336
Jyul Vern
Lekin, shunday bo‘lsa ham Alvetsning qo‘rg‘onida
Benedikt tog‘a yo‘q edi!
17-iyun kuni missis Ueldon
kechgacha hamma joyni
qidirdi. Unga Jek bilan Halima ham yordamlashdi, Bene-
dikt tog‘a hech qayerdan topilmadi.
Missis Ueldon Benedikt tog‘ani qul savdogarlarining
buyrug‘i bilan qo‘rg‘ondan olib ketishgandir, deb ham
o‘yladi. Alvets nechun bunday qildikan? Benedikt tog‘ani
nima qilmoqchikan-a? Yoki
uni bozor maydonidagi bi-
ror barakka olib kirib qo‘ydimikan? Bu juda g‘alati ish
bo‘ladi-ku, chunki Negoro bilan kelishilgan shartnomaga
muvofiq, asir Benedikt tog‘ani Alvets, Mosamedishga
olib borib, yuz ming dollarga Jems Ueldonga topshirishi
kerak edi-ku.
Agarda missis Ueldon Benedikt tog‘aning yo‘qolgani
to‘g‘risidagi xabarini eshitgan Alvets juda achchig‘lan-
ganini bilganida, tog‘aning yo‘qolishiga uning sababchi
emasligiga ishonar edi. Agar Benedikt tog‘a qo‘rg‘ondan
o‘z ixtiyori bilan qochib ketgan bo‘lsa, nima uchun bu
niyatini jiyaniga aytmadi?
Alvets bilan uning odamlari ko‘p
tekshirishlardan
keyin, qo‘rg‘ondan o‘rmonga chiqadigan yer osti yo‘li bor-
ligini aniqlashdi. Qul savdogari «pashsha ovchisi» xuddi
shu teshikdan chiqib ket gan, degan xulosaga keldi.
Alvets Benedikt tog‘aning qochib ketishi uning hiso-
biga o‘tkazilib, daromadning kamayishini xa yoliga kel-
tirgach, g‘azabidan quturayozdi.
«Bu jinni o‘zi yarim chaqaga arzimasa ham,
men uning
uchun qancha jaranglagan pul to‘lashim kerak-a! Ish-
qilib, bir qo‘limga tushsaydi!» deb o‘ylardi Alvets.
Qo‘rg‘onni ham, o‘rmon ichini ham sinchiklab qidi-
rishsa-da, qochqinning hech qanday izini topisha olmadi.
Shunday qilib, missis Ueldon tog‘asidan mahrum bo‘ldi,
Alvets esa ancha puldan ajraldi. Albatta, Benedikt tog‘a-
ning qo‘rg‘ondan tashqari da yashovchi biror kishi bilan
til biriktirib ish qilishi mumkin emas edi; shuning uchun
u, ittifoqo, yer osti yo‘lini uchratib qolgan-u yo‘ldoshlari
337
«O‘n besh yoshli kapitan»
bor-yo‘qligini o‘ylamasdanoq qochib ketavergan,
degan
fikrga kelishga to‘g‘ri keldi.
Missis Ueldon shunday bo‘lgandir deb o‘ylashga maj-
bur bo‘ldi. Ammo u o‘z qilmishi uchun o‘zi javob bera
olmaydigan bechora olimdan xafa bo‘lishni xayoliga ham
keltirmas edi.
«Voy bechora-ey! Uning holi nima kecharkin?» deb
so‘radi u o‘z-o‘zidan. Albatta, yer osti yo‘li o‘sha kundayoq
ko‘mib tashlandi va qolgan asirlar ustidan nazorat yana
kuchaytirildi.
Shunday qilib, missis Ueldon bilan uning o‘g‘lining
kun kechirishlari yanada ko‘ngilsizroq bo‘lib qoldi.
Bu yerlarda «mazika» deb ataladigan yog‘ingarchilik
davri aprel oyining oxirlarida o‘tgan bo‘lsa ham, lekin
19-iyunda yana yog‘ingarchilik boshlandi.
Butun os-
monni qora bulut qoplab, yomg‘ir quygani quygan edi.
Markaziy Afrikada yilning bu mavsumida bunday hodisa
juda siyrak uchraydi.
Missis Ueldon uchun ham yomg‘ir zarardan boshqa
narsa emas edi, chunki yomg‘ir uning qo‘rg‘onda har kuni
sayr qilib yurishiga halal bera di. Yerlik xalq uchun bu
yomg‘ir katta bir ofat edi. Pastqam yerlarda pishib, o‘rib
olishga tayyor tur gan ekinlar toshqin ostida qolib ketdi.
To‘satdan ekindan mahrum bo‘lgan aholi ocharchilikka
mahkum bo‘lmoqda edi. Malika
Muana bilan uning vazirlari
bu balodan qutulish chorasini topolmay gangib qolishdi.
Ular jodugarlarini yordamga chaqirishga qaror qi-
lishdi. Ammo avrash va duo o‘qish bilan kasallarni
davolashdan boshqaga kuchi yetmaydigan jodugarlarni
chaqirishmadi. Bunday katta falokatdan faqat «mgannga»
deb ataladigan usta jodugarlargina qutqazishi mumkin
edi. Bunday jodugarlarning yomg‘ir yog‘dirishga ham,
bulutlarni haydab yuborishga ham qurblari yetardi.
Ammo mganngalar ham yordam berisholmadi.
Ularning uvlab ashula aytishlari, afsun o‘qishlari, da-
rang-durang qilishlari, qo‘ng‘iroq chalishlari va hatto
tumorlari ham hech qanday yordam bermadi. Har