333
«O‘n besh yoshli kapitan»
Benedikt tog‘a to‘g‘ri ish qilyaptimikan? Bu savolga
javob berish ham qiyin: har holda Benedikt tog‘a burnini
yerga tekkizay-tekkizay deb, qo‘ng‘iz ketidan emaklab
ketaverdi. Birpasdan keyin olim o‘z kulbasidan tashqa-
riga chiqib, qo‘rg‘onning panjarasi tomon yo‘l oldi. Yana
birpasdan keyin panjaraga yetdi.
Endi qo‘ng‘iz nima qilar ekan? O‘ziga oshiq bo‘lib
ketidan quvlab yurgan olimni panjaraning berigi yoni-
da qoldirib, o‘zi narigi yoqqa oshib o‘tib ketarmikan?
Yo‘q, bukri qo‘ng‘izning bunaqa odati yo‘q; vizillovchi
qo‘ng‘izlarning odatini Benedikt tog‘a yaxshi bilar edi.
U panjaradan o‘rmalab tez ketayotgan qora nuq tani
ko‘zdan qochirmay, kaltakesak
singari uning ketidan
sudralganicha ketaverdi.
Keng qilib kavlangan ko‘rsichqon ini qo‘ng‘iz ning yo‘lini
to‘sdi. Qo‘ng‘iz indamay teshik ichiga kirib ketdi. U endi
qo‘ldan ketdi deb Benedikt tog‘aning kapalagi uchdi.
Ammo u teshikning ikki futdan ham kengroq ekanini
ko‘rib hayron bo‘ldi.
Bu g‘alati yer osti yo‘lidan olimday ozg‘in kishi ning o‘tib
ketishi qiyin emas. Benedikt tog‘a quvlashga berilib ketib,
qo‘rg‘onning panjara devori ostida ekanligini sezmay qoldi.
Bu teshik qo‘rg‘ondan tashqariga olib chiqadigan g‘alati
yo‘l ekan. Yarim daqiqadan keyin Benedikt tog‘a qo‘rg‘on-
dan ozodlikka chiqdi. Ammo butun es-hushi o‘sha ajoyib
hasharotda bo‘lgan olim bunga hech e’tibor qilmadi.
Biroq bukri qo‘ng‘iz bu quvlashdan bezor bo‘ldi she-
killi, oxiri, qanotlarini yozib, pirillay boshladi. Benedikt
tog‘aning kapalagi uchib ketdi. U hasharotni ushlay-
man
deb endi kaftini uzatgan edi, qo‘ng‘iz birdan vizillab
uchib ketdi...
Bu Benedikt tog‘aga juda alam qildi. Lekin qo‘ng‘iz
uzoq qa uchmasligi kerak edi. Olim o‘rnidan sakrab
turdi-da, u yoq bu yoqqa ko‘z tashlab, qo‘lini oldinga
uzatganicha uning ketidan chopdi.
Hasharot uning tepasida vizillar edi. Zig‘irdek qop-qora
nuqta kaltabin tog‘aning ko‘ziga bir ko‘ri nar, bir yana
334
Jyul Vern
yo‘qolar edi. Benedikt tog‘a, «charchaganidan keyin
mening boshimga kelib qo‘nadi», deb o‘ylab turgan joyida
qotib qoldi.
Ammo olimning baxtiga
qarshi Kazondening shimol
tomoniga qurilgan Alvetsning qo‘rg‘oni yonidan bir necha
millarga cho‘zilib ketadigan kat ta o‘rmon boshlanar edi.
Basharti, qo‘ng‘iz o‘rmon ichiga kirib, shoxdan-shoxga
qo‘nib yuradigan bo‘lsa, eng nodir hasharotdan ajralib
qolishga to‘g‘ri kelardi.
Afsuski, aytgani keldi: bukri qo‘ng‘iz, osmonda vizillab-
vizillab, yana yerga tushdi. Birdan Benedikt tog‘aning
ishi o‘ngidan keldi: u hasharot ning
qayerga tushganini
bilib, o‘zini o‘sha joyga otdi. Ammo qo‘ng‘iz endi uchib
ketmadi – sakrab-sakrab yerdan ketaverdi.
Tinkasi o‘larday qurigan olim, qon chiqayotgan tiz-
zalari va tirnalib ketgan qo‘llarining achishib og‘irishiga
ham qaramay, qo‘ng‘iz ketidan qolmay boraverdi. U goh
o‘ng tomonga, goh chap tomonga tashlanar, goh yerga
yiqilar, goh qora nuqtani tutaman deb qo‘lini cho‘zgani-
cha tikka turar edi.
Ammo hamma urinishlari behuda ketar edi. Qo‘li doim
bo‘shliqni ushlar edi. Hasharot esa be malol qochib keta-
verar edi. Axiri, vizillovchi bukri qo‘ng‘iz daraxtlar yoniga
kelganidan keyin olimga bir tegib ketib, osmonga ko‘taril-
di-da, alam qilsin deganday, vizillaganicha uchib ketdi.
– La’nati-ey! – deb yana bir karra baqirdi Benedikt tog‘a.
– Qochib ketdi-ya! Insofsiz mal’un-ey! Men kolleksiyam-
da unga atab eng yaxshi joy ajratib qo‘yuvdim-a!
Baribir
qo‘ymayman, ushlab olmaguncha quvlay beraman!
Xafa bo‘lgan entomolog shu ko‘zi bilan ko‘mko‘k barg-
lar orasidan qo‘ng‘iz qidirish foydasiz bir ish ekanligini
esdan chiqarib qo‘ygan edi. Lekin u hech ham o‘zini tuta
olmas va muvaffaqiyatsizligiga iqror bo‘lmas edi. Omadi
yurishmaganiga o‘zi aybdor edi! Undan ko‘ra u «tabiiy
sharoitda uning yurish-turishini tekshirib» yurmasdan,
bu vizillovchi hasharotni o‘sha mahalda ushlab olganida
qanday yaxshi bo‘lardi-ya!
335
«O‘n besh yoshli kapitan»
Benedikt tog‘a dovdirab qoldi. U qo‘ng‘izni quvaman
deb Alvetsning qo‘rg‘onidan
chiqib ketganidan va endi
ozodlikda ekanligidan o‘zi butun lay bexabar edi. Uchib
ketgan qo‘ng‘iz o‘rmon ichi da – yaqin joyda bo‘lsa kerak.
Nima qilib bo‘lsa ham, Benedikt tog‘a uni ushlashi kerak!
Endi u o‘zining nima qilayotganini bilmasdan, qalin
o‘rmon ichida chopib borardi. Hamma yoqda uning
ko‘ziga nodir hasharot ko‘rinardi. U goh qo‘llarini yuqori
ko‘tarar, goh yerga yotib emaklab yurar edi. U bema’ni
quvlash orqasida qayerga kelib qolganini va qaytish
uchun yo‘l topa olish, topa olmasligini sira o‘ylamas edi...
Ana shu tarzda Benedikt tog‘a o‘rmon ichiga bir milcha
ichkari kirib ketdi.
Birdaniga daraxt orqasidan allaqanday bir aza mat
odam chiqib keldi. U odam bir qo‘li bilan Benedikt tog‘a-
ning yoqasidan, ikkinchi qo‘li
bilan oyoqlaridan ushlab
ko‘tarib oldida, hash-pash deguncha, uni o‘rmonning
qalin joyiga olib kirib ketdi.
Bechora Benedikt tog‘a! Shu kuni u butun dunyodagi
entomologlarning eng baxtlisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan
boy berib qo‘ydi-ya!
Do'stlaringiz bilan baham: