O‘n to‘qqizinchi bob
«S» VA «V»
Gerkules eshkakni qattiq-qattiq eshib, qayiqni chap
qirg‘oqqa burdi. Xayriyat, daryoning havzasi shalolagacha
tekis bo‘lganidan, oqim hali hozircha tezlashgani yo‘q edi.
Chap qirg‘oq qalin o‘rmon ekan. O‘rmon ichida gi
qalin barglar tufayli pastga sira oftob nuri tushmaydi.
Odamxo‘rlar yashaydigan bu o‘rmonni ko‘rib Dik Send-
ning quti uchdi. Qayiq suzolmagani uchun sayyohlar
endi qirg‘oq yoqalab yurishlari kerak bo‘ladi. Shaloladan
o‘tib olguncha qayiqni yerda sudrab borish ham mumkin
emas, chunki buning uchun odam ko‘p bo‘lishi kerak.
Daryo etagidagi Portugal qishloqlariga bugunmi-erta
yetib olamiz deb umid qilib kelayotgan, azob tortgan
odamlarga bu naqadar qattiq zarba edi.
Qayiq daryoning chap labiga yaqinlashgan sari, Dingo
besaranjom bo‘la boshladi.
Dik Send itdan ko‘zini olmasdi, chunki uning bezovtala-
nishi biror xavf borligini bildirar edi. O‘rmonda yovvoyilar
bormikin yo yirtqich hayvonlarga yo‘liqarmikinmiz, deb
so‘rardi Dik Send o‘z-o‘zidan. Ammo u Dingoning boshqa
narsaga bezovta bo‘layotganini tezda tushunib qoldi.
– Dingo yig‘layotganga o‘xshaydi-ya! – deb qichqirdi
kichkina Jek.
Bola aqlli itning boshidan quchoqlab oldi.
Shu payt Dingo Jekning qo‘lidan chiqib, sakrab suvga
tushdi-da, qayiq qirg‘oqqa chiqqunga qadar o‘rmon ichiga
kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Dik Send bilan missis Ueldon nima deyishlarini bil-
may, bir-birlariga qarab qoldilar. Bir necha daqiqadan
keyin qayiqning tumshug‘i daryo chetidagi o‘simliklar-
ga kelib urildi. Odam kelayotganini ko‘rib cho‘chigan
ko‘kto‘rg‘oqlar bilan oppoq karkaralar qiy-chuv qilib
uchib ketdilar.
Gerkules qayiqni suv ustidan chiqib turgan terisimon
bargli mangfera daraxtiga mahkam bog‘lab qo‘ydi.
362
Jyul Vern
O‘rmon ichida so‘qmoq yo‘llar yo‘q. Ammo ko‘p joylarda
o‘tlarning bosilgani bu yerlardan yaqin o‘rtada odamlar
yoki yirtqich hayvonlar o‘tganini bildirar edi.
O‘qlangan miltiq ko‘targan Dik Send bilan qo‘liga bol-
ta ushlagan Gerkules eng oldinda borar edilar. Ular o‘n
qadam ham yurmasdan Dingoni ko‘rib qoldilar. Aqlli it
tumshug‘ini yerga qilib, vovillay-vovillay, qandaydir bir
iz ketidan chopib ketdi. Dingoning qiliqlariga tushunib
bo‘lmas edi.
– Hoy! – dedi Dik Send. – Missis Ueldon, siz Jekni
yetaklab oling! Benedikt tog‘a, zinhor orqada qolmang,
Gerkules, tayyor bo‘ling!
Dingo, go‘yo tezroq yuringlar degandek qilib, bir orqa-
siga aylanib qarar, bir xovliqib vovillar edi. Keyin u bir
keksa anjir daraxti tagida to‘xtab qoldi.
Anjir tagida bir yoqqa qiyshayib qolgan eski hujra bor
edi. Dingo hujra eshigi yoniga kelib, g‘ingshib vovilladi.
– Hoy, kim bor bu yerda? – deb baqirdi Dik Send.
Javob bo‘lmaganidan keyin, ichkariga kirdi.
Missis Ueldon bilan boshqalar ham uning keti dan
ichkariga kirishdi.
Hujra ichida suyaklar sochilib yotardi.
– Biror odam o‘lgan ekan, – dedi missis Ueldon.
– O‘sha odamni Dingo bilar ekan! – deb unga qo‘shildi
Dik Send. – U odam Dingoning egasi bo‘lsa kerak. Iye,
buni qaranglar, buni qaranglar!.. – dedi-da, u hujraning
bir devori xizmatini qilib turgan anjir daraxtini ko‘rsatdi.
Po‘stlog‘i shilingan daraxtga qizil bilan yozilgan ikkita
katta harf ko‘rinib turardi.
Dingo bu harflarni sayyohlarga ko‘rsatmoqchidek
bo‘lib panjalarini daraxtga tirab turardi.
– «S» bilan «V»! – deb baqirib yubordi Dik Send. – Din-
goning tanigan harflari. Xuddi uning bo‘yinbog‘idagi
harflarning o‘ziginasi-ya!
Dik birdan jim bo‘lib qoldi. U yerga engashdi-da,
burchakda zanglab yotgan mis qutichani oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |