Vitaliy Bianki hikoyalar: O’rmondagi sarguzashtlar. Sirli tun qaroqchisi



Download 25.8 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi25.8 Kb.
Vitaliy Bianki hikoyalar: O’rmondagi sarguzashtlar.

Sirli tun qaroqchisi.

O’rmonda sirli tun qaroqchisi paydo bo’ldi.O’rmon jonivorlari tashvishlana boshlashdi.

Har kecha bir nechta yosh quyon yoqolardi.Kechalari bug’ichalar, buldiriq qushlar, erkak va makiyon qurlar, quyonlar va olmaxonlar doimo xovotirda edi.Na butoqdagi qushlar na daraxtdagi olmaxonlar na yerdagi sichqonlar qayoqdan xujum bo’lishini bilishmasdi.Sirli qotil goh o’t , goh buta ichida, goh daraxt ustida to’satdan paydo bo’lib qolardi.Balki u bitta emas, butun bir qaroqchilar to’satdan iboratdir.

Bundan bir necha kun oldin tunda ota -ona bug’i va ikkita bug’icha yalanglikda o’tlab yurardi. Ota bug’i butazordan sakkiz qadamcha narida qorovullikda turar, yalanglik o’rtasida esa ona bug’i bolalari bilan o’tirardi. Birdan butazordan shubhali qoramtir narsa to’ppa to’g’ri ota bug’i beliga sakradi. Bug’i quladi. Ona bug’I bug’ichalari bilan o’rmonga qochdi. Ertalab ona bug’i bolalari bilan yalanglikka kelganda ota bug’idan shox va tuyoqlargina qolibti. Kecha tunda esa losga xujum qilindi. U o’rmon ichkarisida yurardi. Daraxt butog’ida g’alati dumbaygan narsani ko’rib qoldi. O’rmon paxlavoni nimadan xam cho’chirdi? Uning shunaqa shoxlari borki,xatto unga ayiq xam xujum qilishga botinolmaydi.Los o’sha daraxt tagiga kelib butoqdagi dumbaygan nima ekanini bilmoqchi bo’lgandi. Shu payt gardaniga daxshatli bir narsa kelib tushdi, uning og’irligi , bemalol o’ttiz kilogrammcha kelardi.Los bu kutilmagan xoldan juda qo’rqib ketdi. Ammo u boshini qayirib shoxlari bilan belidan qaroqchini uloqtirib tashladiyu orqasiga qaramay tiraqaylab qochdi. Los tunda unga nima xujum qilganini bilolmadi. O’rmonimizda bo’rilar yo’q, bo’lganda xam ular daraxtga chiqisholmaydi. Ayiq esa bu paytda changalzorga kirib ketgan. U xozir tullayapti, bundan tashqari , uxech qachon daraztdan losning gardaniga chakramaydi. Bu sirli qaroqchi nina bo’ldi ekan? Xozircha no’nalum.



Qotil nima edi?

Bugun kechasi o’rmondagi daraxtda olmaxon o’ldirildi. Qotillik yuz bergan joyni ko’zdan kechirdik, daraxt tanasi va yerdagi izlarga qarab, yaqinda yovvoyi bug’ini o’ldirgan va butun o’rmonga dahshat solayotgan qotil nimaligini aniqladik. Tirnoqlari izidan, uning shimoliy o’rmonlarimiz qoploni- vaxshiy o’rmon mushugi- silovsin ekanini bilib oldik. Mushukchalari katta bo’lib qolgan, endi ona silovsin bolalari bilan butun o’rmonni kezar daraxtlarga chiqardi. U tunda xuddi kunduzgidek yaхshi ko’rardi. Kechqurun yaxshilar yashirinib olmagan jonivorning sho’ri quriydi!



Ayiqchalarni cho’miltirish

Tanishimiz bo’lgan o’vchi o’rmondagi daryo yoqalab ketayotgan ekan, Birdan butalar kirsillaganini eshitib qoldi. U qo’rqib daraxtga chiqib oldi. Changalzordan kattakon qo’ng’ir ayiq , u bilan ikkita sho’x ayiqcha va bir yoshli o’g’li – enaga ayiq-pestun chiqib keldi.Ona ayiq cho’nqaydi. Pestun bitta ayiqchaning bo’ynidan asta tishlab oldida daryoga tushirib suvga pisha boshladi.Ayiqcha chiyillab tipirchiladi, ammo pestun yaxshilab yuvintirib olmaguncha uni qo’yib yubormadi. Ikkinchi ayiqcha esa sovuq vanna olishdan cho’chib o’rmonga qochmoqchi bo’ldi.Pestun uni quvib yetdi, shapaloq bilan siyladi, keyin xuddi birinchisidek bu ayiqchani ham suvga tushirdi.Uni yuvintira yotib ,beixtiyor suvga tushirib yubordi. Ayiqcha shunaqayam chinqirdiki! Ona ayiq shu zahoti suvga sakrab cho’kayatgan ayiqchani qirg’oqqa olib chiqdida- enaga ayiqning boplab tazirini berdi. Bechora og’riqdan chinqirib yubordi. Ayiqchalar o’zlarini yana quruqlikda ko’rib maza qilib cho’milishganidan juda xursand bo’lishdi: axir , jazirama kunda qalin va paxmoq po’stinda rosa isib ketishgandida muzdek suv ularni tetiklantirib yuborgandi, cho’milib bo’lgach ayiqlar yana o’rmonga kirib ketishdi, ovchi esa daraxtdan tushib uyiga jo’nadi.



Olti oyoqli ot

Yovvoyi g’ozlar dalada semiradi. G’ozlar podasi o’tayapti, har tomonga qo’yilgan soqchi g’ozlar hushyor turishibdi. Ular na odam na itni yaqinlashtiradi. Olisda otlar yuribdi. G’ozlar ulardan qo’rqishmaydi. Otning qobil jonivorligi hammaga ma’lum, u qushga tegmaydi. Otlardan biri kalta , qalin o’t uchlarini chimdib g’ozlar galasi tomon asta- sekin yaqinlashib kelardi. Xo’sh, nima bo’libdi, u juda yaqin kelib qolsa, bu yerdan nariga jilish mumkin-ku. Lekin ot juda g’alati, uning oltita oyog’i bor. U g’alati: to’rtta oyog’i rosmana-yu, ammo ikkitasi ishtonda. Soqchi g’oz <> lab sheriklarini ogohlantirdi. G’ozlar o’tdan boshlarini ko’tarishdi. Ot asta yaqinlashardi. Soqchi g’oz tekshirib kelish uchun yerdan ko’tarildi. U yuqoridan otning ortida odam yashirinib kelayotganini, qo’lida quroli borligini ko’rdi. – G’o-g’o-qoch-qoch! – xabar berdi razvedkachi. G’ozlar galasi qanotlarini silkib, yerdan vazminlik bilan ko’tarildi.Dog’da qolgan ovchi alamdan gala ortidan ikki bor o’q uzdi. Ammo ora uzoq edi, o’qi yetmadi. G’ozlar qutulib qolishdi.



Zag’izg’on

Bahorda qishloq bolalari zag’izg’on inini buzishgandi. Ulardan bitta jo’jasini sotib oldim. U bizga juda tez , bir sutka ichida o’rgandi. Ertasiga qo’ldan suv ichib, ovqat yeydigan bo’ldi. Biz uni Sehrgar deb atadik. U bu nomga ko’nikib qoldi., chaqirsang ovoz chiqarib javob berdi. Uning qanotlari o’sgach, eshik tepasiga qo’nib, o’sha yerda o’tirishni odat qildi. Ro’paradagi oshxonada stol bo’lib, g’aladoni bor edi., unda oziq-ovqat turardi. G’aladonni ochishing bilan zag’izg’on eshik ustidan uchib tushardida, bor narsani cho’qishga harakat qilardi. Zag’izg’onni g’aladondan olmoqchi bo’lsang, u qichqirib, yashikdan chiqqisi kelmasdi. Suvga ketayotib, qichqiraman:

--Sehrgar,qani ketdik! U yelkamga qo’nib olib, birga boradi. Choy ichayotganimizda zag’izg’on qand, bulkaga birinchi bo’lb yopishadi, ehtiyot qilmasang qaynoq sutga panjalarini suqib olay deydi. Hammasidan qizig’i, men sabzi o’tagani borganimda yuz bergandi. Sehrgar egatlarga o’tirib olib, men nima qilayotganimga razm soldi keyin u ham mendek pushtadan o’tni yulib , hammasini bir uyumga to’plab, menga yordam bera boshladi. Ammo yordamchi sabz bilan yovvoyi o’tning farqiga bormas hammasini aralashiga yulib birga taxlardi.

O’rmon Paxlavonlari jangi

Kun botar paytida o’rmonda qisqa bo’kirish eshitiladi.Changalzordan o’rmon polvonlari – ulkan shoxli erkak loslar chiqib keladi. Ular bo’g’iq ovoz chiqarib , o’z raqiblarini jangga chorlaydilar. Jangchilar yalanglikda uchrashishadi. Ular tuyoqlari bilan yer titib , og’ir shohlarini vahimali silkitishadi.Ko’zlarida qon quyilgan . raqiblar bir- birlariga tashlanishadi, boshlarini engashtirib , shohlarini qars –qurs urishtirib suzishadi, bir-birlariga tiralib ,mtashib qoladi. Bor kuch bian bor gavdalariga tayanib , raqibning bo’ynini qayirishga harakat qilishadi. Yana ajralib, qaytadan jangga tashlanadilar , yerga egiladilar, keyin orqa oyoqlariga tik turgan holda , shoxlari bilan kalla qo’yishadi. Og’ir va ulkan shoxlar zarbidan chiqqan shovqin butun o’rmonni tutib ketadi. Erkak loslarni azldan so’qashohlilar deyishadi, chunki ularning shoxlari yassi va ulkan , xuddi so’qaga o’xshash bo’ladi.

Yengilgan raqib jang maydonidan shoshilib qochib qoladi, yo bo’lmasa dahshatli shohlarning zarbidan bo’yni sinib qonga belangancha yiqiladi. G’olib o’tkir tuyoqlari bilan mag’lub bo’lgan raqibini tepib o’ldiradi. Yana qudratli o’kirish o’rmonni tutadi. So’qashox o’z g’alabasini ana shunday nishonlaydi.

O’rmon ichkarisida uni shoxsiz urg’ochi los kutib oladi.Endi g’olib bu joylarning xo’jayini bo’lib qoladi.

U o’zi hukmron bo’lgan yerga boshqa so’qashoxni yaqin yo’latmaydi. Hatto u yosh erkak loslarni ham quvib yuboradi. Uning qisqa kuchli bo’kirishi uzoq-uzoqlarga dahshat solib , jaranglab turadi.

Moslashib oldi

Kech kuzda ayiq o’ziga o’ngir uchun tepalik yon bag’ridagi siyrak qora qarag’yzorni tanladi. Tirnoqlari bilan qora qarag’ayning yupqa po’stlog’ini timdalab ko’chirib iniga tashladi, ustidan yumshoq mox to’shadi. Tishlari bilan shox sindirib , chuqur atrofini bekitgan edi, kapaga o’xshab qoldi. U o’raga kirib xotirjam uyquga ketdi.

Oradan bir oy ham o’tmovdiki , ovchi itlar uning inini topib olishdi, u ovchidan zo’rg’a qochib qutildi. Shundoqqina sayxonlikda qor ustiga yotishiga to’g’ri keldi. Ammo ovchilar uni bu yerdan ham topib olishdi, yana u zo’rg’a qutildi. Mana , u uchinchi bor yashirindi. Shunday yashirindiki , uni qayerdan izlash kerakligi hech kimning xayo’liga ham kelmasdi. Ayiqning baland daraxt ustida maza qilib qish uyqusini olgani faqat bahorda ma’lum bo’ldi. Qachonlardir bo’ronda sinib ketgan bu daraxtning ichki qismi , o’rtasi chuqur bo’lib o’sgan edi. Yozda burgut bu yerga quruq shoh – shabba va mayin to’shama yozib bolalab uchib ketgandi. Qishda esa o’z uyidan bezobta qilingan ayiqning bu “o’ra” ga chiqib yo’tishga fahmi yetdi.

Tosh qotgan baqalar

Bizning o’rmon muxbirlarimiz xovuzlardan birining tubidagi muzni sindirib , balchiqni kovlashdi. Balchiqda juda ko’p baqa bo’lib , qishlash uchun bu yerda joylashib olishgandi. Baqalarni olib chiqishganda , ular haqiqatdan ham tosh qotib muzlab yotishardi. Baqalarning tanalari juda mo’rt edi. Nozik oyoqchalari sal tegsang ham sinib ketar, qirsillagan ovoz eshitilardi. Muxbirlar bir neshta baqani uyga olib ketdilar. Ular yaxlab qolgan baqalarni iliq xonada istishdi. Baqalar asta –sekin jonlandilar va polda sakray bosgladilar. Shuning uchun ham bahorda , quyosh hovuz muzini eritib, suvni ilitganda , baqalarning tirik va sog’lom holda uyg’onishlarini bemalol kutish mumkin.



Bo’rining ayyorligi

Bo’ri o’rmalab , yo yo’rtib ketayotganda o’ng oyg’ini oldingi chap oyog’i izi ustiga ,keyingi chap oyog’ini oldingi o’ng oyog’i izi ustiga batartib bosadi; shuning uchun uning izlari chizimcha bo’ylab yotgan ,yoki to’g’ri chiziqdagi satrdek ko’zga tashlanadi. Bunday satrlarga qarab : “ Bu yerdan kattakon bo’ri o’tibdi-da “ – deb o’ylaysan. Mana , yanglishding ! “ Bu yerdan beshta bo’ri o’tgan “ – deb to’g’ri o’qish kerak . Oldinda aqlli ona bo’ri , uning ketidan qari bo’ri , ular ortidan esa yosh bo’richalar yurgan. Ular izma –iz , shunday batartib yurishgandiki , bu iz beshta bo’riniki ekani xayolingga ham kelmaydi. Oq so’qmoqlarning ( ovchilar qordagi izlarni shunday deb atashadi ) yaxshi izquvari bo’lish uchun kishining ko’zi pishigan , o’tkr bo’lishi kerak.



Quyon ovi

Otam ikkimiz barvaqt ovga bordik. Ertalab havo sovuq edi. Qor ustida juda ko’p izlar bor edi. Shu payt otam: <>, - dedi. Otam meni izdan yubordi, o’zi esa shu yerda kutib turadigan bo’ldi. Quyonning yotgan joyidan qo’zg’otganingda, u har doim doira yasab, yana o’zi kelgan eski izidan yuradi. Men izma-iz bordim. Izlar ko’p edi, lekin quyon izini yo’qotmaslikka tirishdim. Tezda uni o’z joyidan qo’zg’atdim. U qoratol tagida yotgan ekan. Cho’chib ketgan quyon bir aylanib , o’zining eski iziga tushib oldi. Men betoqatlik bilan o’q tovushini kutdim. Oradan daqiqalar o’tdi. Birdan jimlik qo’ynida o’q ovozi yangradi. Men tovush kelgan tomonga chopib ketdim. Tezda otam yonida yetib bordim. Undan o’n metrcha narida quyon yotardi. Men quyonni ko’tarib oldim va biz o’lja bilan uyga qaytdik.



Tulki bo’rsiqni qanday qilib indan quvib chiqardi.

Tulkining boshiga tashvish tushdi: inining shifti qulab, sal bo’lmasa tulkichalarni bosib qola yozdi. Tulki qarasaki, ish chatoq, boshqa uyga ko’chib o’tmasa bo’lmaydi. U bo’rsiqnikiga bordi. Uning ini ajoyib, o’zi kovlagan. Kirish-chiqish joylari, favqulotda hujum bo’lib qolsa, qochib ketadigan ehtiyot teshikcha ham bor. Bo’rsiq ini katta: ikkita oila bemalol yashashi mumkin. Tulki boshpana so’radi, bo’rsiq esa uni in yaqiniga ham yo’latmadi. U qattiqqo’l uy sohibi: tartib va tozalikka yoqtiradi – zarracha tartibsizlikka toqat qilolmaydi. Shunday ekan, uni bolalari bilan uyga qo’yarmidi. Bo’rsiq tulkini quvib yubordi. << Aha, - o’yladi tulki, - shunaqamisan! Shoshmay tur hali !>> u o’zini o’rmonga kirib ketganga soldi-yu, bir buta orasiga yashirinib olib, kuta boshladi. Bo’rsiq atrofga mo’raladi,tulki ko’rinmagach, inidan chiqiq, shilliq qurt qidirgani o’rmonga kirib ketdi. Tulki esa bir sakrab inga kirdi, polni bulg’adi-da, o’zi sa qochib qoldi.Bo’rsiq qaytib kelsa, inidan qo’lansa hid keloyotganmish. U jahl bilan hurilladi-yu, o’ziga bo’lak in kovlab olish uchun tashqariga chiqib ketdi. Tulkiga esa huddi shu kerak edi. U bolalarini olib kelib, qulay bo’rsiq inida yashay boshladi.



Qirg’iy va qarg’alar

Tepamda “chi-chi!”, “Qar-qar-qar!” – degan ovoz eshitildi. Osmonga qarab, beshta qarg’a qirg’iyni quvib yurganini ko’rdim. Qirg’iy qutilmoqchi bo’lib o’zini har tomonga urar, ammo qarg’alar uni quvib yetib, boshini cho’qilashardi. Qirg’iy og’riqdan chiyillardi. Nihoyat u qutilib, uchib ketishga muvaffaq bo’ldi.

Baland tog’ ustida edim, menga uzoq-uzoqlar ham kaftdek ko’rinardi. Qirg’iy nafasini rostlash uchun daraxtga qo’ndi. Shu payt qayoqdandir qarg’alarning katta galasi unga xujum qildi. Qirg’iy juda yomon ahvolga tushib qoldi. U qattiq chinqirib, shiddat bilan bir qarg’aga tashlandi. Qarg’a qo’rqoqlik qilib, o’zini chetga oldi. Shunda qirg’iy epchillik bilan va hech qanday qarshiliksiz yuksaklikka ko’tarildi. Qarg’alar o’z asirlarini qo’ldan chiqarib, dala bo’ylab uchib ketishdi.

O’rmon orkestri

May oyi. Bulbul kunu – tun tinmay sayragani – sayragan.

Bolalar, u qachon uxlarkin, deb ajablanishadi. Bahorda qushlar ko’p uxlashmaydi, qush uyqusi qisqa: yarim tunda va peshinda, ikki kun orasida bir soatchadan uxlab olishga ulgursa bo’lgani.

Kun chiqish va kun botish oldida faqat qushlargina emas, balki o’rmonda yashovchi butun jonivorlar o’z bilganlaricha kuylab, o’yin tushadilar. Ana shu paytlarda jaranglagan ovozlarni, g’ijjak, do’mbira, nay sadolarini,hamda akillash, yo’talish, ulish, chinqirish, gumbirlash, g’ong’illash, vizillash singari tovushlarni ham eshitish mumkin.

Qizilto’sh, bulbul, maynalar jarangdor, tiniq ovozda kuylashadi. Qo’ng’iz va chigirtkalar g’ijjak chalgandek chirillashadi. Qizilishtonlar do’mbirani gumbirlatishadi. Zarg’aldoq va oq maynalar nay chalgandek churillaydilar.

Tulki va karqur kuchukdek akillaydi. Yovvoyi echkining tovushi yo’talga o’xshaydi. Bo’ri uliydi. Ukki “ux-ux” degandek xo’rsinib qo’yadi. Qovog’ari g’ong’illab, asalarilar vizillashadi. Baqalar qurillab, “vaq-vaq”lashadi.

Birortasi ham ovozi yomonligidan tortinmaydi. Har biri o’z didiga qarab muzika asbob tanlagan.

Qizilishtonlar quruq, jaranglab ovoz chiqaradigan butoq izlashadi. Bu ularning do’mbirasi. Mustahkam tumshuqlari do’mbira chaladigan tayoqcha vazifasini bajaradi.

Mo’ylovdor qo’ng’izlar dag’albo’yinlarini g’ijillatishganda g’ijjak chalgandek bo’ladi. Chigirtkalar esa mayda ilgakchali panjalarini kertikchali qanotlariga ishqaganlarida, chirillagan ovoz chiqadi.

Malla qarqara uzun tumshug’ini suvga tiqib, shunaqa puflaydiki, suv vakillar qaynab, atrofga huddi buqa bo’kiryotgandek ovoz taraladi.



Loyxo’rak esa dumi bilan ham kuylay oladi. U yuksaklikka otiladi, keyin dumini yozib, pastga boshi bilan sho’ng’iydi. Shamol dumiga urilib, o’rmon ustida qo’zichoq ma’ragandek ovoz eshitiladi.

Mana, o’rmonning ana shunaqa orkestri bor.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa