Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

357
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Chap qirg‘oqdan yuring! – deb buyruq ber di Dik Send 
ehtiyotdan. – Suv osti toshlari endi yo‘q!
– Xo‘p, chap qirg‘oqdan yuramiz! – dedi-da, Gerkules 
qayiqni chapga burib yubordi.
Dik Send quyruq tomonga kelib, oydinda yarqirayot-
gan daryo ustiga tikila boshladi. Ammo hech qanday 
shubhali narsa ko‘rmadi. Ularning orqasidan quvlovchi 
qayiq yo‘q edi. Yovvoyilarning qayig‘i bo‘lmasa kerak.
Yovvoyilar ertalab qirg‘oqda ham, daryo ustida ham 
ko‘rinmadi. Shunday bo‘lsa ham Dik Send ehtiyotdan 
qayiqni chap qirg‘oq bo‘yidan haydab bordi.
11-iyul kuni sayyohlar atrofning juda o‘zgarganini 
ko‘rdilar. Daryoning ikki tomoni xuddi Livingston tek-
shirib chiqqan Kalaxari sahrosi sin gari qup-quruq cho‘l 
edi. Daryoning yuqori oqimidagi serunum yerlarga qara-
ganda qoq yalang‘och bu cho‘l juda ko‘ngilsiz edi.
Havo rang yo‘lday cho‘zilib ketgan daryo sira tu-
gamas edi.
Bunday unumsiz cho‘lda besh kishilik rizq to pish 
oson ish emas edi. Bor narsadan hech nima qolmagandi. 
Baliq ovidan ham uncha foyda chiqmadi. Boshqa yoqdan 
ham hech qanday natija bo‘lmadi. Cho‘lda o‘t bo‘lma-
ganidan keyin va shu singari, o‘t yeydigan hayvonlar 
ham bo‘lmaydi. Bunday hayvonlar bo‘lmaganidan keyin, 
yirtqich hayvonlar ham bo‘lmaydi.
Shu sababdan kechalari arslonlarning bo‘kirishi ham 
eshitilmas edi. Kechalari baqalarning qurillashigina 
eshitilardi.
Daryoning ikki tomonidagi tekis, o‘rmonsiz va oftobda 
kuygan keng cho‘l, sharq va g‘arb tomondagi ufqda ko‘ri-
nayotgan adirlargacha cho‘ zilib ketgan. Bu tekislikda 
faqat sut o‘simligi o‘sar ekan. Ammo bu o‘simlik kassa-
va o‘simligi deb ata ladigan unsimon modda beradigan 
xili emas, balki yeyishga yaroqsiz moy beradigan sut 
o‘simligi ekan.
Oziq-ovqat masalasi Dik Sendni tashvishga solib 
qo‘ydi. Ammo Gerkules bir narsani uning esiga soldi: yer-


358
Jyul Vern
liklar qirqquloq o‘simligining yosh novdasi bilan papirus 
o‘simligining mag‘zini ovqatga ishlatishar ekan. Missis 
Ueldon tushgan zambil ketidan kelayotgan mahalida 
Gerkules ham o‘shalarni yeb qorin to‘yg‘azgan. Xayriyat-
ki, qirqquloq bilan papirus o‘simligi daryo bo‘yida serob 
ekan. Papirus o‘simligining shirin mag‘zi sayyohlarga 
yoqib qoldi, xususan Jekka juda yoqdi.
Ammo bu ovqat to‘q tutmas edi, agar Benedikt tog‘a 
yordam qilmaganida, sayyohlarning holi xarob bo‘lardi.
Nomini abadiy qoldiradigan «Benedikt oltioyoqlisi» de-
gan hasharot topilganidan beri Benedikt tog‘aning kayfi 
joyida edi. U hasharotini yaxshi joyga, ya’ni shlyapasining 
tepasiga qadab qo‘ydi. Olim qayiq to‘xtagan joylarda o‘zi-
ning tekshirish ishlarini davom ettirar edi. Bir mahal qalin 
o‘tlar orasini axtarayotib, bitta qushni cho‘chitib yubor di.
Dik Send bu qushni otib olmoqchi bo‘lganda, olim:
– Dik, otmang! Otmang! Baribir bunga besh kishining 
qorni to‘ymaydi, – deb qichqirib yubor di.
– Hech bo‘lmasa Jekning qorni to‘yar, – deb asta ucha-
yotgan qushni yana mo‘ljalga oldi Dik.
– Yo‘q! Yo‘q! Shoshmang! – deb xitob qildi Benedikt 
tog‘a. – Otmang. Bu «iskabtopar» qushcha qayerda asal 
borligini ko‘rsatib be radi.
Dik miltig‘ini pastga tushirdi, chunki qushdan ko‘ra 
bir necha qadoq asal yaxshiroq bo‘lar edi. Qush esa 
mening ketimdan yuringlar degandek qilib, bir uchib 
ketar, bir yerga qo‘nar edi. Dik bi lan Benedikt tog‘a uning 
ketidan ergashdilar. Uzoq yurishga to‘g‘ri kelmadi: sut 
o‘simliklari orasida kovak to‘nka bor ekan, uning atrofida 
asalarilar g‘o‘ng‘illab yurardilar.
Benedikt tog‘a bu pufakqanotlilarni ularning «mehnat 
qilib topgan molidan» mahrum qilgisi kel mas edi. Ammo 
Dikning fikri boshqacha edi. U bir quchoq poxolga o‘t 
qo‘ydi-da, asalarilarni uyasidan haydab chiqarib, ancha 
asal yig‘ib oldi. Keyin «iskabtopar» qushga asalarining 
tuxumchalaridan iborat o‘z hissasini berib, Benedikt 
tog‘a bilan ikkovi qayiqqa qaytib kelishdi.


359
«O‘n besh yoshli kapitan»
Asalni xursandchilik bilan kutib olishdi, lekin Dik 
olib kelgan asal ko‘pga yetmas edi. Tezda sayyohlar 
yana ochlikdan qiynala boshladilar. 12-iyul kuni 
qirg‘oqda to‘xtagandan keyin sayyohlar hamma yoqni 
chigirtka bosganini ko‘rdilar. Milliard-milliard bo‘lgan 
bu hasharotlar joy yetishmaganligidan o‘tlar bilan buta-
lar ustida ikki, ba’zi joylarda uch qavat bo‘lib o‘tiribdilar. 
Benedikt tog‘a yerliklarning chigirtka yeyishini eslatib 
qo‘ydi. Sayyohlar bu «jannat taomidan» anchagina 
g‘amlab olishdi. Pastgina yoqilgan olovda qovurilgan 
chigirtkani hatto qorni to‘q odam ham maza qilib yeyishi 
mumkin edi. Benedikt tog‘a tortinib bo‘lsa ham, lekin 
chigirtkadan anchagina yedi.
Sayyohlar bu bitmas-tuganmas jismoniy va ruhiy 
azob-uqubatlarning tugashini sabrsizlik bilan kutardilar. 
Har holda, tezoqar daryoda sayohat qi lish o‘rmonlarda 
Gerrisning «gatsiyenda»sini qidirib tentirab yurgandan 
ko‘ra, kishini kamroq toliqtirar edi. Ammo kunduzgi 
jazirama issiq, tungi nam tuman hamda kechalari 
chivinlarning chaqishi ularni holdan toydirgan edi.
Manzilga yetishga ham oz qolgan bo‘lishi kerak edi. 
Ammo Dik bu sayohatning qachon tamom bo‘lishini 
bilmas edi.
Suvda sayohat yana qancha cho‘zilarkin? Necha 
hafta-yu necha oyga? Buni aytib bo‘lmas edi.
Basharti, bu daryo chindan ham Zair yoki Kongo 
daryosi bo‘lsa, sayyohlar uning oqimi bilan suzib borib, 
to‘g‘ri portugal qishloqlaridan chiqar edilar, chunki 
ular daryoning xuddi etak tomonida edilar. Dik Send 
shunday bo‘ladi, deb umid qilardi.
15, 16, 17 va 18-iyul kunlari qayiq keng daryo ning 
kumush sathida suzib bordi. Daryoning bo‘ylari endi 
ilgarigidek qoq yerlar emas edi. Ammo Dik Send hamon 
hushyorlikni qo‘ldan bermasdi. Qayiq ilgarigidek o‘t 
bilan niqoblangan edi. Daryoda qayiq emas, kichkina 
bir orolcha suz ib ketayotgandek edi.


360
Jyul Vern
Yana bir necha kun yo‘l yurilsa, «Piligrim» yo‘lovchilari 
balo-qazolardan qutular edilar.
Shu davr ichida har bir sayyoh zo‘r fidokorlik va qah
-
ramonlik ko‘rsatdi: Dik Send bunda o‘zinig tutgan o‘rni 
juda katta ekanligini e’tirof etmasa-da, ammo do‘stlari 
buni tan olar edilar.
Ammo 19-iyulga o‘tar kechasi bir voqea bo‘ldi, bu ho-
disa sayyohlarning hayoti uchun juda xavfli edi.
Qoq yarim kechadan keyin soat uchlarda Dik qanday-
dir guvillagan bir ovoz eshitdi. Bu ovozning nimaligini 
bilolmay tashvishlandi.
Kechasi tinch. Shamol asari yo‘q. Missis Ueldon, kich-
kina Jek va Benedikt tog‘alar qayiqda dong qotib uxlab 
yotishibdi.
– To‘lqin ovozi-ku! – dedi Gerkules.
Quvonchidan pahlavonning ko‘zlari yaltirab ket di.
– Yo‘g‘-a. Bu dengiz emas, – dedi Dik Send bosh chayqab.
– Bo‘lmasa nima? – deb so‘radi Gerkules.
– Tong otsa bilamiz. Hozircha ehtiyot bo‘laylik!
Gerkules qayiq quyrug‘idan joy egalladi. Dik Send 
qayiq burnida qoldi. U bu ovozni diqqat bilan tinglar edi.
Tong otib ham turmadi, bir zumda kun yorishib ket-
di. Daryoning pastki tomonida, bir kilometrcha narida, 
havoda qandaydir bulut paydo bo‘ldi. Lekin u suvning 
bug‘i emas edi. Dik Send buning nima ekanini quyosh-
ning dastlabki nurlari tushishi bilanoq, daryoning bir 
qirg‘og‘idan ikkinchisiga egilib tushgan juda chiroyli 
kamalakni ko‘rgandan keyin bildi.
– Qirg‘oqqa! – deb baqirdi Dik Send, bor ovozi bilan. 
– Shalola bor ekan! Bulutlar suv sachrashidan hosil 
bo‘libdi! Qirg‘oqqa, Gerkules!
Dik Sendning aytgani to‘g‘ri chiqdi. Tekisgina oqib ke-
layotgan daryo birdaniga yuz futcha pastga tushib ketdi. 
O‘qday pastga otilib tushayotgan daryo suvi qattiq ovoz 
chiqazadi. Yana yarim milcha yo‘l yurilsa, qayiq chuqur 
jahannamga tushib ketgan bo‘lar edi.


361
«O‘n besh yoshli kapitan»

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish