Ko’krak qafasi
Ko’krak qafasi ko’krak umurtqalaridan, qovurg’alardan, qovurg’ali tog’ay- lardan, tush suyagidan hosil bo’lgan.
Ko’krak qismida 12 ta umurtqa bo’lib, unga 12 juft qovurg’a birikadi, qovurg’alar yassi, no- to’g’ri egilgan suyak bo’lib, unda bosh, bo’yin, dumbodcha va tana qismi bor. Dastlabki etti juft qovurg’a haqiqiy qovurg’a hisoblanib, tog’ay orqali to’sh suyagi bilan birikadi. 8—10-juft qovurg’alar ko’krak kafasiga yetmaydi va tog’ay yorqamida yuqoridagi qovurg’alar bilan birlashadi. Bu qovurg’alar yetim qovurg’alar deb ataladi. 11—12-juft qovurg’alarning uchi erkin (tutashmagan) bo’lib, harakatlanuvchi qovurg’alar deb ataladi. Qovurgalarning suyaklanishi 22—25 yoshgacha davom etadi. Qovurg’alarning harakatlanishi yoshga qarab o’zgaradi. To’sh suyagi yassi va cho’ziqroq bo’ladi. Tush suyagining dastasi, tanasi va qilichsimon o’simtasi bor.
Qo’l-oyoq skeleti
Qo’llarning skeleti elka kamaridan va qo’lning erkin suyaklaridan iborat. Yelka kamari kurak va o’mrov suyagidan hosil bo’lgan. O’mrov suyagi ikki uchida bo’g’im yuza bo’lgan egilgan suyakdir. Bu suyak bir uchi bilan kurakka, ikkinchi uchi bilan esa to’sh suyagiga birikkan. O’mrov suyagining bunday holati elka kamarini ko’krak qafasidan ma’lum bir masofada tutib turishga yorqam beradi, qo’llarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi.
Kurak uchburchak shaklidagi keng suyakdir. Uning orqa yuzasida o’mrov suyagi bilan birlashishi uchun xizmat qiladigan yassi o’siqli baland qirra o’tadi. Uning oldida esa pay va muskullar kelib birikadigan o’simta bor.
Qo’lning erkin suyaklari uch qismdan: elka, elka oldi va panjalardan iborat.
Yelka yelka suyagidan tashkil topgan, uning yuqorigi uchi kurakning bo’g’im o’yig’iga kirib turadigan yarim sharsimon kallak bilan tugaydi. Kallakning chetida muskullar birikishi uchun ikkita do’mbokcha joylashgan. Pastki uchida tirsak suyagi bilan birikishi uchun bloksimon bo’g’im yuza bor. Yon tomonlarida bilak-tirsak bo’g’imlarini mustaxkamlashda qatnashuvchi muskul va paylar birikadigan ikkita o’siq bor.
O’rta qism — elka oldi ikkita suyakdan: bilak suyagi va tirsak suyagidan iborat. Bilak suyagi bosh barmoq tomonda joylashgan bo’lib, yo’g’onroq va kaft suyaklari bilan birikishi uchun bo’g’im yuzasi bor. Tirsak suyagi jimjiloq tomonda joylashgan bo’lib, bilak suyagi panjalari bo’g’imining hosil bo’lishida qatnashmaydi.
Qo’lning pastki qismi — p a n j a l a r 8 ta mayda suyaklardan iborat kaft usti suyaklariga va 5 ta suyakdan iborat kaft suyaklariga hamda barmoqlar skeletini hosil qiluvchi falangalarga ajratiladi. Har bir barmoq uchta falangadan: asosiy suyak, o’rta suyak va tirnoq suyaklaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |