1. Oilada
ota-onalardan biri normal, ikkinchisi polidaktiliyali (oltita barmoqli). Ulardan normal (besh barmoqli) bola tug‘ildi. Keyingi bolaning normal tug‘ilishi ehtimoli qanday? (polidaktiliya autosoma bilan bog‘liq dominant belgi)
2. G’o’zada malla rangli tola oq rangli tola ustidan dominantlik qilgni uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ladi. Agar novvotrang tolalilar o’zaro chatishtirilsa, F2 bo’g’inda 460 ta o’simlik olindi. F2 da malla tolali o’simliklarning hosil; bo’lishini toping.
3. Tariq o'simligida poyasining baland va donining yirik boʻlishi poyaning past va donining mayda bo'lishi ustidan toʻliq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali tariq navlari o'zaro chatishtirildi. Natijada olingan 1200 ta baland poyali o'simliklarning nechtasida mayda donga ega bo'ladi?
4. Bulg‘or garmdorilarining
qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo‘ladi. Qizil rangi boshqaruvchi gen dominant, yupqa etli bo‘lishi retsessiv genga bog‘liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromosomalarida joylashgan. Agar geterozigotali qizil va qalin po‘stli garmdorini ikki belgisi bo‘yicha retsessiv
xili bilan chatishtirilsa, F2 da qanday genotipga ega bo‘lgan organizmlar olinadi?
5. No‘xatda dukkakning bo‘g‘imliligi oddiyligiga nisbatan, mevaning yashil rangi sariq rangiga nisbatan retsessiv belgi hisoblanadi. Gomozigotali bo‘g‘imli,
sariq mevali va oddiy, yashil mevali o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganida F2 duragaylarining fenotipi qanday bo‘ladi.
6. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo'lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota onadan tug'ilgan ikki belgi bo'yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi boʻyicha sogʻlom farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.
7. Odam genotipida uchraydigan albinizm kasalligi komplementar genlarning ta’siriga bogliq. 1-juftning dominant geni 2-juftning retsessevi bilan kelganda yoki ikki juft allel bo‘lmagan genlarning retsassivlari birga kelganda albinizm kasalligi yuzaga chiqadi Qoigaii holat- larda bu kasallik uchramaydi? Digeterozigotalilar avlodida bolalarning necha foizi kasaiiik bilan tugiladi?
8. Odam boyi uzunligi bir necha allelmas genlar
tomonidan nazorat qilinadi, bu genlar polimeriya tipida ozaro munosabatda boladilar. Agar uch juft polimer genlar hammasi retsessiv holatda genotipda uchrasa, boy uzunligi 150 sm, hamma genlar dominant holatda bolsa 180 sm atrofida boladi. Uchala juft genlar boyicha geterozigotali ota-onadan tugʻilgan farzandlarining necha foizini boʻyini uzunligi 160sm boʻladi.
9. Simmental qoramol zotlarida sut tarkibidagi yog' miqdori ikki juft polimer genlarga bog'liq. Agar hamma gen ham dominant holatda bo'lsa sut tarkibida 600 ml yog bo'ladi. Agar barcha genlar retsessiv bo'lsa sut tarkibida 400 ml yog' bo'ladi. Digeterozigotali qoramol zotlari o'zaro chatishtrilishi natijasida birinchi avlodda olingan qoramollarning necha foizining suti tarkibida 500 ml yog' bo'ladi ?
10. Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi
dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha ota-onaga o'xshamagan organizmlar necha foizni tashkil qiladi?