Skolioz, lordoz, kifoz, yassi oyoqlik, osteoporoz.
Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, orqa yelka qismi do’mbayib, bukir holat yuzaga keladi. Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko’krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bel qismi me’yorqan ko’proq oldinga bukilishi, bo’yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko’kraklari ham past, baland, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam gavdasini to’g’ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigienik qoidalarga rioya qilish kerak.
B
4-rasm. A-norma. B-skolioz.
Yassioyoqlik. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o’yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathining gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko’proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk ko’targanda oyog’ining tovonpanja va boldir muskullarida og’riq paydo bo’ladi; yassioyoqli umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to’g’ri tuta olmaydi. Yassioyoqlik odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo’llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og’irligi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og’riq seziladi. Bunday odamlar ko’proq tik turganida va yurganida oyog’ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo’lgan poyabzal kunning ikkinchi yarmida oyoqni qisa boshlaydi. Yassioyoqlik tananing massasi ko’proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi.
Yassioyoqlik tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lishi bu nasldan naslga berilishi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo’lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turg’izish;
Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish;
O’quvchilar kun bo’yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot poyabzalini faqat mashg’ulot vaqtida kiyish kerak);
Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’lgan poyabzallarni kiyish;
Og’ir yuk ko’tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ana shularni hisobga olib. yassioyoqlikning oldini olishga e’tibor berish kerak.
Osteoporoz — suyak to’qimalarining metabolik kasalligi bo’lib, suyak mikroarxitektonikasining buzilishi va ularning zichligi pasayishi bilan ifodalanadigan skeletning tizimli progressiv kasalligi hisoblanadi, bu suyuakning sinuvchan bo’lib qolishiga olib keladi.
Osteoporozning asosiy asoratlari — umurtqa va periferik suyaklarning sinishi bo’lib, bu noqulaylik, vaqtinchalik nogironlik va o’lim darajasining oshishiga olib keladi.
Bolalarda osteoporoz kasalligining belgilari kasal suyaklar, sinuvchan sochlar va tirnoqlar hisoblanadi. Suyaklari tez sinuvchan bo’ladi, terisi quruq va tez tez bosh og’riqlari kuzatiladi.
5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |