Bo’g’inlarning xillari
Bo’gim hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o’qli, ikki o’qli va ko’p oqli bo’g’imlar bo’ladi. Masalan, bo’g’imlar bir o’q atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo’g’imi faqat bukilib yoziladi. Bunday bo’g’imlarni tashkil qilgan suyaklarning uchi g’altak yoki silindr shaklida bo’ladi.
Ikki o’qli bo’g’imlarda (bilak suyagi bilan kaft suyaklari o’rtasida bo’g’im) suyaklaridan bittasining uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo’lib, ikki tomonlama harakat qiladi. Ko’p o’qli bo’gimlarda (yelka bo’g’imi) suyak uchi sharsimon bo’lib, har tomonlama harakatlanadi. Organizmdagi bo’gimlarning 4 xil harakati farqlanadi.
Frontal (ko’ndalang) o’q atrofida faqat bukish va yozish mumkin.
Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o’q atrofida tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish harakati vujudga keladi.
Doira hosil qilib aylanish.
Bo’g’im o’z o’qi atrofida burilish harakati qiladi.
Bulardan tashqari, kam harakatli yassi bo’g’imlar (qov suyaklarining birlashishi, umurtqa tanalarining o’zaro birlashishi) ham uchraydi
Agarda ikkita suyaklarning birlashishidan hosil bo’lgan bo’g’imlar oddiy bo’g’imlar deb atalsa, murakkab bo’g’imlar uchta va undan ko’p suyaklar ishtirokida vujudga keladi.
Agarda ikkita bo’g’im (pastki jag’ bo’g’imi) hamkorligida bitta harakat vujudga kelsa, unday bo’gimlarni kombinatsiyalangan bo’g’imlar deb ataladi
2.2 Bolalarda skelet potologiyasi. Skolioz, lordoz, kifoz, yassi oyoqlik, osteoporoz. Skelet deformatsiyalarini oldini olish. Maktab hududiga va jihozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Skelet deformatsiyasdini korreksiyasi. Skeletning yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi
Tayanch – harakat tizimining anatomik va fiziologik me’yorda bo’lishi kishi hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yurish — turishi, mehnat qilishi, qolaversa, sihat — salomatligi ko’p jihatlari bilan tayanch – harakat tizimining holatiga bog’liq.
2-rasm. Raxit kasalligining tashqi belgilari.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda D vitamin yetishmovchiligi natijasida organizmda suyaklanish jarayonining kechikishi bilan bog’liq bo’lgan raxit kasalligi kelib chiqadi.
Vaqtida davolanmasa, bola kattalashgan sari suyaklari qiyshiq o’sish ehtimoli ortadi.
3-rasm.
Umurtqa pog’onasining bukchayishi, ko’krak qafasini pastga qarab enkayib qolishi, oyoqni “X” yoki “O” shaklida qiyshayishi, yassi oyoqlik paydo bo’ladi. Ichki a’zolarni noto’g’ri rivojlanishi, aqliy zaiflik paydo bo’lishi mumkin.
Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan ko’krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo’ladi. Ba’zi holatlarda bolalarda yassi oyoqlik ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |