OPTIK ASBOBLARNING RIVOJLANISH TARIXI
Ko‘z uchun asbob-uskuna
Chirchiq OTQMBYU
Tehnik ta’minoti kafedrasi sikl
boshlig’i Quvondikov S.
Optik asbob
– bu nur to‘lqinlari harakatiga asoslanib, optik tizim (linza,
prizma, oyna va h.k) yordamida oriyentirlar aksini olish mumkin bo‘lgan texnik
qurilma. Ob’ektiv va okulyar optik asbobning asosiy qismlariga kiradi.
Hech kimga sir emaski, insoniyatning ko'rish qobiliyati mukammal emas.
Misol uchun mushuklar odamlarga nisbatan aniqroq ko'ra olishadi. Mushuklar
yorug'likda ham, qorong'ulikda ham narsalarni birdek ajrata olishadi. Turli
sabablar oqibatida ko'rish qobiliyati susaygan odamlar nima qilishsin? Bunda
birinchi navbatda yordamga optika asboblari keladi. Dastlabki ko‘zoynaklar 1280
yilda Italiyalik fizik Salvino Del Armati tomonidan ishlab chiqilgan. Armati
yaratgan ko'zoynaklar ikkita qavariq shishali linzalardan iborat bo'lib, ular
buyumlarni kattalashtirib ko'rsatardi. Natijada yanada aniqroq ko'rish imkoniyati
yuzaga kelgan. Linzalar shikastlanmasdan uzoq saqlanishi uchun doiralar ichiga
joylashtirilib ikkisini o'rtada birlashtirilgan.Bir qarashda ko'zoynak taqib yurish
juda osondek tuyuladi,lekin tuzuvchi olimlar 300 yil tinmay, uni taqishning yanada
qulay usullarini izlashgan. Avval monoklyar bir oynali, uzun dastakli ko'zoynaklar,
keyin esa katta ikki qavat shishali durbin paydo bo'lgan. Bunday durbinni burun
ustiga taqish mumkin bo'lgan. Keyinroq ko'zoynakni shlyapa bilan birlashtirib
ko'rishdi. Oxir-oqibat hozirgilarga o'xshash quloqqa
Kо‘zoynak xiralashgan
kо‘rish qobiliyatini tuzatadi. Shishani eritish usulini insonlar ancha vaqt ilgari
o'rganishgan. Biroq qalin shisha ko'zoynak uchun mos kelmasdi. Buning uchun
yupqa, rangsiz va shaffof shisha bo'lishi kerak edi. Bunday shishaning siri XIII
asrdaVenetsiyada aniqlandi. Biroq XVI asrga qadar bu o'ta maxfiysir sifatida
saqlab kelingan. Taqiladigan ko'zoynaklar ishlab chiqildi. Kontakt linzalari
yordamida ko'z nurini oshirish g'oyasi buyuk rassom va olim Leonardo Da
Vinchiga tegishli. XVIII asrda sinovchi olimlar Tomas Yung va Vilyam Gershel
linzalarni amalda qo'llab ko'rishdi. Gershelning ko'zlariga shisha linzalar kabi
shaffof gel surtib ko'rib sinov
dan o'tkazishdi. Ko'zoynak va linzalar kо‘rish
qobiliyati sust bo'lgan odamlarga yordam bersa, durbin va binokllar sog'lom
ko'zlarga jismlarni kattalashtirib ko'rsatadi. Durbinlar teleskop singari tuzilishga
ega.Lekin, jismga ikkala ko'z bilan qarash jismni o'zimizgacha bo'lgan oraliqdagi
masofani qancha ekanligini taxminan aniqlash imkonini beradi. Uzoqni ikkala ko'z
bilan ko'ra olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida ikki kanalli ko'rish vositasi
durbin ixtiro qilindi. Inson yaqinlashtirib ko'rsatadigan ko'zoynaklarsiz 1350
metrgacha masofani ko'ra oladi. 6 marta kattalashtirilgan durbinlarda 20 kilometr
masofa uzoqlikdagi jismlarni ko'rish mumkin. Durbin sog'lom ko'zlar o'tkirligini
oshiradi Ma’lumki, hozirgi paytda to‘lqin optikasini boshlang‘ich qismi bo‘lgan
infraqizil nurlarning fan va texnikada qo‘llanilishi qator asboblarning va
sistemalarning ixtiro qilinishiga sabab bo‘ldi. Infraqizil texnika, optika (spektrning
ko‘rinadigan qismi), radiotexnik va radiolokasiya stansiyalariga solishtirilganda,
afzalliklari ega bo‘lishi so‘nggi yillarda asboblarda, texnikada, sanoatda va harbiy
sohada ishlatilishini kengayishiga olib keldi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |