365
«O‘n besh yoshli kapitan»
Gerkules go‘r kavlab, sayyoh Samuel Vernonning
suyaklarini dafn qildi va hamma motam tutib, Dingoni
ham o‘sha go‘rga ko‘mdi.
Sayyohlar Negorodan qutulishdi, ammo uni Ka-
zondedan kuzatib keluvchilar yaqin orada bo‘lishi ke-
rak edi. Negoro qaytib kelmagani sababdan ular uning
ketidan albatta qidirib keladilar. Bu esa sayyohlar uchun
juda xavfli edi.
Dik Send bilan missis Ueldon nima qilish kerakligi
to‘g‘risida maslahat qildilar. Bir daqiqa vaqtni bekorga
sarf qilmasdan, darrov biron qarorga kelish zarur edi.
Samuel Vernonning xatida aytilishicha, sayyoh lar su-
zib kelgan daryo Zair yoki Kongo ekan va dengiz qirg‘og‘i
bu yerdan bir yuz yigirma mil narida ekan. Afsuski, bu
yerdagi katta shaloladan hech qanday qayiqda suzib
borib bo‘lmasdi. Bu Ntamo degan shalola bo‘lsa kerak.
Shuning uchun ikki-uch kilometr piyoda yurib borib,
shaloladan o‘tgandan keyin, u yerda sol yasab yana suzib
ketish kerak edi.
– Endi, daryoning o‘ng qirg‘og‘idan yurib boramizmi
yo chap qirg‘og‘idan yurib boramizmi – shu masalani
hal qilib olishimiz kerak, – dedi Dik Send. – Ikkala sohil
ham xavfli, missis Ueldon, chunki bu yerdagi yerliklar
odamxo‘r bo‘ladi. Menimcha, har holda narigi qirg‘oqqa
o‘tib olganimiz yaxshiroq, chunki u yoqda Negoroning
soqchilaridan xalos bo‘lamiz.
– Xo‘p bo‘lmasa, o‘ng qirg‘oqqa o‘tib olaylik, – dedi
missis Ueldon.
– Ammo bu yoqda yo‘l bormikan? – deb davom qildi
Dik Send. – Negoro daryoning chap qirg‘og‘idan yurib
kelgan – demak, daryo etagiga tushish uchun qulayroq
ekan. Aytgandek, men hozir buni tekshirib ko‘raman.
Hammamiz o‘ng qirg‘oqqa o‘tishdan oldin, men o‘zim bir
xabar olib kelay-chi.
Dik Send shu ondayoq buni amalga oshirgani jo‘nadi.
Fransuz sayyohining hujrasi turgan joyda daryo ning
kengligi to‘rt yuz futdan oshmas edi. Qayiq haydashga
366
Jyul Vern
usta bo‘lgan Dik daryodan bemalol o‘tishi mumkin.
Missis Ueldon, Jek, Benedikt tog‘a Dik Send qaytib
kelguncha Gerkulesning himoyasida – chap qirg‘oqda
qolishlari kerak edi.
Dik qayiqqa o‘tirib endi jo‘nay degan paytda, missis
Ueldon unga shunday savol berdi:
– Daryo shalolaga oqizib ketishidan qo‘rqmaysanmi,
Dik!
– Yo‘q, missis Ueldon. Men undan to‘rt yuz fut yuqori-
roqdan suzib o‘taman.
– U qirg‘oqda-chi..
– Biron xavf-xatar borligini sezsam, qirg‘oqqa chiq-
mayman-qo‘yaman.
– Miltig‘ingni ham olib ol.
– Xo‘p. Lekin mendan xavotir olmanglar.
– Har holda, ajralishmaganimiz yaxshiroq bo‘lardi-da,
Dik, – deb qo‘shib qo‘ydi missis Ueldon, go‘yo biron falokat
borligini sezganday.
– Yo‘q, missis Ueldon... Yolg‘iz o‘zim borishim kerak,
– dedi qat’iy qilib Dik Send. – Hammamizning xavfsiz
bo‘lishimiz uchun shunday qilinsa yaxshiroq bo‘ladi.
Bir soatdan kechikmasdan qaytib kelaman. Hushyor
bo‘ling-a, Gerkules!
Dik Send shu so‘zlarni aytib, qayig‘ini suvga itarib
yubordi.
Papirus o‘simligi orasiga kirib olgan missis Ueldon
bilan Gerkules undan ko‘zlarini uzmas edi lar.
Dik Send tezda daryo o‘rtasiga yetdi. U yerda oqim
kuchliroq edi. O‘sha joydan to‘rt yuz fut narida daryo
suvi guvillab pastga tushar va g‘arbdan esgan shamol
sachragan suv tomchilarini Dik o‘tayotgan joygacha
keltirib to‘kar edi.
Agar o‘tgan kechasi Dik uxlab qolganda edi, qayiq
albatta shalolaga tushib ketar va shalola beshovlarining
jasadini daryo bo‘yiga uloqtirib tashlar edi. Buni esiga
keltirgan Dik seskanib tushdi.
367
«O‘n besh yoshli kapitan»
Ammo hozir bunday xavf yo‘q edi: qayiq daryoni to‘g‘ri
kesib o‘tdi.
Chorak soatdan keyin Dik o‘ng qirg‘oqqa yetdi. Ammo
u yerga qadam qo‘yishga ham ulgurmasdan qattiq ovoz
eshitildi va o‘ntacha yovvoyi qayiqqa hujum qilib qoldi.
Bular haligi so‘ri qishloqlik odamxo‘rlar edi. Ular sakkiz
kundan beri daryoning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab sayyohlarning
ketidan poylab kelishardi. Ular yolg‘ondaka «orolcha»da
odamlar borligini ko‘rib qolib, qayiq ketidan quvishibdi. Yov-
voyilar daryoda suzishga shalola to‘sqinlik qilganini bilib, bu
odamlarni baribir qo‘lga tushiramiz, deb o‘ylashgan ekan.
Dik Send qutulish uchun chora yo‘qligini tushundi.
Ammo u, o‘zimni qurbon qilib bo‘lsa ham, yo‘ldoshlarimni
qutqazish yo‘li yo‘qmikan, deb o‘z-o‘ziga savol berdi. U hech
pinagini buzmasdan qayiq burnida xotirjam turar edi. U
miltiq o‘qtalib, yovvoyilarni o‘ziga yaqin yo‘latmas edi.
Yovvoyilar qayiqning o‘tdan qilingan niqobini tortib olib
tashlashdi. Ular qayiqda ko‘p odam bor deb o‘ylashgan
bo‘lsa kerak, faqat birgina odam borligini ko‘rib, qattiq
baqirib yuborishdi. Birdan yovvoyilardan bittasi daryo-
ning chap qirg‘og‘iga tomon qo‘lini uzatib, missis Ueldon
bilan Gerkulesni ko‘rsatdi.
U bechoralar esa bo‘layotgan voqeani ko‘rib, pa pirus
o‘simligi orasidan tashqariga chiqishgan edi.
Endi Dik Send o‘zini unutib, qanday qilib o‘rtoqlarini
qutqazish to‘g‘risida o‘ylar edi.
Yovvoyilar qayiqning quyruq tomoniga chiqib olish-
di-da, uni qirg‘oqdan itarib yuborishdi. Dikning qo‘lidagi
miltiq ularni hujum qilishdan to‘xtatib turar edi. Yov-
voyilardan biri quyruq eshkagini mohirlik bilan ishlatib,
qayiqni daryo ning oqimiga ko‘ndalang haydadi.
– Qochinglar! Missis Ueldon, qochinglar! – deb qich-
qirdi Dik Send.
Ammo na missis Ueldon, na Gerkules joyidan qimir-
lashmadi. Ular turgan joylarida qotib qolgan edilar.
Qochsinlarmi? Nimaga endi? Yarim soat ham o‘tar-
o‘tmas, yovvoyilar baribir quvlab yetib oladilar...
368
Jyul Vern
Dik Send buni tushundi. Ammo u o‘zini yaxshi ko‘rgan
odamini qutqazish yo‘lini topdi. U bir lahza ham ikkilanib
turmadi. Miltig‘idan mo‘ljalga olib, paqillatib o‘q uzdi. O‘q
tegib yorilib ketgan quyruq eshkagi o‘rtasidan sinib ketdi.
O‘takasi yorilayozgan yovvoyilar jon holatda baqirisha
boshladilar, o‘z mayliga qolgan qayiq to‘ppa-to‘g‘ri sha-
lolaga qarab oqib keta boshladi. Qayiq tez suzib ketdi,
hademay u tubsiz jarga otilib tushib ketadi, chunki sha-
lolaga yetishga ati gi yuz futcha qolgan edi.
Missis Ueldon bilan Gerkules voqeani tushunishdi.
Dik Send o‘z yo‘ldoshlarini o‘limdan qutqazib qolish
uchun yovvoyilar bilan birga o‘zini ham halok qilmoqchi.
Missis Ueldon bilan Jek Dik Sendga xayrlashuv salomi
yuborishdi. Gerkules noilojligidan Dik Send tomonga qo‘l
uzatar edi...
Xuddi o‘sha paytda yovvoyilar o‘zlarini suvga tashlab
so‘l qirg‘oqqa chiqib qutulmoqchi bo‘lishdi.
Dik Send ajal oldida ham esankirab qolmadi. Qa-
yiqning to‘nkarilib qolishi unda o‘limdan qutulish umidini
tug‘dirdi.
Shaloladan tushayotgna paytda uning uchun ik ki xil
xavf bor, birinchi xavf juda tez urayotgan shamolda na-
fasi bo‘g‘ilib qolishi bo‘lsa, ikkinchi xavf og‘iz-burniga suv
kirib ketishi edi. To‘nkarilgan qayiq uni ikkala xavfdan
ham saqlab qolishi mumkin edi. Ana shuning uchun
ham unda qutulish umidi bor edi!
Dik Send bularning hammasini ko‘z ochib-yumguncha
o‘ylab oldi. U qayiq tagiga sho‘ng‘ib kirdi-da, qayiq ichiga
o‘tirish uchun ko‘ndalang qoqilgan taxtaga yopishib,
boshini suvdan chiqarib oldi. Bir ondan keyin qayiq
shalolaga yetib keldi va o‘qdek otilib pastga tushib ketdi.
Qayiq shalola tagidagi girdobga tushib, uning tagida bir
aylandi-da, yana qalqib suv betiga chiqdi.
Usta suzuvchi Dik Send endi ajaldan qutulish yo‘lini
o‘zining qo‘l kuchlariga bog‘liq ekanini tushunardi... Suv
oqimi bilan chorak soat olishgandan keyin Dik daryoning
369
«O‘n besh yoshli kapitan»
chap qirg‘og‘iga chiqib ol di; missis Ueldon, Jek va Gerku-
les yugurishib uning oldiga keldilar.
Yovvoyilar quturib qaynayotgan suv ichida yo‘q bo‘lib
ketdi: hech qanday himoyasiz qolgan yovvoyilar girdob
tagiga tushmasdanoq halok bo‘lishgandi. Quturgan suv
oqimi ularning o‘ligini daryo chetidagi qirrali toshlarga
keltirib urdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |