Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»


JYUL VERN VA UNING «O‘N BESH YOSHLI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

JYUL VERN VA UNING «O‘N BESH YOSHLI 
KAPITAN» NOMLI ROMANI
1828–1905-yillarida yashagan fransuz yozuvchisi Jyul 
Vern o‘zining ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan 
shuhrat qozongan.
Jyul Vernning «Havo sharida besh hafta» nomli birinchi 
romani 1863-yilda bosilib chiqdi. Shundan beri qariyb 
yarim asr davomida yozuvchi har yili goh bitta, goh ikki-
tadan yangi asar yaratdi. Bu asarlarning ko‘p qismi uning 
«Ajoyib va g‘aroyib sayohatlar» nomli oltmish besh jild 
romanlar turkumini tashkil etdi. Jyul Vern romanlarida 
mazmundagi jozibadorlik har vaqt dunyoni o‘rganishga 
yordam beradigan juda ko‘p va turli-tuman ma’lumotlar 
bilan chambarchas chatishib ketadi. Bu ma’lumotlar 
zo‘rma-zo‘raki emas, balki voqealarning davomida muallif 
tilidan aytilgan hikoyadek ravon ketaveradi. Yozuvchi 
o‘z romanlarida geografiyadan tortib astronomiyagacha, 
matematikadan tortib zoologiyagacha – har bir fan ma’lu-
motlaridan juda mohirlik bilan foydalanadi.
Jyul Vern romanining jasur qahramonlari qayerlarda 
bo‘lmaganlar-ku, nimalarni ko‘rmaganlar!
Bu qahramonlar o‘zlarining ajoyib sayohatlari vaqtida 
hamma dengiz va okeanlarni kezib chiqadilar, tog‘ cho‘qqi-
lariga ko‘tariladilar, dengizlarning sirli chuqurliklariga 
tushadilar, Jyul Vernning qahramonlari, hatto sayyohlar 
Shimoliy va Janubiy qutblarni topmasdan va tekshirmas-
dan ancha burun u yerlarga yetib borgan edilar.
Fantaziyasi boy yozuvchi Yer sayyorasi doirasi bilan 
cheklanib qolmasdan, o‘z qahramonlarini kosmik fazolar-
ga olib chiqadi, ularni Oyga va benihoya uzoq yulduzlar 
olamiga uchishga majbur qiladi.
Jyul Vern o‘z romanlarida XIX asrdagi ilg‘or olimlar-
ning kashfiyot va nazariyalaridan ustalik bilan foydalandi.
Yozuvchi fan va texnikaning kelgusidagi rivojlanish 
yo‘li va imkoniyatlarini nazarga olib, aksari ko‘p yillar 
keyin keladigan ishlarni oldindan ko‘rdi va kelgusining 
texnikasini tasvirlab berdi.


373
«O‘n besh yoshli kapitan»
Hali suv osti kemalari bo‘lmagan bir davrda dovyurak 
kapitan Nemo o‘zining ajoyib suv osti ke masi «Nautilus»da 
suv ostida 80000 kilometr yo‘l bosadi.
Samolyotsozlik sohasida endigina tajriba ishlari qilinib 
turgan yillarda Jyul Vernning qahramonlari «aeronef» 
degan ajoyib mashina yordami bilan osmonni zabt etdi-
lar. Bu asbob qisman hozirgi zamon vertolyotiga o‘xshab 
ketadi.
Ular samolyot bilan avtomobilning xususiyatlariga 
ega bo‘lgan, yo‘l tanlamaydigan mashina yasashga ham 
ulgurdilar.
Kashfiyotchi olimlar elektr quvvatidan foy dalanish 
usullarini topish yo‘lida astoydil ishlayotgan vaqtlarida, 
Jyul Vern romanlarida elektr quvvati yoritish va isitish 
uchungina emas, balki harakatga keltiruvchi kuch sifatida 
ham foydalaniladi.
Yozuvchining zamondoshlariga asossiz va quruq xayol 
bo‘lib ko‘rinishi mumkin bo‘lgan narsalarning êo‘pi ke-
yinchalik amalga oshdi, hatto romanist-yozuvchi xayol 
qilganidan ham xiyla taraqqiy etib ketdi.
O‘z asarlarini insoniyatga qarshi safsatalar bi lan to‘ldi-
rib yuborgan hozirgi burjua fantastik romanlaridan Jyul 
Vern asarlarining farqi shuki, u odamlarda jonli ijodiy 
fikr uyg‘otdi, fanning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga, 
fanning xurofot va jaholat ustidan g‘alaba qilishi muqarrar 
ekanligiga ishonch tug‘dirdi.
Jyul Vern o‘zining boshqa romanlarida dunyoning ham-
ma qit’alaridagi qahramonlarining sarguzashtlarini tasvir 
etadi, lekin haqiqatdan chetga chiqmaydi. Bunda yozuv-
chining sevgan fani – geografiya birinchi o‘rinda turadi
50
.
Jyul Vern romanlarini o‘qigan kitobxonlar turli 
mamlakat larning tabiiy sharoitlari, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari bilan 
tanishadilar.
50
Jyul Vern romanlardan tashqari geografiyadan ilmiy-
ommabop asarlar ham yozgan. «Yerni kashf etish» degan uch 
tomli asar shular jumlasidandir.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish