Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet323/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Kabargalar (Moschidae) oilasiga bitta kabarga (Moschus moschiferus) turi kiradi. Kabargalar bug’ularga yaqin turadi. Bug’ulardan shoxi bo`lmasligi bilan farq qiladi. Kabargalar erkagining yuqori jag’idagi qoziq tishi kuchli rivojlangan, og’zidan tashqariga pastga qarab o`sib chiqqan. Tanasining uzunligi 1 m gacha, balandligi 65 sm va og’irligi 17 kg gacha boradi. Kabarganing orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan birmuncha uzun. Shoxi yo`q. Qorin qismida hid chiqaradigan muskus bezi bor. Kabargalar Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. MDHda esa Uzoq Sharqda va Sharqiy Sibir tog’larida yashaydi.
Daraxtdagi va yer ustidagi lishayniklar bilan oziqlanadi. 1-2 ta bola tug’adi. Muskus bezi va go`shti uchun ovlanadi.
Jirafalar (Giraffidae) oilasi vakillaridan jirafa (Giraffa cameleo-pardalis) Markaziy va Sharqiy Afrikada tarqalgan, terisi baxmaldek kalta jun bilan qoplangan hamda boshida teri bilan qoplangan va almashinmaydigan ikkita kalta suyak shoxchasi bor. Bo`yni juda uzun, oldingi oyoqlari orqa oyoqlariga nisbatan ancha uzun bo`ladi. Balandligi 5,5 m gacha, vazni 1000 kg gacha boradi. Boshqa kavsh qaytaruvchilarga nisbatan qon bosimi yuqori, (o`rtacha 220/160 mm simob ustuni) bo`ladi. Jirafa tez yugurganda bo`yin venasidagi klapanlar qon bosimining keskin ko`tarilib tushishiga imkon bermaydi. Jirafalarning erkagi urg’ochilariga nisbatan yirik bo`ladi. 10-12 tadan iborat poda bo`lib yashaydi. Kunduzi faol hayot kechiradi. Daraxtlar, butalar, akatsiya novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Bitta bola tug’adi. Jirafalar, asosan milliy bog’larda saqlanib qolgan, tutqinlikda ko`payadi.
Tug’ilgan bolasi 10 soatdan keyin turib yura boshlaydi va 3 haftadan keyin mustaqil oziqlanadi.
Markaziy Afrika o`rmonlarida okapi (Okapia johnstoni) yashaydi. Uning oyog’i va bo`yni ancha kalta. Tanasining uzunligi 2 m va vazni 250 kg gacha boradi. Erkagida 2 ta kichikroq shoxi bor, quloq suprasi katta, bo`yni jirafalarga nisbatan kalta, tili juda uzun. Bo`g’ozlik davri 14-15 oyga to`g’ri keladi. Daraxt barglari, butalar, qisman o`tlar bilan oziqlanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish