Mana senga shparbalka ????????????????????????????



Download 162,46 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2022
Hajmi162,46 Kb.
#697072
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5413881494370259398


MANA SENGA SHPARBALKA 🖕🖕🖕🖕🖕🖕🖕


😂😂😂
Dggh

2. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi



Psixoterapiya - qalb va ruhni davolash degan m a’noni anglatadi. Tibbiyot paydo bo‘libdiki, psixoterapiya qo'llanib kelingan. Psixoterapiya usullari asli Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, bemorlarni davolashda ko‘p qoilaniladigan usullardan biri bo‘lgan. Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, al-Karvakiy X azoraspiy kabi buyuk allom alar o ‘zlarining davolash usullarida giyohlardan tashqari psixoterapiya usullarini ham qo'llashgan. Asab-ruhiy xastaliklar bilan yotib qolgan bemorlar ularning tashrifi va so‘zlaridan tuzalib, oyoqqa turib ketganlar. So‘z buyuk kuchdir. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi ham so‘zni topib ishlata bilishdadir. So‘zni bemorlarni davolashda ishlata olish ham bir san’atdir. So‘z inson uchun berilgan oliy ne’m atdir, bundan bemorlarni davolashda o ‘ta bilimdonlik bilan foydalanish kerak. Ozgina ehtiyotsizlik salbiy natija berib q o ‘yishi mumkin. Psixoterapiya usuli Yevropada XVII asrda venalik vrach va olim Mesmer tomonidan keng qo‘llana boshlangan. Tibbiyotda bemorlarni davolashda gipnoz usuli XVIII-XIX asrlarda J. Sharko, J. Bred, Z. Freyd, V.M. Bexterevlar tomonidan keng qo ‘llanilgan. Nevrologiya fanining riv o jlan ish ig a ulkan hissa q o ‘shgan fran siy alik olim J. S harko psixoterapiya usulidan asab kasalliklarini davolashda keng foydalangan. Har bir nevropatolog J. Sharkoni bir qancha irsiy-degenerativ kasalliklarni bayon qilgan olim sifatida yaxshi biladi. U Yevropada shu qadar mashhur bo'lganidan «nevrozlar Napoleoni» deb laqab qo‘yishgan. Undan ta ’lim olish uchun yosh olimlar (shu jumladan, Z. Freyd ham) Parijga intilishgan. Psixoterapiya jarayoni bemor va vrach psixologiyasining asosiy obyektidir. Psixoterapiya o ‘tkazayotgan paytda bemorning ruhiy holati, temperamenti, kasallikni keltirib chiqargan sabablar va organizmning umumiy ahvoliga, albatta, e’tibor qaratish lozim. Vrach katta bilimdonlik bilan bemorning ko‘nglini og'ritm asdan, kasallik sabablarini aniqlab olishi zarur. Bemor kasallik bilan bog‘liq barcha sirini vrachga aytib bera olishi kerak. Psixoterapiya usuli har bir bemor uchun individual tarzda ishlab chiqilm og'i lozim. Bemorning shaxsini to la o'rganish psixoterapiyada m uvaffaqiyat qozonishning garovidir. Bemor ruhiga ijobiy ta ’sir qilish tashxis qo'yish jarayonidan boshlanadi. D avolashning m uvaffaqiyatli bo'lishi vrachning o b ro '- e ’tiborini oshiradi. Psixoterapiyada ishonch va ixlos bilan qarash ham sam arali natijaga erishishda muhim rol o'ynaydi. Psixoterapevtik m uolajalar bem orning ahvoliga qarab, kasallik anam nezini chuqur o ‘rgangan holda uzoq yoki qisqa vaqt davom ettirilishi m um kin. Davolash muolajalarining cho‘zilib ketishi, bir xil bo'lib qolishi yoki «Sizni uzoq vaqt davolashga to 'g 'ri keladi», qabilidagi gaplar ijobiy natijalarni yo'qqa chiqarishi mumkin. Bu yerda Z. Freydning hanuzgacha bahs va m unozaralarga sabab bo'lib kelayotgan so'zlarini keltiramiz: «Natijasi qanday tugashidan q a t’i nazar, davolash jarayoni oldindan belgilangan vaqtda tugatilishi kerak». Demak, davolash m uddati oldindan belgilanishi va buni bemor bilishi zarur. Bemorni davolashda gipnoz, uqtirish, tushuntirish va ishontirish usullarini qo'llash zarur. Chunki shunday holatlar bo'ladiki, bemor vrachning yaxshi m utaxassisligiga ishonadi, lekin o'zining sog'ayib ketishiga ishonmaydi, kasalini tuzalmas, og'ir, deb miyasiga singdiradi. Bu, ayniqsa, nevrozlar uchun juda xosdir. Dard sababli bemor o'z ishi, bola-chaqasi, rafiqasi, qarindosh-urug'i va tinimsiz davom etayotgan davolash usullaridan bezgan bo'ladi. Bunday paytlarda, neyrofiziologlar ta ’biri bilan aytganda, bosh miya katta yarim sharlarining po'stlog'ida inert qo'zg'alish paydo bo'ladi. Bu o'choqni «parchalab» yuborishgina bemorni kasallik belgilaridan xalos qilishi mumkin. Psixoterapiya bir necha bemorni to‘plagan holda ham olib boriladi. V.M. Bexterev bem orlarni to ‘pIab, gipnoz o'tkazishning aham iyati to‘g‘risida shunday degan edi: «Ko'pchilik bilan seans o'tkazish paytida bemorlar gipnozni bir-biriga yuqtirishadi va uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Bemomi gipnoz usuli bilan davolamoqchi bo'lgan vrach bemor shikoyatlarini aytayotganda nimalarni ko'p takrorlayotganiga ahamiyat berishi va bundan foydalanishi kerak». Gipnoterapiya paytida «bo'rtib» turgan belgilarga e’tibor berish lozim. Gipnoz o'tkazayotgan vrach bemorga silash, ko 'z vaso ‘z orqali ta’sir qilsa, miya po'stlog'ida joylashgan uchta m arkaz (sezgi, ko'ruv va eshituv) ni tormozlash imkoniga ega bo'ladi (40-rasm). Bu torm ozlanish po'stlog'ning barcha sohalariga tarqaladi va bemor gipnotik uyquga ketadi. Psixoterapevtik tajribasi b o'lm agan vrach bem orni davolashda qiynaladi, ayniqsa, nevroz bilan kasallangan bemorda psixosom atik belgilar kuzatilsa, tashxis qo'yish ham ancha mushkullashadi. Bu yerda nevropatologlar ham, terapevtlar ham bir xil muammoga duch kelishadi. M asalan, bemorga uning shikoyatlariga qarab (maxsus tekshirishlar o'tkazilmasdan), «oshqozon yarasi» tashxisi qo'yiladi. U bu kasallik bilan 10 yildan buyon og'riydi. Qorindagi og'riqlar siqilganda kuchayib, tinchlanganda kamaysa, ovqat rejimiga bog'liq bo'lmasa, tashxisning to'g'riligi, albatta, gumon uyg'otadi. Kuchli og'riq bilan kechib, 10 yillab davom etadigan «oshqozon yarasi» biron-bir asorat berishi gastroenterolog va jarrohlarga ayon, albatta. Demak, bu o'rinda bemomi maxsus tekshirishlardan o'tkazib, «oshqozon yarasi» tashxisini inkor qilgandan so'ng vrach uni psixologik usullardan foydalangan holda davolashi lozim. Bu ish bilan faqat nevropatolog yoki psixonevrolog shug'ullanishi shart emas, albatta

Download 162,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish