L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet6/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Prenatal davr. Organizmning individual o`sishi va rivojlanishi tuxum hujayrasining urug’lanishidan boshlanadi. Urug’langan tuxum hujayra haftalik bo’lgandan boshlab bachadonning shilliq qavatida rivojlanadi. Keyingi ikki haftada gastrulyasiya jarayoni bo’ladi va a’ zolar shakllana boshlaydi. Gastrulyatsiya davomida embrionning ikki qavati ekto — va endodermalar hosil bo’ladi. Keyinchalik ular orasida uchinchi qavat — mezoderma paydo bo’ladi. Endodermadan ovqat hazm bo`lishida ishtirok etuvchi bezlar, oshqozon va ichaklar shilliq qavatlari, ichki sekresiya bezlar, o`pkalar hosil bo’ladi. Ektodermadan epiteliy to`qimasi, og`iz va burun shilliq qavati, nerv va sensor tizimlar hosil bo’ladi. Mezodermadan skelet muskullari, ayirish a’zolari, jinsiy bezlar, biriktiruvchi to’qimalar, qon tomirlari, qon hosil qiluvchi a’zolar shakllanadi. Olti haftali homilaning bo`yi 2 santimetrga yetadi, unda bilinar —bilinmas qo’l va oyoq panjalari, ustki va pastki jag’ shakllana boshlaydi. Sakkiz haftali homilaning bo`yio’ taxminan 4 — 5 santimetrga yetadi, bosh qismi kattalashadi, bosh miya yarim sharlari rivojlana boshlaydi. Uning yuz qismdagi a’zolarni ham bir - biridan ajrata olish mumkin.
Uch oylik embrion odam qiyofasiga kirgan bo’ladi va embrion yo`ldosh yordamida oziqlanishga o’tganda homila davri boshlanadi. Homilaning uzunligi o`rtacha 8 —10 sm bo’lib, bosh qismi tanasiga nisbatan katta bo’ladi. Uning yuz qismi to’liq shakllanadi. Xomila hayotining 28 haftasida tez o’sadi va rivojlanadi hamda ona organizmidan tashqarida hayot kechirishga layoqatli bo’ladi. Bunday homilaning bo’yi 355 mm va massasi esa 1300 g bo’ladi. To’qqiz oylik homilaning bo’yi 50 santimetrga yaqin, og`irligi esa 3,0 —3,5 kilogrammga yetishi mumkin. Har bir organizmnin prenatal davrda bosib o`tiladigan hayot jarayonlari, a’zo va tizimlarning shakllanishi genetik dasturga kiritilgan bo’lib, dasturning rivojlanishida tashqi muhit omillarining (ijtimoiy omil, ovqatlanish omili, iqlim omillari va boshqalar) roli katta bo’ladi.
Postnatal davr. Prenatal davrning oxirgi kunlarida odam organizmi funksional jixatdan tug’ilishga tayyor bo’ladi va bunday organizm tugilganidan keyin tashqi muhitga moslasha olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Moslashish nerv, endokrin, nafas olish, ovqat hazm bo`lishi, yurak —qon tomirlari, ayirish tizimlarining funksional shakllanishiga bog`liq. Ba’zi tizimlar tuqilish jihatdan shakllangan bo’lsada, funksional shakllanishi nihoyasiga yetmagan bo’ladi. Tanadagi barcha to’qimalar o’sadi, biroq bu jarayonning tezligi odam umrining turli davrlarida bir xil bo’lmasdan, turli tizimlar tarkibiga kiradigan to`qimalar va a’zolar uchun har xil bo’ladi. O`sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud, chunonchi o’smir qizlar uchun u taxminan 16— 18 yoshgacha, o’smir bolalar uchun 18 — 20 yosh gacha davom etadi. A’zo va tizimlarning o’sish va rivojlanish jarayonlari geteroxron holda, ya’ni bir tekis bormaydi.
Qayd qilingan davrlarni bir — biridan o’ziga xos belgilari bilan ajratish mumkin. Yosh davrlarini gavda o’lchamlari, proporsiyalari va shakllari bo’yicha, skeletning suyakka aylanish darajasi, umurtqa pog`onasining shakli, o’sib chiqqan tishlar soni, muskullar va endokrin tizimlar funksiyasining nechg’orlik takomillashganligi, teri osti yog’ to`qimalarining rivojlanganligi kabi bir qator anatomo —fiziologik belgilar asosida aniqlab olish mumkin.
A’zo va tizimlarning tuqilish va funsional shakllanishini e’tiborga olgan holda postnatal ontogenez quyidagi davrlarga bo’linadi:
1-jadval

1.

Yangi tug`ilgan davri

1–10 kun

2.

Emizikli davri

10–1 yoshgacha

3.

Go`daklik davri

1–3 yoshgacha

4.

Birinchi bolalik davri

4–7 yoshgacha

5.

Ikkinchi bolalik davri

8–12 yosh, o`g`il bolalar
8–11 yosh, qiz bolalar

6.

O`smirlik davri

13–16 yosh, o`g`il bolalar
12–15 yosh, qiz bolalar

7.

Navqironlik davri

16–20 yosh, qizlar
17–21 yosh, yigitlar

8.

Yetuklik davrning I bosqichi

22–35 yosh, erkaklar
21–35 yosh, ayollar

9.

Yetuklik davrning I bosqichi

36–60 yosh, erkaklar
36–55 yosh, ayollar

10.

Keksalik davri

61–74 yosh, erkaklar
56–74 yosh, ayollar

11.

Qarilik davri

75–90 yosh (ayollar va erkaklar)

12.

Uzoq umr ko`ruvchilar

90 yosh va undan ortiq.

Ontogenezni davrlarga bo’lishda tibbiy xodimar, biologlar, morfologlar, biokimyogarlar, geograflar va boshqa ko’pgina mutaxassislar qatnashib, bunda tana uzunligining, qo’l va oyoqlarning uzunligi, tana og`irligi, skeletning suyaklanishi, tishlarning chiqishi, ichki sekresiya bezlarining shakllanishi, jinsiy rivojlanishi, muskullar kuchi va boshka antropometrik ko`rsatkichlar hisobga olinadi.
Yoshga qarab tana proporsiyalarining o`zgarishi.
Yoshga qarab postnatal ontogenezda odamning tana a’zolarining bir —biriga proporsiyalari nisbati o’zgarib boradi. Chaqaloq boshining uzunligi tana uzunligiga nisbatan to’rtdan bir qismni tashkil qiladi. Ikki yoshli bolada — bu ko’rsatkich beshdan bir qismni; olti yoshda — oltidan bir qismni; o`n ikki yoshda — yettidan bir qismni va kattalarda sakkizdan bir qismiga teng bo’ladi. Yana shu narsa ham muhimki yosh oshgan sayin qo’l oyoqlarning tanaga nisbatan uzunligi ortadi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini baxolash. Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlariga bo’y uzunligi, tana massasi (vazn), bosh aylanasi, ko`krak qafasi aylanasi va boshqa ko`rsatkichlar kiradi.
Jismoniy rivojlanishni baxolash uchun maxsus me’yorlar asosida tuzilgan jadvallardan foydalaniladi. Jadvallarda bolaning yoshi va jinsiga qarab, tana vazni, bo`y uzunligi, ko’krak qafasi uzunligi o`rtacha qilib olingan holda berilgan va bu ko’fsatkichlar bolalardan olingan sonlar bilan taqqoslanib, xulosa chiqariladi.
Jismoniy rivojlanish o`sib kelayotgan organizm holatining muhim ko’satkichi hisoblanadi va u ikki ma’noni beradi: birinchisi organizmning yetilish, shakllanish jarayonlarini va bu ko’rsatkichlarning biologik yoshga mosligini ta’riflasa, ikkinchisi esa har qaysi vaqt oralig`ida morfofunksional holatini tasniflaydi.
Hozirgi vaqtda bolalar jismoniy rivojlanishini o`rganishda morfo—fuksional xususiyatlargagina asoslanib qolmay, organizmning biologik rivojlanish darajasi ham aniqdanadi.
Jismoniy rivojlanish organizm o`sishi va yetilishi jarayonlarini tasniflovchi, uning morfologik va funksional xossalarining yig’indisi hisoblanadi. Organizmning jismoniy rivojlanishi biologik qonunlarga bo`ysunadi hamda o`sish va rivojlanishning umumiy qonunlarini o`zida aks ettiradi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlarining o`zgarishi yoshga bog`lik bo’lib, bola qancha yosh bo’lsa, korsatkichlar shuncha yuqori bo’ladi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari jinsga, ijtimoiy sharoitlarga ham bog`lik bo’ladi. Bunga mamlakatimiz va chet ellik olimlarning ko`pgina tekshiruvlari dalildir. Jismoniy rivojlanish sog’likning muxim bir ko’satkichi bo’lib hisoblanadi va u yashash sharoitiga, o’sib kelayotgan avlod tarbiyasiga bog’lik bo’lib, sog’lomlashtirish muolajalari samaradorligini nazorat qilishning ob’ektiv usuli bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy rivojlanishning funksional ko`rsatkichlari yosh me’yorlari bilan solishtirib baxolanadi. Tana vazni, ko`rsak kafasi aylanasi va bo`y o`rtasidagi nisbatlarga qarab, jismoniy rivojlanish garmonik (me’yoriy), disgarmonik yoki yuqori darajali disgarmonik turlarga bo’linadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish