O‘n sakkizinchi bob
TURLI VOQEALAR
Qayiq daryo oqimi bilan yana sakkiz kun suzib bordi.
Bu kunlarda hech qanday qiziq voqealar bo‘lmadi. Daryo
uzoq vaqt juda go‘zal o‘rmonlar orasidan o‘tib bordi. Keyin
o‘rmon tugadi, uning o‘rniga daryoning har ikki tomonida
cheksiz chakalakzorlar boshlandi.
Bu yerlarda ham odamlar yashamaydiganga o‘xshay-
di. Albatta, Dik Send uchun bu hol qaytaga yaxshi edi.
Odamlar o‘rniga o‘simliklar orasida kiyiklar juda ko‘p edi.
Kechasi bu yuvosh maxluqlar g‘oyib bo‘lib, ular o‘rniga
arslonlar bilan yo‘lbarslar paydo bo‘lardi. Lekin sayyohlar
shu mahalgacha na daryo yirtqichlariga va na o‘rmon
yirtqichlariga ro‘para kelmadilar.
Dik har kungi tushki ovqatdan keyin qayiqni goh
o‘ng qirg‘oqda, goh chap qirg‘oqda to‘xtatib, quruqlikka
chiqar edi.
Sayyohlar oziq-ovqat g‘amlab olishi kerak edi. Bunday
yovvoyi yerlarda yerlik xalq yeydigan me va ham, manioka
ham, no‘xat ham va jo‘xori ham yo‘q edi. Bu o‘simliklar
bu yerlarda o‘ssa ham, lekin yovvoyi holda bo‘lib, ularni
353
«O‘n besh yoshli kapitan»
yeb bo‘lmasdi. Miltiq ovozini yerliklar eshitib qolishiga
qaramas dan Dik Send ov qilishga majbur edi.
Sayyohlar anjir yog‘ochi ichiga chuqur yasab, unga
qo‘yilgan tayoqni pirillatib aylantirib o‘t chiqarar edilar.
Ular buni yovvoyilardan o‘rgangan edilar. Keyin bu
gulxanda birato‘la bir necha kunga yetadigan qilib kiyik
go‘shtini pishirar edilar.
4-iyul kuni Dik kama deb ataladigan kiyikni bir
otishda qulatdi. Kama kiyigining kallasi uzunchoq, kalta
shoxchalari orqaga qayrilgan bo‘ladi. Oldindan qara-
ganda kamaning kallasi lotincha «V» harfiga o‘xshaydi.
Sayyohlar kamaning go‘shtini yegach, juda shirin ekan,
deb maqtashdi.
Har kuni kechasi dam olish va ov qilish uchun ko‘p
to‘xtashgani sababli, 8-iyulgacha qayiq ati gi yuz milcha
yo‘l bosdi. Ammo Markaziy Afrika sharoitida yuz mil ha-
zilakam yo‘l emas. Dik uzundan-uzoq ko‘ringan bu daryo
bizni qayoqqa olib borarkan, deb o‘ylay boshladi. Shu
mahalgacha unga bir necha mayda tarmoqlargina kelib
qo‘shildi. Daryoning kengayayotgani ham sezilmaydi.
Boshda daryo to‘ppa-to‘g‘ri shimol tomonga oqayotgan
bo‘lsa, endi shimoli-g‘arb tomonga buril di.
Daryo ham sayyohlarni oziq-ovqat bilan ta’min qilib
turdi. Ular qarmoq o‘rniga uzun lian o‘simligining nov-
dasi uchiga tikanak qadab suvga tashladilar. Shunday
qilib, yo‘lovchilar sanjika degan yumshoq etli maya baliq
va qotirib qo‘yilsa uzoq saqlanadigan uzaka degan baliq
hamda seld balig‘iga o‘xshash mayda dagala balig‘ini
tutardilar.
9-iyul kuni mard Dik Send yana bir imtihondan o‘tdi.
Yigit qirg‘oqda o‘zi yolg‘iz edi. U qalin o‘tlar orasida shox-
lari ko‘rinayotgan bir kama kiyigini otaman deb mo‘ljallab
yotib edi, u otib yuborishi bi lan undan o‘ttiz qadamcha
narida, qayerdandir ikkinchi bir ovchi paydo bo‘lib qoldi.
U ham o‘sha kiyikning payidan ekan. Turishiga qaragan-
da u kiyikni tutmoqchi edi.
354
Jyul Vern
Bu – bo‘yi kamida besh fut keladigan massay arsloni
edi. U bir sakrab Dik Send otib yiqitgan kiyik yoniga borib
qoldi. Yirtqich hayvonning og‘ir panjasi ostida qolgan
bechora maxluq tipirchilar edi.
Dik Sendning miltig‘ida o‘qi yo‘q edi. U miltig‘ini o‘qlab
olguncha, arslon uni ko‘rib qoldi.
Dik Send, bunday hollarda qimir etmay jim turishdan
yaxshisi yo‘qligini bilib, qotib turardi. U qochmadi ham,
miltig‘ini o‘qlamadi ham.
Arslon qon aralash mushuk ko‘zlari bilan Dikni ku-
zatar edi. Yirtqich ikki g‘animatdan birini: pan jasi ostida
yotgan kiyikni yoki oldida qotib turgan odamni tanlasam-
mikan deb xayol surib turganday edi.
Shu holda ikki daqiqa vaqt o‘tdi. Arslon Dikka qarar,
Dik arslonga qarar, Dik hatto ko‘zini pirpiratmas ham edi.
Nihoyat, arslon birini tanladi. U xuddi sichqon tutgan
mushuk singari, o‘takasi yorilgan kiyikni tishlab chan-
galzor ichiga kirib ketdi.
Dik Send ehtiyotdan yana birpas jim turib keyin
hamrohlari oldiga keldi. U hatto hozir qan day xatardan
qutulganini hech kimga aytmadi ham. U faqat, agar
sayyohlar daryoda suzmasdan, yirtqich hayvonlar to‘lib
yotgan o‘rmon va tekislikdan yurib borganida, hech kim
tirik qolmas ekan, deb o‘yladi.
Daryo bo‘ylarida odam yo‘qqa o‘xshaydi. Lekin hamma
joyda ham shunday emas. Goh sayyohlar qishloq nisho-
nalarini ham ko‘rar edilar. Sutli o‘simliklar orasidagi
xarobalarni ko‘rgan tajribali sayyoh bu yerda bir vaqtlar
qishloq bo‘lganini va katta anjir daraxti – yerliklarning
muqaddas sanami ekanligini darrov fahmlab olardi. Afri-
kadagi ko‘p qabilalarning odatiga ko‘ra, oqsoqollari o‘lgan-
dan keyin butun qishloq boshqa joyga ko‘chib ketar ekan.
Ehtimol, bu yerdagilarda ham Markaziy Afrikaning
boshqa viloyatlaridagi singari uy qilmasdan, yerto‘la-
da yashovchi qabilalar bo‘lsa ke rak. Bu yovvoyilar eng
kam taraqqiy qilgan odamlardir. Ular yovvoyi hayvonlar
sungari, inlaridan kechalarigina chiqadilar va yirtqich
Do'stlaringiz bilan baham: |