Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

374
Jyul Vern
Jyul Vernning zo‘r yozuvchilik faoliyati hamda fan va 
texni kaning barcha sohalaridan keng bilim egasi bo‘li-
shi zamondoshlarini shu qadar hayratga solib qo‘ygan 
ediki, matbuotda yozuvchi to‘g‘risida har xil afsonalar 
to‘qiy boshladi lar. Hech qanday Jyul Vern degan odam 
yo‘q, bunchalik ko‘p va turli-tuman kitoblarni yozish bir 
kishining qo‘lidan kelmaydi.
Jyul Vern nomi ostida butun bir naturalist yozuvchilar 
va sayohatchilar jamiyati ish ko‘rayotgan bo‘lsa kerak, 
degan mishmishlar tarqaldi.
Ko‘p kishilar, Jyul Vern ko‘p yillar uzoq joylarni sayo-
hat qilgan, romanlarida u o‘z sarguzashtlarini yozayotgan 
bo‘lsa kerak, deb qattiq ishonardilar. Ba’zi bir kishilar esa, 
Jyul Vern yaqin o‘tmishda «Sen-Mishel» degan kemada 
dengiz va okeanlarni aylanib chiqqan jasur kapitan bo‘lgan 
edi, deb da’vo qildilar va hokazo.
Ammo jurnalistlarning behuda safsatalariga javob 
berib o‘tirish uchun yozuvchining vaqti yo‘q edi. Jyul Vern 
bir necha yillik ijodiy ishlarni oldindan o‘ylab qo‘yadigan 
kishi edi.
U texnika va tabiiyot-geografiya sohasidagi hamma 
yangiliklarni astoydil kuzatar, o‘zining juda katta kar-
totekasini eng so‘nggi ixtirolar va ilmiy kashfiyotlar bilan 
muttasil to‘ldirib borar edi.
Jyul Vern turli-tuman geografiya xaritalari osig‘liq ish 
kabinetida yozuv stoli oldida uzoq vaqtlar ishlab o‘tirgani 
o‘tirgan edi.
Jyul Vernning qahramonlari sayohat qilishar, bu-
lutlarning ust-ustlariga chiqib ketishar, Yerning marka-
ziga tushib ketishar edi, Jyul Vern esa Parijdan uch 
soatlik yo‘ldagi bir uyezd shaharchasi – Am’endagi uyidan 
chiqmay o‘tirar edi. Lekin yozuvchi dam olish uchun 
ba’zi-ba’zidagina «Sen-Mishel» nomli yelkanli kemada oz-
moz sayo hat qilib qaytar edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida, Jyul Vern o‘z ro manlarini 
yozayotgan bir davrda kapitalistik mamlakatlar yangi 
bozorlar va yangi xomashyo manbalarini qo‘lga kirgizish 
uchun, mustamlakalardagi mulklarini kengaytirish uchun 


375
«O‘n besh yoshli kapitan»
kurashni qizitib yuborgan edilar. Mehnatkashlar bilan 
kapitalistlar o‘rtasida, oz sonli hukmron millatlar bilan 
mustamlaka va qaram mamlakatlardagi qul qilingan 
xalqlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kuchayib ketdi.
Moliya va sanoat sohiblari qo‘lga kiritgan boyliklariga 
qanoat qilmasdan, yangi bosqinchilik urushlariga tayyor-
garlik ko‘ra boshladilar.
Jyul Vern siyosatdan uzoq turadigan hamda ijtimoiy 
hayotning kundalik masalalaridan o‘zini chet ga oladigan 
kishi emas edi. Holbuki, chet el tanqidchilari odatda 
mashhur yozuvchini o‘z romanlari bilan kitobxonlarni 
haqiqiy hayotdan chetga olib chiqib ketadigan allaqan-
day tentaknamo bir xayolparast qilib ko‘rsatishga uri-
nib kelganlar. Haqiqatda esa Jyul Vern asarlari orasida 
zamonasidagi siyosiy voqealar bilan birmuncha bog‘liq 
bo‘lmagan bironta ham asar bo‘lmasa kerak.
Mustamlakachilar iskanjasi ostida ingrab yot gan maz-
lum xalqlarga nisbatan Jyul Vernning mehr-muhabbatli 
juda baland edi. Yozuvchi xalqlar o‘rtasida tinchlikni 
buzuvchi hamda adolatsiz, bosqinchilik urushi chiqaruv-
chi davlatlar to‘g‘risi da g‘azab bilan gapiradi.
To‘g‘ri, Jyul Vern o‘z zamonasidagi ijtimoiy qarama-qar-
shiliklarni aniq va ravshan tushunib yeta olmagan edi; 
hamma ijtimoiy falokatlar, qonli urushlar va xalqlarni ezish 
manbai yozuvchiga tuyulganidek, ayrim davlat arboblari 
va hukumatlarning shunchaki yovuz niyati emas, balki 
mavjud tuzumning hukmronligi ekanligini tushuna olmadi.
Bir qancha romanlarida qahramonlarining janu biy 
kengliklardagi sarguzashtlarini tasvirlar ekan, Jyul Vern 
mustamlaka mamlakatlardagi yerlik xalqlarning naqadar 
ayanch bir ahvolda ekanliklarini o‘zining yosh kitobxon-
lariga ko‘rsatib o‘tishni hech qachon unutmaydi. Jyul 
Vernning ko‘p ro manlarida uning butun ijodi davomida 
jaranglab turuvchi asosiy ijtimoiy mavzu – shu behisob 
xalqlarning qullikda yashashi to‘g‘risidagi mavzudir.
«O‘n besh yoshli kapitan» shunday romanlardan biridir; 
adib bu romanda irqiy zulmga keskin ravishda qarshi 
chiqadi. Bu kitob o‘zining jozibadorligi, syujetining qiziqli-



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish