370
Jyul Vern
Endi Dik Send bilan Gerkulesning kelajak taqdiri
to‘g‘risida nima desa bo‘larkin? Dik Send Ueldonlarga
o‘g‘il bo‘ldi, Gerkules esa oilaning eng yaqin do‘sti edi.
Jems Ueldon Dik bilan
Gerkulesdan cheksiz minnat-
dor edi.
Negoroning San-Fransiskoga kela olmagani juda yax-
shi bo‘ldi-da. Albatta, xotini bilan o‘g‘lini qutqazib olish
uchun mister Ueldon butun mol-mulkini ham ayamasdi.
U Markaziy Afrikaga uchib borar edi. Kim bilsin, u yoqdan
omon-eson
qaytib kelarmidi, yo‘qmi?
Benedikt tog‘a to‘g‘risida ham bir necha og‘iz so‘z aytib
o‘taylik. U San-Fransiskoga kelgan kuni Jems Ueldon bi-
lan shoshib-pishib ko‘rishdi-da, o‘z hujrasiga kirib ketdi.
Benedikt tog‘a «Benedikt oltioyoqlisi» haqida katta bir asar
yozishga shoshilar edi. Uningcha, bu asar entomologiya
fanida o‘zgarish yasashi lozim edi.
Hasharotlar bilan to‘lgan hujrasida u dastlab ko‘z-
oynagi bilan lupasini qidirib topdi... Ammo u sayohat-
dan olib kelgan birdan-bir afrika hasharotini astoydil
tekshirganidan keyin alamidan dodlab yubordi!
«Benedikt oltioyoqlisi» degani hech oltioyoqli emas
ekan! Bu oddiy bir o‘rgimchak ekan. Uning sakkiz oyog‘i
o‘rniga olti oyog‘i bo‘lishining sababi shuki, Gerkules uni
ushlayotgan paytda ehtiyotsizlik qilganidan oldingi ikki
oyog‘ini uzib qo‘ygan ekan. Shunday qilib, «Benedikt ol-
tioyoqlisi»ning fan uchun hech qanday qimmati yo‘q edi.
Bunday o‘rgimchaklar har qayerda to‘lib yotibdi. Buning
ustiga, u mayib edi!
Benedikt tog‘a bu alamga chiday olmasdan, qat tiq
kasal bo‘lib qoldi.
Xayriyatki, uni davolab tuzatishdi.
Uch yildan keyin kichkina Jek sakkiz yoshga to‘ldi.
U o‘qiy boshladi. Dik Send o‘z mashg‘ulotlari orasida bir
amallab vaqt topar va uning dars tayyorlashiga yordam
berardi. San-Fransiskoga qaytib ke lishi bilan xijolatda
qolgan Dik Send juda berilib o‘qishga kirishdi, chunki
birinchi marta o‘ziga ishonib topshirilgan kemani bilimi
371
«O‘n besh yoshli kapitan»
yetishmasligi sabab dan halok qilgani unga juda alam
qilar edi.
– Ha, – derdi u o‘z-o‘ziga, – agarda men haqiqiy den-
gizchi bilimiga ega bo‘lganimda, bunchalik yomon ho-
disalarga duchor bo‘lmasdim!
Dik Send shunday deb o‘ylar edi. O‘n
sakkiz yoshida
dengizchilik maktabini tamomlab, kapitan unvonini
olishi va Jems Ueldonning kemalaridan biriga kapitan
bo‘lishi ajablanarli ish emas edi.
Yosh bo‘lsa ham hamma uni hurmat qilar edi. U ham
botirligi, dadilligi, bardoshi va qat’iyligi
bilan shunga
loyiq edi.
Dik Send o‘ zining bo‘sh vaqtlarida keksa Tom, Bat,
Akteon va Ostinlarni o‘ylardi. Ularning baxtsizligi uchun
o‘zini aybdor deb hisoblar edi.
Missis Ueldon ham sobiq yo‘ldoshlarining og‘ir ahvolda
qolishlariga juda achinar edi. Ularni qidirib topish uchun
missis Ueldon bilan Dik Send yer-u osmonni to‘ntarib
yuborishga tayyor edilar. Pirovardida, Jems Ueldonning
savdogarlar bilan aloqasi yaxshi bo‘lishi orqasida, Tom
bilan uning sheriklari Madagaskar orolidan topildi. U
yerda ham quldorlik tezda bekor qilindi.
Dik Send ularni qutqazib olish uchun o‘zining bor-
yo‘g‘ini sarf etishga tayyor bo‘lsa-da,
lekin Jems Ueldonni
bunga ko‘ndirib bo‘lmadi.
Uning agentlaridan biri ularni qutqazib olib kel di.
1877-yil 15-noyabr kuni to‘rtta qora tanli odam Jems
Ueldonning eshigini taqillatdilar. Bular Tom, Bat, Akteon
va Ostinlar edi. Shuncha balolardan zo‘rg‘a qutulib kel-
gan bu bechoralar uchun yana bir yangi xatar bor edi,
chunki ularni do‘stlari o‘z quchog‘ida qisib o‘ldirishlari
ehtimol edi.
To‘rt negr kelgan kuni Jems Ueldon uyida katta ziyo-
fat bo‘lgani o‘z-o‘zidan ma’lum. Hammadan ham missis
Ueldonning, «o‘n besh yoshli kapitan» Dik Send sharafiga,
deb qadah ko‘tarishi zo‘r olqishlarga sazovor bo‘ldi.