Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

340
Jyul Vern
Sehrgarning bu qilig‘i malikaga yoqqanday bo‘ldi. U 
chehrasini bir buzib qo‘ydi – bu esa uning jilmayishini 
bildirar edi. Ammo mgannga malikaning bu xayrixoh-
ligiga e’tibor qilmasdan, Muanani chetga sudradi. Xalq 
ular ketidan yopirildi.
Mgannga to‘ppa-to‘g‘ri Alvets qo‘rg‘oniga qarab yo‘l 
tutdi. Birpasda darvoza oldiga yetib kel di. Darvoza berk 
ekan. Mgannga bir chiranib itargan edi – eshiklar il-
mog‘idan bo‘shab qulab tushdi. Hayron bo‘lgan malika 
u bilan birga qo‘rg‘on ichiga kirdi.
Qul savdogarlari, uning askarlari va qullari, darvoza-
ning ochilishiga sabr qilmasdan, uni sindirib kirgan bu 
muttaham jodugarga tashlanmoqchi edilar-u, lekin uning 
yonida kelayotgan malikani ko‘rib qolib, ta’zim qilib tur-
gan joylarida qotib qolishdi.
Alvets, bu nima degan gap, deb malikadan so‘ramoq-
chi bo‘lgan edi, lekin mgannga unga og‘iz ochishga imkon 
bermadi. U olomonni nariroqqa surdi-da, o‘rtaga tushib 
ilgarigidan ham ko‘ra qizg‘inlik bilan yana o‘zining sehrli 
qiliqlarini qila boshladi. U bulutlarga mushtini ko‘rsatib 
do‘q qilar va ularga qarab afsun o‘qir edi. Keyin u bu-
lutlarni zo‘rg‘a koyib to‘xtatib turganini ko‘rsatib, og‘zini 
bo‘rttirib, go‘yo bir puflashda hamma bulutlarni tarqatib 
yuboraman deganday qilib, osmonga qarab bor kuchi 
bilan puflab yubordi.
Yo‘q-borga ishonuvchi Muana bu epchil artistning – 
uni boshqa nima desa bo‘lardi – hamma harakatlarini 
takrorlar edi. Saroy ahli bilan shahar xalqi esa, unga 
ergashib, ular ham o‘sha qiliqlarni qilar, allaqanday ovoz-
lar chiqazib ashula aytar, bo‘kirar va jinnilik qilar edilar.
Natijada nima bo‘ldi: bulutlar tarqalib, havo ochilib 
ketdimi? Soqov mgannganing afsun o‘qishlari ta’sir 
qildimi? Hech-da. Aksincha, malika bilan xalq: endi jin-
lar yengilib, qo‘rqqanidan tumtaraqay qochdi, deb o‘ylab 
turgan paytlarida osmon beshbattar qovog‘ini solintirdi 
va katta-katta yomg‘ir tomchilari tusha boshladi.


341
«O‘n besh yoshli kapitan»
Odamlarning kayfi birpasda o‘zgardi. Undan 
o‘zimizning jodugarlarimiz tuzuk ekan deb, hamma 
mganngaga xo‘mrayib qaray boshladi. Malika qovog‘ini 
soldi, demak, sehrgar kamida ikki qulog‘idan ajralishi 
turgan gap edi. Olomon asta-sekin unga yaqinlasha 
boshladi. Musht do‘laytirganlar ham ko‘rinib qoldi. Yana 
birpas shunday tursa, mgannga musht tagida qolib 
ketardi, lekin shu paytda bir hodisa yuz berib, hamma-
ning alami boshqa tomonga ko‘chdi.
Hammadan besh qarich baland bo‘lgan mgannga 
birdaniga qo‘lini qo‘rg‘on tomonga uzatib, nimanidir imo 
qilib ko‘rsatdi. Ishora haybatligidan ham ma o‘sha yoqqa 
burilib qaradi.
Missis Ueldon bilan Jek bu g‘avg‘oni eshitib, tashqa-
riga chiqishgan ekan. Mgannga chap qo‘li bi lan ularni, 
o‘ng qo‘li bilan osmonni ko‘rsatar edi.
Ofatning sababi o‘shalar ekan-da! Oq tanli ayol bilan 
uning o‘g‘li ekan-a! Hamma balo-qazolar o‘shalardan 
ekan! Bulutlarni o‘shalar chaqirtirgan ekan! Kazondeda 
ocharchilikni o‘shalar tug‘dirgan ekan!
Mgannga hech nima demasa ham, hamma uni tu-
shundi.
Malika Muana jahl bilan qo‘lini missis Ueldon tomonga 
uzatdi. Olomon to‘s-to‘polon qilib, becho ra ayol tomonga 
tashlandi.
Missis Ueldon endi ajali yetganiga ishondi. U Jekni 
bag‘riga bosib, quturgan xalq oldida haykal singari qotib 
qolgan edi.
Mgannga unga qarab kelaverdi. Yovvoyilar mgannga 
ofatning sababini topdi, endi buning chorasini ham 
ko‘rsa kerak, deb unga yo‘l berishdi. Asirlarni o‘z jonidan 
qimmat ko‘rgan Alvets ham nima qilarini bilmasdi, unga 
qarab qadam bosdi.
Mgannga kichkina Jekni onasining qo‘lidan yulib olib, 
go‘yo jinlarning rahmini keltirish uchun uni yerga urib 
o‘ldirmoqchi bo‘lganday, osmonga ko‘tardi.


342
Jyul Vern
Buni ko‘rgan missis Ueldon faryod qilib, hushidan 
ketib yerga yiqildi.
Bu choq mgannga malikaga bir nima ishora qil di, 
malika ham buni aftidan tushundi, shundan so‘ng 
mgannga bechora ayolni yerdan ko‘tarib olib, o‘g‘li bilan 
birga nariga olib ketdi. Hayratda qol gan olomon ta’zim 
qilib, unga yo‘l berdi.
Alvetsning joni chiqay deb qoldi. Bir asiridan mahrum 
bo‘lib, yana ikkitasini o‘z ko‘zi oldida berib yuborib, «to‘lov» 
pulidan quruq qolsinmi? Hech-da, butun Kazonde to‘fon 
ostida qolib ketadigan bo‘lganda ham, bunga aslo rozi 
bo‘lmaydi!
U bu o‘g‘rilikka to‘sqinlik qilmoqchi edi, biroq xalq 
g‘azabi unga ko‘chdi. Malika Alvetsni qamoqqa olishga 
buyurdi. Qul savdogari esa qarshi lik ko‘rsatishning 
oqibati yomon bo‘lajagini bilib, jim bo‘lib qoldi. Ammo 
u malika Muananing yo‘q-borga ishonuvchi odamlarini 
ich-ichidan toza so‘kdi.
Yovvoyilar chindan ham ofat tug‘diruvchi bu oq tanli 
odamlar bilan birga bulutlar ham ketsa kerak, deb ishonar 
edilar. Ular mgannga begona odamlarning qonini to‘kish 
bilan jinlarni yuvoshlantirib, xalqni ofatga solgan bulutlar-
ni Kazondedan haydab yuborarkan, deb ishongan edilar.
Mgannga esa ikki echki bolasini kattakon og‘zida be-
malol tishlab ketayotgan arslon singari, o‘z qurbonlarini 
ikki qo‘ltig‘iga qistirib ketaver di. Kichkina Jek qo‘rqqa-
nidan titrardi. Missis Ueldon esa hali ham behush edi. 
Quturgan olomon sehrgar ketidan bir qadam ham qolmay 
ergashib boraverdi.
Mgannga qo‘rg‘ondan tashqariga chiqdi, keyin Kazon-
deni kesib o‘tib o‘rmon ichiga kirdi-da, boyagicha kat-
ta-katta qadam tashlab, uch mildan ortiqroq yo‘l bosdi. 
Yovvoyilar asta-sekin orqada qola boshladilar. Axiri ular 
mgannga yolg‘iz o‘zi qolmoqchi ekan, deb o‘ylashdi-da, 
qolganlari ham orqaga qaytib ketishdi.
Mgannga esa yurib-yurib shimol tomonga qarab tez 
oqayotgan bir daryo labiga kelib to‘xtadi. Bu yerda u tor-


343
«O‘n besh yoshli kapitan»
gina qo‘ltiq ichiga odam ko‘rmaydigan qilib chakalakzor 
orasiga yashirib qo‘yilgan bir qayiqni sudrab chiqdi.
Soqov mgannga yuklarini qayiq ichiga joylashtirdi-da, 
qayiqni qirg‘oqdan asta itarib yubor di. Suv qayiqni tez 
oqizib ketganidan keyin u ba land ovoz bilan:
– Kapitan, marhamat, missis Ueldon bilan Jek kelishdi! 
Endi oq yo‘l bo‘lsin! Ana endi osmondagi hamma bulutlar 
bu ahmoqlarning boshiga do‘l berib yog‘aversin! – dedi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish