Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

355
«O‘n besh yoshli kapitan»
hayvon lar bilan uchrashgandagi singari, ularga duch 
kelish ham xatarli.
Dik Send bu yerdagi yerliklarning odamxo‘r ekanliklari-
ga hech shubhalanmasdi. Yovvoyilarning xuddi Dik ov 
qilib yurgan mahalda daryo qirg‘og‘iga kelib qolishlari 
ehtimol edi. Shuning uchun ham u qirg‘oqqa kam chiqar 
va har safar qirg‘oqqa chiqqanida, biron xavf-xatar sezili-
shi bi lan o‘zining qaytib kelishini kutmasdanoq, darrov 
qirg‘oqdan suzib ketish to‘g‘risida Gerkulesdan va’da olib, 
so‘ng nari ketar edi. Gerkules va’da berardi-yu, lekin Dik 
Send qaytib kelguncha qattiq tashvish tortar edi. U o‘z 
tashvishini missis Ueldondan arang yashirardi.
10-iyul kuni kechqurun Dik bilan Gerkules juda xatarli 
voqeani boshidan kechirishdi. Uzoqda, daryoning o‘ng 
tomonida bir qator qoziqli imoratlar ko‘rindi. O‘sha joyda 
daryo kengayib, qo‘ltiq hosil qilgandi. Bu qo‘ltiq ichidagi 
suvdan chiqib turgan qoziqlar ustida o‘ttiztacha kulba 
ko‘rinib turibdi. Daryo qayiqni to‘ppa-to‘g‘ri o‘sha qoziqlar-
ga tomon oqizib ketyapti. Chapga qayrilishga imkon yo‘q, 
chunki u yoqda do‘mpayib suv osti toshlari chiqib turardi.
Bu qishloqda odamlar yashar ekan. Mungli ashula 
ovozlari eshitiladi. Ayrim kulbalarda olov ko‘rinmoqda.
Ba’zida yovvoyilar qoziqlar orasiga baliq to‘ri torta-
dilar. Basharti, bu yerda ham shunday qilin gan bo‘lsa, 
sayyohlarning ishi chatoq bo‘ladi, chunki qayiq to‘rlarga 
o‘ralib qoladi va qayiqni to‘rdan bo‘shatib olguncha butun 
qishloq oyoqqa turardi.
Dik Send qayiq burnida o‘tirib, shivirlab buyruq berib 
turardi. Kechasi oydin bo‘lib, qayiqni yurgizishga yordam 
bersa ham, lekin qayiqni yaqqol ko‘rsatib turardi.
Xatarli payt yaqinlashib qoldi. Daryo o‘rtasidagi so‘ri 
ustida ikkita yerlik o‘tiribdi. Daryo oqimi bilan ketayotgan 
qayiq o‘shalarining ostidan o‘tib ketishi kerak edi. Yer-
liklar qayiqni ko‘rmay qolmasdilar. Ular shovqin-suron 
ko‘tarib, butun qishloqni uyg‘otsa nima bo‘ladi?
Qoziqlar qoqilgan joy bilan qayiq o‘rtasida yuz futcha 
masofa qoldi, shunda yerliklar shoshib qo lishdi. Ulardan 


356
Jyul Vern
biri o‘rnidan sakrab turdi-da, daryoda oqib kelayotgan 
«suzuvchi orolni» sherigiga ko‘rsatdi, chunki u ularning 
endigina lian o‘simli gi boylab qo‘ygan to‘rlarini tilka-pora 
qilib tashlashi ehtimol edi.
Shu ondayoq ikkovi shoshib-pishib to‘rlarini tortib ola 
boshladi. Shu bilan birga, ular hay-haylab sheriklarini 
yordamga chaqirishdi.
Yovvoyilardan bir nechasi kulbalaridan chopib chiqish-
di-da, so‘ri ustiga chiqib to‘rlarini yig‘ib ola boshladilar.
Qayiqdan Dik Sendning shivirlab bergan buyruqlari-
dan tashqari hech qanday ovoz chiqmas edi. Hech qan-
day harakat ham yo‘q edi. Faqat Gerkulesgina quyruq 
eshkagini qimirlatib turardi, xolos. Kichkina Jek, vovil-
lamasin deb Dingoning og‘zini qo‘llari bilan berkitib 
olgandi. Qoziqlarga sekingina to‘lqin urib turardi. So‘ri 
ustida esa yovvoyilar to‘s-to‘polon qilishar, qattiq-qat-
tiq baqirishar edilar. Agar ular qayiq qoziqlar orasiga 
kirganga qadar to‘rlarini yig‘ishtirib olishsa, ish joyida 
bo‘ladi. Bordi-yu, ulgurmasalar, qayiq to‘rga ilinib qoladi 
va undagi yo‘lovchilar o‘lim xavfi ostida qoladi. Dik Send 
qayiqni to‘xtatolmasdi ham, boshqa yoqqa burolmasdi 
ham, chunki bir tomonda qoziqlar va ikkinchi tomonda 
suv osti toshlari yotardi. Shuning uchun qayiq bu joyda 
oldinga qarab tez oqib ketmoqda edi.
Yerliklar eng oxirgi kuchlarini sarf qilib, to‘r larini suv-
dan tortib olgan paytda, qayiq qoziqlar orasiga kirdi. Ish-
ning bunday o‘ng kelishidan Dik umidini uzgan edi. Ammo 
shu paytda qayiqning o‘t bostirmasi bir qoziqning uchiga 
ilinib qolib, o‘ng tomondagi o‘tlar suvga tushib ketdi.
Yovvoyilardan biri qattiq baqirib yubordi. U qayiq 
ichida nima borligini ko‘rib qoldimikan? O‘sha baqirishi 
bilan sheriklariga xabar berganmikan? Ehtimol, shunday 
bo‘lsa kerak.
Nima bo‘lsa bo‘lsin, ishqilib, sayyohlar qutulib ketish-
di. Daryo oqimi ularni oldinga surib ketdi, tezda qishloq-
dagi olovlar ham ko‘rinmay qoldi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish