Bosh suyagi.
Bosh suyagi kalla suyagi deyiladi. U ikki gismdan: miya qismi va yuz qismidan iborat. Kalla suyagining miya qismida bosh miya va sezgi organlari: ko’rish, eshitish, muvozanat, yuz qismida yuqori nafas yo’llari, hid bilish organlari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlang’ich bo’limi joylashadi. Kalla suyagi yuz qismi suyaklarining yigindisi yuzning shaklni ifodalaydi. Bosh skeleti shaklining o’ziga xos xilma-xil farq bo’ladi.
Kalla suyagi 23 ta suyakdan tashkil topgan. Ularning hammasi pastki jag’ va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o`zaro mustahkam birikkan. Kalla suyagi miya qismining hajmi taxminan 1500 sm3. Uning yuqori qismi gumbazi, ya’ni qopqog’ini, pastki qismi kalla suyagining asosini tashkil qiladi. Asosidagi juda ko’p kanallar va teshiklar orqali nervlar va qon tomirlari o’tadi. Katta ensa teshigi orqali esa kalla suyagi bo’shlig’i orqa miya kanali bilan tutashadi.
Suyaklangan kalla qopqog’ining ushbu sohalari parda bilan qorejagan va suyaklanmagan bo’lib, ko’pincha choklar o’zaro kesishgan qismlardagina kuzatiladi. Kalla qopqog’ining ana shunday yumshoq (suyaklanmagan) joylarini likildoq (fonticulis) nomi bilan ataladi. Yangi tug’ilgan bola kallasida quyidagi liqildoqlar bo’ladi.
Romb shaklidagi peshona likildogi (uzunligi 3,5 sm gacha, ko’ndalang o’lchami taxminan 2,5 sm) bola ikki yoshga to’lganda suyaklanib yopiladi. Uchburchak shaklidagi ensa likildog’i bolaning ikki oyligida bekilib ketadi.
Yon liqildoqlar to’rtta bo’lib, kallaning har bir yonida bir juftdan uchraydi va bolaning 2—3 oyligida suyaklanib bitadi. Yangi tug’ilgan bolalarning kallasida hali choklar bo’lmaydi. Kalla tubi suyaklari orasida esa tog’ay plastinkalari bo’ladi. Chaynov funksiyasi yangi tug’ilgan bolalarda yaxshi rivojlanmaganidan jag’ suyaklari unchalik takomillashmagan, pastki jag’ esa ikki bo’lakdan iborat bo’lib, orasida tog’ay plastinkasi uchraydi. Jag’ suyaklarining alveolyar o’siqlari bo’lmaydi
Bola kallasining tug’ilgandan keyingi rivoji uchta davrga bo’linadi: birinchi o’sish davri — bola tug’ilgandan keyin etti yoshgacha bo’lib, bu davrda kallaning ensa qismi o’sib ketadi. Ikkinchi o’sish davri — etti yoshdan to balog’atga etguncha (14—16 yoshgacha) davom etadi va kalla bir qadar sekin o’sadi.
.
1- rasm. Chaqaloq kalla skeleti.
1—tepa suyagi, 2—ensa liqildog’i, 3— suyaklararo parda, 4— ensa suyagi, 5— surg’ichsimon liqildoq, 6— tangasimon chok, 7— quloq parda xalqasi, 8— ponasimon liqildoq, 9— ponasimon suyak katta kanotn, 10— peshona suyagi, 11 — oldingi liqildoq, 12— sagintal chok.
Kallaning uchinchi o’sish davri — balog’atga yetgan vaqtdan gavdaning umumiy suyaklanish davri tamom bo’lishigacha (20—25 yoshgacha) bo’lib, bu vaqtda kallaning old qismi juda tez o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |