Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

363
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik uni ochgan edi, undan bir qog‘oz parchasi chiqdi. 
Dik unda yozilgan xatni o‘qib berdi:
«Bu yerda, Zair daryosi bo‘yida, dengiz qirg‘og‘idan 120 
mil joyda, yo‘l boshlovchi Negoro meni qattiq yarador qilib, 
bor-yo‘g‘imni talab ketdi. 1871-yil 3-dekabr. 
S. Vernon».
Bu xatdan hamma sir ma’lum bo‘ldi. Markaziy Afrikani 
tekshirish uchun safarga chiqqan Samuel Vernon, yo‘l 
boshlovchi qilib Negoroni oladi. Sayyohning yonidagi ko‘p 
pul ablah portugaliyalikni qiziqtiradi. U bu pulni qo‘lga 
kiritmoqchi bo‘ladi. Samuel Vernon Kongo daryosiga 
yetib olib, shu hujrada tunaydi. Negoro, uni qattiq yara-
dor qilib, bor-yo‘g‘ini talab, portugal qishloqlariga qochib 
ketadi. Biroq u yerda uni qul savdogari Alvetsning agenti 
bo‘lgani uchun qamoqqa olishadi. Keyin uni San-Paolo de 
Loandada sud qilib, mustamlakalarning birida umrbod 
og‘ir surgunga hukm etishadi. Undan keyin nima bo‘lgani 
bizga ma’lum: Negoro bir amallab katorgadan qochib, 
Yangi Zelandiyaga boradi va unda «Piligrim» ke masiga 
oshpaz bo‘lib xizmatga kiradi.
Negoro uni o‘ldirib qochib ketganidan keyin bu 
hujrada nima hodisalar bo‘lgan ekan? Buni aniqlash 
qiyin emas edi. Bechora Vernon o‘lishdan oldin, o‘zini 
o‘ldiruvchini fosh qiladigan xat yozib qoldiradi. U bu 
xatni Negoro o‘g‘irlab qochgan pullardan bo‘shagan mis 
qutichasiga solib qo‘yadi. Keyin u bor kuchini sarf qilib, 
ism-familiyasining bosh harflarini o‘z qoni bilan daraxtga 
yozadi. Dingo bu harflar oldida uzoq vaqt o‘tirgan bo‘lsa 
kerak, bu harflarni yaxshi tanib oladi. Keyin u egasinig 
o‘lib qolganini fahmlab, dengiz bo‘yiga jo‘naydi. U yerda 
Dingoni «Valdek» kemasining kapitani topib oladi. «Pi-
ligrim» kemasida Dingo yana Negoro bilan uchrashadi.
Dik Send shunday deb o‘ylagan edi, chindan ham 
shunday bo‘lsa kerak.


364
Jyul Vern
Bu vaqt ichida sayyohning suyaklari Afrikada ko‘mil-
may ham yotadi, vafodor itidan boshqa hammaning 
esidan chiqib ketadi.
Dik sho‘rlik sayyohning suyaklarini ko‘mmoqchi bo‘lib 
turganida, Dingo qattiq vovillab xujradan chopib chiqib 
ketdi. Shu on tashqaridan dod degan ovoz eshitilib qoldi. 
Ehtimol, Dingo bitta-yarimta odamga tashlangan bo‘lsa 
kerak.
Gergules uning ketidan chopdi. Sayyohlar tashqariga 
otilib chiqsalar, yerda bir odam yotibdi. Dingo uning bo‘g‘zi-
ga yopishibdi, odam esa qo‘llari bilan uni o‘zidan itarmoqda.
Bu odam Negoro edi.
U Amerikaga jo‘nayotgan paroxodga tushmoq uchun 
Kongo daryosining etak tomoniga kelayot gan ekan. 
Negoro soqchilarini nariroqda qoldirib, unga ishongan 
Vernonni o‘ldirgan joyiga kelgan edi.
Shunday qilib, Negoroning bu yerga kelishi sababsiz 
emas edi. Sayyohlar anjir daraxti tagidagi yangi kavlan-
gan chuqurni ochib qarashsa, undan bir hovuch fransuz 
tilla puli chiqdi.
Negoro Samuel Vernonni o‘ldirganidan keyin, bir vaqti 
kelib olib ketarman deb, Vernondan o‘g‘irlagan pullarni 
yerga ko‘mib ketgan ekan. Portugaliyalik endi kelib o‘z 
jinoyatining natijasida qo‘lga kiritgan puldan foydalanay 
degan payt da, Dingo uning bo‘g‘ziga yopishadi.
Negoro it bilan olishayotgan vaqtda belidagi pichog‘ini 
chiqarib olib, Dingoning ko‘kragiga sanchadi. Xuddi o‘sha 
paytda Gerkules chopib kelib:
– Ha, ablah! Qo‘limga tushding-ku! Seni endi o‘z qo‘lim 
bilan bo‘g‘ib o‘ldiraman! – deb unga oxirgi gapini aytib 
qoldi.
Ammo Gerkules kechikdi; hamma yog‘i qonga be-
langan Dingo bor kuchi bilan yopishib, o‘tkir tishlari 
bilan Negoroning bo‘g‘zidan tomirini uzib tashladi. Keyin 
vafodor it zo‘rg‘a sudralib Samuel Vernon o‘lgan joyga 
bordi-da, o‘sha yerda jon berdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish