Zamonaviy jamiyatda odamlar kamdan-kam holatda qullik hodisasini eslashadi



Download 63,5 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2022
Hajmi63,5 Kb.
#513213
  1   2   3
Bog'liq
Qullik


Zamonaviy qulchilik, qullik va odam savdosi muammosi
Maqola rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning yashirin iqtisodiyotida mavjud bo'lgan, qulchilikning tahliliga bag'ishlanadi. Muallif tomonidan ushbu hodisaning sabablari va undan qutilishning usullari o'rganiladi. Xalqaro tashkilotlar va hukumatlarning zamonaviy qullik va odam savdosiga qarshi kurash jarayoni yoritiladi. Kalit so'zlar:
Zamonaviy qulchilik, qullik, odam savdosi, yashirin iqtisodiyot, qora bozor, majburiy mehnat, majburiy nikoh, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, BMT
KIRISH
Zamonaviy jamiyatda odamlar kamdan-kam holatda qullik hodisasini eslashadi.. Ushbu muammo hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida va ilmiy adabiyotlarda kam yoritilmoqda. Biroq, Jahon bankining zamonaviy qullchilik haqidagi hisoboti, bu muammoning hali hamon dolzarbligini va chuqur ilmiy tahlilga muhtojligini ko’rsatdi. Jahon bankining hisobotiga ko’ra, jamiyat rivojlanishi bilan qullik yo’q bo’lib ketmagan, aksincha u yangicha shakllarni olgan xolos.
Ushbu tadqiqot Jahon Bankining, Xalqaro Mehnat Tashkilotining va Xalaqaro Migratsiya Tashkilotining quyidagi hisobotlariga asoslanadi: “Global estimates of modern slavery: forced labour and forced marriage” 2017, “Profits and Poverty: The Economics of Forced Labour” 2014, “Managing Risks Associated with Modern Slavery: A Good Practice Note for the Private Sector” 2018.
Tadqiqot metodologiyasi zamonaviy qullik kontsepsiyasini tahlil qilish, o’rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib berishni o’z ichiga oladi. Keyin qullik bo’yicha global ko’rsatkichlar tahlil qilinadi, ularning dolzarbligi va samaradorligiga baho beriladi. Bundan tashqari, zamonaviy qulchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiyatlari, o’ziga xosligi o’rganiladi. Xulosada esa zamonaviy qulchilikka qarshi kurashning amaldagi mavjud usullari tahlil qilinadi,
Zamonaviy qulchilik, ko’p hollarda, hukumatlari bu muammoni mustaqil bartaraf etolmaydigan iqtisodiy qoloq mamlakatlarda kuzatiladi. Afsuski, rivojlangan davlatlarda ham odam savdosiga qarshi kurash (shuningdek noqonuniy ekspluatatsiya) amaliyoti to’liq darajada yaratilmagan. Odatda mamlakatlarda qullikka ( xususan, odam savdosiga) qarshi moliyalashtirilishi o’ta cheklangan bitta yoki bir nechta tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ushbu maqola o’z oldiga, qullik muammosini mavjudligini xalqaro darajada tan olinishini va zamonaviy qulchilikka qarshi kurashadigan davlarlararo tizimni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan.

Zamonaviy qullik tushunchasi


Zamonaviy qulchilik - keng tarmoqli tushuncha bo’lib, uning tarkibiga qullik, zo’rlab ishlatish, majburiy mehnat va odam savdosi kabi jinoyatlar kiradi.1
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1930-yildagi “Zo’rlab ishlatish va majburiy mehnat to’g’risidagi” konvensiyasining 2-moddasida ko’ra zo’rlab ishlatish va majburiy mehnat deb shaxs ixtiyoriy ravishda o’z xizmatlarini taklif etmasdan, balki qandaydir jazo tahdidi ostida bajargan ishi yoki xizmatiga aytiladi. Ushbu konvensiya yana shuni ta’kidlaydiki, harbiy xizmat, urush davridagi harbiy harakatlar qatnashish, favqulotdagi vaziyat va mayda xarakterdagi jamoatchilik ishlari majburiy majburiy mehnat emas, balki fuqarolik burchi deb hisoblanishi kerak degan.2. XMTning klasifikatsiyasiga ko’ra majburiy mehnat 3 turga bo’linadi: davlat tomonidan belgilanadigan, majburiy ekspluatatsiya va majburiy jinsiy ekspluatasiya.
Odam savdosi ko’p hollarda, keyinchalik shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi. BMTning 2000-yildagi “Odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini oldini olish, to’sqinlik qilish va jazolash to’g’risidagi protokoliga” ko’ra odam savdosi deb odamlarni ekspluatatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan yollash, tashish, o’tkazish, yashirish va odamlarni boshqa usullar bilan qabul qilish ( tahdid qilish yoki kuch ishlatish, o’g’irlik, firibgarlik, aldash)ga aytiladi. Bundan tashqari, yuqorida ko’rsatilgan ta’sir vositalari orqali oldindan rejalashtirilgan ekspluatatsiyaga shaxsning roziligini olish sodir etilgan qilmishni noqonuniyligiga olib keladi.3
1926-yildagi Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan “Qullik to’g’risidagi konvensiyasiga” ko’ra qullik deb shaxsning kimdir yoki kimlardir tomonidan erkinlik, mulk va shunga o’xshash ajralmas huquqlarini cheklanishiga aytiladi.4 BMTning 1956 yildagi Qo’shimcha konvensiyasiga muvofiq shaxs qarzdorligi sababli yoki majburiy nikoh tufayli boshqa kishiga qaram bo’lib qolishi ham qullikka tenglashtirilgan.5

Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish