Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

338
Jyul Vern
qanday raqs-o‘yinlar va katta saroy amaldorlarining 
aftiga tuflashlar ham hech ta’sir qilmadi... Yomg‘ir bu
-
lutlarini olib kelgan jinlarni sira haydab bo‘lmadi. Ahvol 
kun sayin yomonlashaverdi. Malika Muana Shimoliy 
Angoladagi mashhur sehrgarni chaqirishni buyurdi. Bu 
mganngani juda ham qudratli, juda ham karomatli deb 
aytishar edi. U Kazondega hech qachon kelgani yo‘q edi 
va shuning uchun ham hamma unga ishondi. U eng 
o‘tkir jodugar bo‘lib, yog‘ingarchilikni to‘xtatishga ham 
juda usta edi.
25-iyun ertalab ulug‘ mgannga dabdaba bilan Kazon-
dega kirib keldi. Aralash-quralash qo‘ng‘iroq chalib, uning 
kelgani xabar qilindi. U to‘ppa-to‘g‘ri bozor maydoniga qa-
rab jo‘nadi. O‘sha on uni yer liklar olomoni qurshab oldi. 
Shu kuni osmondagi bulutlar biroz siyrak bo‘lib, shamol 
ham o‘zgaray deb turar edi. Bunday yaxshi alomatlar 
bilan mgannganing kelishi bir kunga to‘g‘ri kelganidan 
hamma uni yaxshi ko‘rib qoldi.
Mgannganing tashqi ko‘rinishi juda bahaybat bo‘lib, 
hammani hayratda qoldirdi. Bu – bo‘yi kamida olti fut 
keladigan, o‘zi sof qonli negr edi. Uning ko‘kragi keng, 
juda baquvvat, o‘zini juda mag‘rur tutar edi.
Bu yangi mgannganing bahaybat qiyofasi ham mani 
o‘ziga jalb qiladi.
Odatda jodugarlar uch-to‘rtta bo‘lib yuradilar. Ular 
qishloqma-qishloq yurganlarida o‘zlari bilan ko‘pgina 
yordamchilar hamda xizmatkorlarni olib yuradilar. Bu 
mgannga esa yolg‘iz keldi. Uning ko‘kragiga suvalgan oq 
loyga yo‘l-yo‘l bezaklar solingandi. Belidan pastiga o‘tdan 
to‘qilgan yubka kiygandi. Bo‘yniga qushlarning bosh 
suyagi tizilgan munchoq taqqandi, boshiga ham teridan 
qilin gan va parlar qadalgan qalpoq kiygandi. Sonlariga 
ko‘p qo‘ng‘iroqchalar taqilgan kamar bog‘lagandi. Bu 
qo‘ng‘iroqchalar u har bir harakat qilganida qattiq ovoz 
chiqarardi. Bu ajoyib afrikalik sehrgarning yasan-tusani 
ana shunday edi.


339
«O‘n besh yoshli kapitan»
Xudoga yolvorganda ishlatiladigan hamma buyum-
lar, chunonchi, chig‘anoqlar, tumorlar, yog‘ochga o‘yib 
yasalgan sanamlar, tasbehlar va hatto tezak kesaklari 
– hammasi katta bir savatga solingan edi.
Odamlar tezda yangi mgannganing yana bir g‘alati 
xususiyatini fahmlab qoldilar. U soqov edi. Ammo so-
qovligi yovvoyilarning unga bo‘lgan hurmatini yanada 
oshirib yubordi. U hech bir ma’nosi bo‘lmagan allaqanday 
ming‘illaganga o‘xshash g‘alati ovoz chiqarar edi. Bu esa, 
yerliklarning fikricha, uning afsun o‘qigani emish.
Mgannga avval qandaydir tantanali raqs qilib butun 
bozor maydonini aylanib chiqdi. Uning qo‘ng‘iroqlari 
jaranglagani jaranglagan edi. Yerliklar olomoni, xuddi 
boshliqlar ketidan er gashib yuradigan maymunlar singari 
mgannga ni ma harakat qilsa, o‘shanday harakat qilib
uning ketidan ergashib yurdi. Mgannga birdan bozor 
maydonidan Kazondening katta ko‘chasiga qayrilib, xon 
saroyiga tomon yura boshladi.
Malika Muana yangi sehrgarning kelayotganidan xa-
bardor edi, butun saroy ahli bilan shoshib-pishib uning 
yo‘liga chiqdi.
Mgannga yergacha engashib unga ta’zim qildi-da, 
keyin qaddi-qomatini rostlab, tikka turib oldi. U tez 
harakat qilayotgan bulutlarga tomon qo‘llarini cho‘zdi. 
Sehrgar qora bulutlarni malikaga ko‘rsatdi-da, ularning 
g‘arb tomonga ketayotganini, keyin to‘la doira yasab 
aylanganidan so‘ng, Kazondening sharq tomonidan 
qaytib kelishini un ga imo-ishoralar bilan tushuntirdi. 
Bulutlarning bunday aylanib yurishini to‘xtatishga hech 
kim qodir emasligini bildirdi.
Birdan sehrgar Kazondening qudratli malikasining 
qo‘lidan ushlab oldi. Butun xalq va saroy ahli hayron 
qoldi. Bir necha saroy xodimlari bu qo‘pol muomalaga yo‘l 
qo‘ymaslikka urinib edilar, pahlavon mgannga ularning 
eng yaqin kelgan birisining yoqasidan olib bir silkib edi, 
u o‘n besh qadamcha nariga borib tushdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish