlik beradi va shovqin chiqarmaydi. Terisi qalin, junsiz, siyrak tukli.
Xartumlilarning hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Yuqori jag’idagi 2 ta kurak tishi og’izdan tashqariga chiqib, umr bo`yi o`sadi va bu tishlar fil suyagi, ya`ni dandon deyiladi. Fil suyagi jahon bozorida juda qadrlanadi. Fillarning tishlari soni 26 ta.
Tish formulasi: ta
Yuqorigi va pastki jag’ining har tomonida bittadan oziq tishlari bo`lib, yeyilib, yangisi bilan almashinib turadi. Qoziq tishlari yo`q. Ular o`txo`r, daraxt va butalarning shox-shabbalari, barglari, mevalari, kurtaklari va ildizi bilan oziqlanadi. Bir kunda 100 kg oziq yeydi. Fillar 70-80 yil yashaydi. Xartumi yordamida 5 km dagi hidni seza oladi. 10-16 yoshda jinsiy voyaga yetadi.
Afrika filining bo`yi 4-4,5 m gacha, balandligi 3,5 m va og’irligi 5-7,5 t gacha yetadi. Hindiston filining balandligi 3 m gacha boradi. Afrika filining soni Hindiston filiga nisbatan ko`p. Fillar, asosan Osiyo va Afrikaning o`rmon hamda savannalarida tarqalgan.
MDH da (Tundrada) 4-lamchi davrda Hindiston filiga yaqin bo`lgan mamont (Elerhas primigenius) yashagan. Mamont Hindiston filidan, asosan terisining qalin jun bilan qoplanganligi hamda ichiga qarab qayrilgan katta dandoni borligi bilan farq qiladi. Fillar terisining hajmi 3,5 m2 va og’irligi 1 t keladi. Yuragining og’irligi 20 kg, o`pkasi 137 kg, jigari 105 kg, buyragi 18 kg, quloqlari 80 kg, xartumi 120 kg, skeleti 1600 kg va muskullari 2700 kg og’irlikda bo`ladi. Bundan 50 mln yil ilgari paydo bo`lgan va yer yuzida keng tarqalgan fillarning 350 ta turi ma`lum bo`lgan. Hozirgi kunga kelib xartumlilarning faqat 2 ta turi, ya`ni Osiyo yoki Hindiston fili (Elephas maximus) va Afrika fili (Loxodonta africana) mavjud (229-rasm).
Hindiston filining peshonasi do`ng, quloqlari uchburchak shaklida bo`lib, orqaga qayrilgan. Dandonlari faqat erkagida bo`ladi. Hindiston filini qo`lga o`rgatish oson.
Afrika filining peshonasi keng va tekis. Quloqlari ancha katta va osilgan holda bo`ladi. Dandoni ikkala jinsida ham bor.
Fillarning qulog’i issiq havoda yelpig’ich vazifasini bajaradi. Ularning xartumi 40 mingta halqali muskullardan tashkil topgan, xartumi yordamida ozuqa oladi, o`zini himoya qiladi, hujum qiladi, chuqur qaziydi, bolalarini tarbiyalaydi, hid sezadi. Xartumiga 15-20 l suv sig’adi. Xartumi yordamida suv ichadi va o`zini cho`miltiradi. Dandonlari ham himoya va hujum quroli hisoblanadi. Dandonlarining uzunligi 1 m dan 3,5-4 m gacha, og’irligi 40 kg dan 100 kg gacha boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |