Umurtqalar. Umurtqa pog’onasini hosil qiluvchi umurtqalarning ko’p qismi yarim harakatchan bo’lib birikkan. Umurtqalar tanasi orasida umurtqa pog’onasiga katta egiluvchyanlik va elastiklik berib turuvchi umurtqalararo tog’ay joylashadi.
Birinchi va ikkinchi boyin umurtqalaridan tashqari hamma umurtqalarning tuqilishi bir xildir. Odatda, umurtqalar suyak halqa shaklida bo’ladi. Yog’onlashgan oldingi qismi tanasi, bir muncha ingichkaroq bo’lgan orqa tomoni yoyi deb ataladi. Tana bilan yoy orasidagi o’sish zonasi bola 6—7 yoshga kirguncha saqlanadi. Umurtqa yoyining umurtqa tanasi bilan birlashadigan yuqori va pastki qismida teshik bo’lib, bu teshik orqali nervlar, qon tomirlari, limfatik tomirlar o’tadi. Umurtqa markazida umurtqa teshigi joylashgan. Barcha umurtqalarning teshigi bir-biriga tutashib, umurtqa pog’onasining kanalini hosil qiladi, bu kanalda orqa miya joylashadi.
Umurtqaning yoyidan ettita o’simta chiqib ketadi: ikki juft bo’g’im o’simtalari yuqori va pastga yo’nalib qo’shni umurtqalar bilan birikishga yorqam qiladi. Ikkita ko’ndalang o’simtalar har tomonga yo’naladi, bitta o’tkir qirrali o’simta orqaga qarab yo’naladi. Har bir qismdagi umurtqalarning umumiy belgilari bilan birga o’ziga xos xususiyatlari ham bo’ladi. Birinchi va ikkinchi bo’yin umurtqalari odatdagi umurtqadan eng ko’p farq qiladi. Birinchi bo’yin umurtqasi — atlantning tanasi bo’lmasdan yon tomonlari bilan o’zaro birikkan oldingi va orqa yoylardan iborat. Oldingi va orqa yoylar bola hayotining faqat 5—6-yilida bir-biri bilan birlashib ketadi.
Oldingi yoyning ichki yuzasida ikkinchi bo’yin umurtqasining tishsimon o’simtasi bilan birlashishi uchun bo’g’im o’yig’i joylashgan. Atlantning orqa yoyi birmuncha burchak ostida o’zaro tutashgan chap va o’ng qismlardan iborat. Umurtqa yon tomonining pastki yuzasida ikkinchi bo’yin umurtqasi bilan birikishi uchun bo’g’im yuza bor. Yuqori qismida ellipssimon bo’g’imo’yigi bor. Bu o’yiq yorqamida umurtqa kalla suyagining ensa suyagi bilan birikadi. Atlantning keng teshigi ko’ndalang bog’lam bilan, kichik oldingi qismga va katta orqa qismga ajratiladi. Oldingi yarim teshikdan tishsimon o’simta, orqa yarim teshikdan esa orqa miya o’tadi.
Ikkinchi bo’yin umurtqasi — epistrofey yoki axis odatdagi umurtqalardan yuqoriga ketgan tishsimon o’sig’ining bo’lishi bilan farq qiladi. Bu tishsimon o’simta atrofida atlant kalla suyagi bilan birga aylanadi. Bo’yin umurtqalarining ettinchisidan tashqari, qolgan hammasi ko’ndalang o’simtalarida teshiklar va uchi ayri shaklida bo’lgan o’tkir qirrali o’simta bor. Ettinchi umurtqa bundan mustasno.
Ko’krak umurtqalari tanasining yon yuzalarida va ko’ndalang o’simtalarida ikkitadan bo’g’im o’yiqlari bor. XI va XII umurtqalarida esa bittadan bo’g’im o’yidlari bor.
Bel umurtqalari tanasining kattaligi bilan farq qiladi. O’tkir qirrali o’simtasi kalta, yo’g’on, yon tomonlari yassi, orqaga to’ppa-to’g’ri yo’nalgan.
Bolaning yoshiga darab, umurtqalarning o’sishi o’zgaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bel umurtqalari va umurtqa pog’onasida ko’krak qismining pastki tomoni tez o’sadi. Ko’krakning yuqori qismi va bo’yin umurtqalari nisbatan sekin rivojlanadi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida (7—10 yosh) hamma qismlardagi umurtqalarning o’sishi bir tekisda bo’lib, sekin-asta kamayib boradi. 10—12 yoshda o`sish intensivligi aynidsa bel umurtqasi va ko’krakning ostki qismlarida ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |