Maktab hududiga va jihozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar
Bola organizmi taraqqiyoti normal borishi uchun maktab binolari yaxshi qurilgan bo’lishi va gigienik talablarga javob berishi kerak, chunki bolalar sutkaning ko’p qismini shu yerda o’tkazadilar. Shu maqsad uchun eng oldin maktab uchun joyni to’g’ri tanlash, maktab binosining ichini qulay rejalashtirish, sinflarni zarur bo’lgan asbob-uskunalar bilan jihozlash kerak.
Maktab quriladigan joy. Shaharda maktab quriladigan joy shunday bo’lishi kerakki, yuqori sinf o’quvchilari (7 dan 11 yoshgacha) maktabga borish uchun yarim kilometrdan ortiq yo’l yurmasligi kerak. Qishloq hududlarida maktab 3—5 kilometr uzoqlikda aholi yashaydigan mahallalar markazida joylashgan bo’lishi kerak. Bolalar darsga va darsdan uyga shu hudud uchun qulay bo’lgan transportda qatnashlari lozim. Maktab quriladigan joy uning tipiga binoan ajratiladi.
Maktab joyi shunday rejalashtirilgan bo’lishi kerakki, bolalar u yerda ishlashlari va tanaffus vaqtida dam olishlari mumkin bulsin. Shuning uchun maktab quriladigan joy quruq, yomg’ir suvi oqib ketishi uchun bir tomoni nishab, harakat ko’p bo’ladigan ko’chalardan va havo tarkibini buzuvchi zavod va fabrikalardan chetda va ko’cha qizil chizigidan kamida 15 metr uzoqda bo’lishi kerak.
Maktab binosining old tomoni janubga yoki janubi-garbga qaragan bo’lishi kerak. Maktab har tomondan o’ralishi zarur.
Maktab binosiga gigienik talablar. Maktab binosi rejaga asosan quriladi. U shu tipdagi maktab uchun kerak bo’lgan xamma xonalarni ko’zda tutadi. Hamma maktablarda binolar quyidagi olti gruppaga birlashtirilishi mumkin:
1) sinflar, laboratoriyalar, sport zali, tirik jonli burchak;
2) qo’shimcha — ta’lim xonalari, zal, kutubxona;
3) qo’shimcha xonalar; dahliz, garderob xonasi, yo’laklar, zinapoya, bufet;
4) sanitariya - gigienik binolar; vrach xonasi, sanitar uzeli; 5) xizmatchilar xonasi; direktor xonasi, o’qituvchilar xonasi va boshqalar; 6) turar joylar, direktor va texnik ishchilar uchun uylar.
Har bir xonaning maydoni gigienik talablarga javob berishi kerak. Masalan, har bir sinfda bitta o’quvchi uchun 1,5 m2 dan, xona va laboratoriyalarda esa 2 m2 dan, sport zalida 3,5—4 m2 dan kam bo’lmagan sath kerak bo’ladi. Sinf xonasining balandligi 3,5 metrga, sport zaliniki esa 5 metrga teng bo’lishi mumkin.
Maktab binosidagi xonalar joylanishi ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga imkon berishi zarur. Shu maqsad bilan bir xil yoki aralash yoshdagi o’quvchilar uchun sinflar birinchi qavatda joylashgan bo’lishi kerak.
Birinchi sinf bolalari yuqorigi qavatlarga chiqishi uchun ortiqcha jismoniy mehnat sarflashiga to’g’ri keladi, shu sababli ular o’qiydigan sinflar yaxshisi pastki qavatda bo’lishi kerak. Bu ularga tanaffus vaqtlarida ham ochiq havoda bo’lishlariga imkon beradi.
Sinf xonalari boshqa xonalar bilan (masalan, idora, direktor xonasi) birga bulmasligi kerak, chunki u yerga begona odamlar yuqumli kasallarni olib kelishlari mumkin. Qo’shim- cha xonalar asosiy xonalar bilan yonma-yon joylanishi kerak. Masalan, laborantlar xonasi, laboratoriya, ko’rgazma qurollar saqlanadigan xona esa o’qituvchilar xonasi yonida bo’lishi kerak. Har bir yo’lakda 5—6 sinf bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |