1-ilova
1.Sa’nat markazi haqida tushuncha bering.
2. Sa’nat markazi qanday tashkil etiladi?
3.Sa’nat markazida qanday usullardan foydalanilgan holda mashg’ulotlar o’tish mumkin?
4. Sa’nat markazida bajariladigan ishlarga qo’yiladigan didaktik talablar.
5. Ushbu markaz bolalarga quvonch, hayajonlanish baxsh etadi, turli funksiyani bajaradi, biroq bolalarni ijodkorligi, qiziquvchanligi, tasavvuri va tashabbusi ozuqa beradi. Qaysi markaz?
6.Sa’nat markaziga doir faoliyat ishlanma qanday tashkil etiladi?
2-ilova
FSMU: «Turli yosh guruhlarida “Musiqa va ritmika markazini” qanday tashkil etish mumkin?»
FIKRingizni bayon
eting:
|
…
|
Fikringizning bayoniga SABAB ko’rsating:
|
…
|
Fikringiz isbotlashga MISOLkeltiring:
|
…
|
Fikringizni umumlashtiring
|
|
2-ilova
15- Mavzu:Musiqa va ritmika markazi.
REJA:
1.Musiqa va ritmika markazi tashkil etish.
2.Musiqa va ritmika markazida mashg’ulot tashkil etish.
Musiqa va ritmika markazi tashkil etish.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.Bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqatarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1.Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish.
2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil etish yo‘libilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.
3.Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilantanishtirish, musiqa tinglash, ashula aytish, musiqabilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib borish.
4.Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashulaaytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil etish,qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish.
5.Musiqa asaralaridan ta’sirlanish, shu asosdabolalarda musiqaviy did va badiiy muhokama yuritishmalakalarini rivojlantirish.
6.Turli musiqa mashg‘ulotlari jarayonidaimprovizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o‘yinva xor ovozlar vositasida ifoda etish, ma’lum musiqaviy
mavzuga yangi o‘yin o‘ylab topish.
7.Musiqaviy tarbiya mashg‘ulotlarini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan turlimashg‘ulotlarda va marosimlarda o‘rganilgan kuy vaqo‘shiqlardan keng foydalanish, turli ertaliklar,konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalikhayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqidabolalarda tushuncha hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |