344
Jyul Vern
– Bu to‘g‘rida gapirish hali erta! – deb javob qaytardi
Gerkules. – Agar sizning qayerdaligingizni janob Benedikt
aytmaganida, missis Ueldon, biz hech narsa qilolmasdik.
Benedikt tog‘a qo‘ng‘iz quvlab o‘rmon
ichida yurganida,
unga Gerkules hujum qilgan edi. Agar u bo‘lmaganida qul
savdogari missis Ueldonni qayerda qamoqda saqlayot-
ganini Dik bilan Gerkules bilmagan va jodugar qiyofasiga
kirib Kazondega bo rish fikri Gerkulesning xayoliga ham
kelmagan bo‘lar edi.
Qayiq suv oqimi bilan suzib ketaverdi. Gerkules
Kuanze daryosi bo‘yidagi lagerdan qochib ketganidan beri
boshidan nima voqealar o‘tgan bo‘lsa hammasini missis
Ueldonga gapirib berdi. U missis Ueldon bilan Jek tush-
gan zambil ketidan ergashib boraveribdi. Keyin yarador
Dingoni topib olibdi-da, undan Dikka xat yuboribdi. Din-
go bilan ikkovi Kazondega yetib olibdi. Benedikt tog‘ani
o‘rmonda tasodifiy uchratib qolganidan keyin, Gerkules
qo‘rg‘onga kirmoqchi bo‘lgan ekan,
biroq soqchilar yaxshi
qo‘riqlagani sababdan, kira olmabdi. Shundan keyin u
asirlarni qutqazish uchun boshqacha yo‘l o‘ylab topibdi.
Bu voqea shunday bo‘libdi: Gerkules qo‘rg‘onda ni-
malar bo‘layotganini kuzatib va ichkariga kirish uchun
qulay fursatni poylab o‘rmonda yurgan ma halda, uning
yonidan bir mgannga o‘tib qolibdi. Bu Kazonde aholisi
toqatsizlik bilan kutayotgan haligi shimoliy jodugarning
o‘zginasi edi. U ko‘p o‘ylab-netib turmasdan, mgannga-
ga hujum qilibdi, usti dan kiyim-boshi bilan bezaklarini
yechibdi-da, ularni darrov kiyib olibdi.
Keyin uni lian
o‘simligi bilan daraxtga hech kim yecholmaydigan qilib
mahkam bog‘lab qo‘yib, uning oldida turib, o‘zini xuddi
unga o‘xshatib yasantiribdi. Gerkules bu ish ni bir necha
soatda bajaribdi. Endi yovvoyilarning yo‘q-bor narsalarga
darrov ishonaverishlari natijasida yomg‘irni
haydaydigan
sehrgarlik ishlari ham juda ustalik bilan bajarildi.
Missis Ueldon Gerkulesning Dik Send to‘g‘risida hech
narsa aytmaganiga e’tibor qildi.
– Sen-chi, Dik? – deb so‘radi u.
345
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Men, missis Ueldon, sizga hech narsani aytib berol-
mayman, – deb javob qaytardi Dik. – Mening butun xayo-
lim siz bilan Jekda edi!.. Ustunga bog‘langan lianlarni
uzishga harakat qil dim-u, lekin uddasidan chiqolmadim.
Suv meni ko‘mib, boshimdan oshib ketdi... Hushdan
ketdim... Bir vaqt o‘zimga kelib ko‘zimni ochsam, papirus
o‘simligi orasida yotibman. Gerkules esa jon kuydirib
meni parvarish qilmoqda ekan...
– Bunda ajab qolarlik hech narsa yo‘q! –
dedi Gerku-
les. – Men jodugar tabib bo‘lib olgandim.
– Gerkules, – dedi missis Ueldon, – siz Dikni qanday
qutqazganingizni gapirib berishingiz kerak.
– Uni men qutqazibmanmi? – dedi azamat Gerkules. –
Eski havzaga oqib tushayotgan suv to‘lqini Dik bog‘langan
ustunni qulatib yuborib, oqizib kelmadimikan? Men uni
suvdan ushlab oldim, xolos. Qorong‘ida o‘limga hukm
qilingan odamlar orasiga kirib olish qiyin ishmi? Keyin
ustun yoniga suzib borib, unga bog‘langan kapitan bi lan
birga ustunni sug‘urib olish og‘ir ishmi? Bu ish hech gap
emas. Buni har kimam qila olardi. Mana, masalan, janob
Benediktni olaylik... yoki Dingoni!
Haqiqatan ham, Dingo
qilmadimikan bu ishni?
O‘z nomini eshitgan Dingo dumini likillatib, vovillab
qo‘ydi.
Jek Dingoning katta boshini quchoqlab, u bilan ga-
pirisha boshladi.
– Dingo, Dik akamni sen qutqazdingmi? – deb so‘radi-da,
«yo‘q» deb aytgin deganday qilib boshi ni chayqattirdi.
– Dingo «yo‘q»
deyapti-ku, – dedi Jek. – Gerkules
ko‘ryapsanmi, qutqazgan u emas ekan-ku. Aytsang-chi,
Dingo, kapitan Dikni Gerkules qutqazdimi, a?
Jek tushmagur bu safar itni «ha» deganday qilib,
boshini egishga majbur qildi.
– Dingo «ha» deyapti! Demak, qutqazgan o‘zing ekan-
san-ku! – dedi Jek Gerkulesga qarab.