9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari.
Reja:
1. Boshqaruv maqsadi va ularga qo’yiladigan asosiy talablar.
2. Boshqaruv maqsadi turlari.
3. Maqsadli boshqaruv usuli pog’onalari.
4. Maqsadlar bo’yicha boshqarish (MVO).
5. Maqsadni ishlab chiqarish va MVO dasturini samarasi
6.
Boshqarish funktsiyalari mohiyati, mazmuni, boshqarish asosiy funktsiyalarining
tarkibiy tuzilishi.
7. Boshqarishning o’ziga xos aniq funktsiyalari.
1. Boshqaruv maqsadi va ularga qo’yiladigan asosiy talablar.
Maqsad
- bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyagga erishmoq uchun ko’zda tutilgan
mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz
dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqpab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:
bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
faoliyatimizning ustuvor yo’nalipshni belgilaydi;
faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi;
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir.
Chunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqarish funktsiyalari;
boshqarish usullari;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim (15-jadval).
15-jadval