377
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Sendning xarakteridagi eng yaxshi xislatlar –
g‘ayrat, iroda kuchi, jasorat,
sabot va mato nat, adolat
va olijanoblik xislatlari uni Jyul Vernning eng sevgan va
sodda qahramonlaridan biri qilib qo‘yganligi bejiz emas.
Jyul Vernning boshqa romanlaridagi kabi «O‘n besh
yoshli kapitan»ida ham biz juda ko‘p va turli-tuman ilmiy
ma’lumotlarni uchratamizki, bular hikoyaning umumiy
jozibadorlik kuchini hech bir kamaytirmaydi. Masalan,
entomologiya sohasidan qiziq ma’lumotlar, dengizchilik
ishidan, kit ovlash kasbidan ma’lumotlar,
tropik Afrika-
ning o‘simliklari va hayvonot dunyosining chiroyli tasviri
va jumladan, qirchumolilarning hayoti haqida Benedikt
tog‘aning leksiyasi va hokazolar.
Bu romanning eng muhim vazifalaridan biri (ju da ham
qadim zamondagi emas, balki XIX asrning yetmishinchi
yillaridagi) dahshatli qul savdosi to‘g‘risida, bosib olgan
joylariga o‘zlari bilan birga o‘lim
va qullik keltiruvchi oq
«sivilizatorlar»ning negr qabilalarini qirib yuborayotgan-
liklari to‘g‘risida kitobxonlarga haqqoniy bir tushuncha
berishdan iboratdir.
Jyul Vern o‘z g‘azab va nafratini yashirmay, qul sav-
dogarlarining dahshatli yovuzliklarini tasvirlabgina qol-
masdan, balki yevropaliklar tomonidan bu boy qit’ani
topish va mustamlaka qilish tarixiga, XV asrdan boshlab
to shu roman yozilgan 1878-yillargacha bo‘lgan davrga
oid epizodlarni ham yo‘l-yo‘lakay tasvirlaydi.
«O‘n besh yoshli kapitan»
romanida Livingston, Kame-
ron, Stenli va shu kabi boshqa tekshiruvchi-sayyohlarning
Janubiy Afrikaga qilgan sayohatlari tarixiga anchagina joy
berilgan. 1873-yilning 1-mayida Bangveolo ko‘li qirg‘oqla-
rida vafot etgan Livingstonning fojiali qismati romandagi
voqealarning borishi bilan bevosita bog‘langan.
Shafqatsiz ablah qul savdogarlari – portu galiyalik
Negoro va Koimbra, o‘z xalqiga xiyonat qilgan negr Al-
vets, amerikalik Gerris va
arab Ibn Homislarning yovuz
basharalari muallif tomonidan o‘ylab chiqarilgan narsalar
emas. Afrikadagi qul oldi-sotdisining o‘zi Jyul Vern kabi
378
Jyul Vern
yozuvchining ham juda joy xayolidan oshib tushadigan
voqeadir.
Afrikani mustamlaka qilish kabi vahshiyona tadbirlar-
ning bariga tarix guvoh. Shuni aytib o‘tish kerakki, qul
savdogari Alvetsning siymosi uydirma obraz emas. O‘n
minglab odamlarning qirilib ketishiga sababchi bo‘lgan
Alvets haqiqatda o‘tgan odam. Bu ablah to‘g‘risida ma’lu-
motni Jyul Vern sayyoh Kameronning «Yer yuzi» nomli
kitobidan olganligini o‘zi ko‘rsatib o‘tadi...
Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan»i bosilib chiqqa-
nidan beri yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tdi.
Jyul Vernning XIX asrdagi
mustamlaka xalqlarining
og‘ir ahvolini haqqoniy ravishda tasvirlab bergan «O‘n besh
yoshli kapitan» romani kitobxonlarimizda imperialistik
tuzumga nisbatan nafrat tuyg‘usini, hozir o‘z qonuniy
huquqlari uchun kurash olib borayotgan xalqlarni hur-
matlash tuyg‘usini tarbiyalashga yordam qiladi.
Tarjimondan