(Muallif izohi).
348
Jyul Vern
kunduz kuni ham suzsa bo‘laveradi, chunki unga hech
kim e’tibor qilmaydi. Niqob langan qayiqqa qushlar ham
aldanar edi. Qizil tumshuqli, qora parli baliqchi qushlar
bilan oq va ko‘k to‘rg‘oqlar donlagani qayiq bostirmasi
ustiga qo‘nardilar.
Ko‘k niqob qayiqni ko‘zdan yashirishi bilan bir ga,
yo‘lovchilarni jazirama oftobdan ham saqlaydi. Bunday
sharoitda suzib borish sayohatchilarni hech zeriktirmas-
di-yu, lekin biroz xatarli edi.
Dengizgacha yo‘l uzoq edi. Butun yo‘l davomida doim
besh kishilik ovqat topib turishga to‘g‘ri ke ladi. Qirg‘oqqa
chiqib ov qilish kerak bo‘ladi, chun ki baliq bilangina kun
kechirib bo‘lmaydi. Dik Sendning ixtiyorida Gerkulesdagi
bittagina miltiq bo‘lib, uning ham o‘qlari oz bo‘lganidan,
har bir o‘q hisobli edi.
Qayiq har soatda kam deganda ikki mildan yo‘l bosar
edi. Shunday ekan, Dik Sendning hisobicha, qayiq har
kuni ellik milcha yo‘l yurishi kerak. Ammo tez suzib
borish uchun quyruqchi doim hushyor bo‘lishi kerak,
chunki daryoda uchraydigan to‘siqlarni, chunonchi, suv
osti toshlari sayoz joy va daraxtlarni o‘z vaqtida aylanib
o‘tmasa bo‘lmaydi. Shu bilan birga, daryoning bunday tez
oqishi oldinda girdob yoki shalola bo‘lishi ehtimol, degan
fikrni tug‘diradi, chunki Afrika daryolarida bu narsalar
juda ko‘p uchraydi.
Missis Ueldon bilan Jekni ko‘rish quvonchidan g‘ayrat-
ga kirgan Dik Send qo‘mondonlik vazifasini o‘zi qo‘lga olib,
qayiq burniga joylashdi. U o‘tlar orasidagi teshiklardan
qarab, qayiq uchun yo‘l tanlar va quyruq eshkagini esha-
yotgan Gerkulesga yo‘1-yo‘riqlar berar edi.
Missis Ueldon qayiq o‘rtasida quruq barglardan qilin-
gan to‘shak ustida yotardi. Benedikt tog‘a qovog‘ini solib
va qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, qayiq chekkasida
o‘tirardi. Ba’zi vaqtda u yo‘q ko‘zoynagini to‘g‘rilayman
deb, beixtiyor qo‘lini qanshariga olib borardi. U Kazonde-
da qolib ketgan qimmatli hasharotlari bilan hasharotlar
349
«O‘n besh yoshli kapitan»
to‘g‘risida gi fikrlari yozilgan yon daftarchasi esiga tush
-
ganda, yuragi ezilgudek bo‘lardi. Yovvoyilar o‘zlariga qan-
day boylik qolganini tushunarmikanlar? Ko‘zi Gerkulesga
tushdi deguncha yuzlarini allaqanday qilib burishtirib
qo‘yardi, chunki u qo‘ng‘iz quvlashga xalaqit bergani
uchun uni juda yomon ko‘rib qolgan edi.
Kichkina Jek g‘alva qilish yaramasligini bilardi-yu,
lekin qayiq ichida yurishni hech kim taqiqlamaganidan
Dingoga taqlid qilib u yoqdan-bu yoqqa emaklab yurgani
yurgan edi.
Sayohatning dastlabki ikki kuni ichida yo‘lov chilar
Gerkulesning safarga chiqishdan oldin g‘amlab qo‘ygan
oziq-ovqati bilan tirikchilik qilishdi. Dik Send bir necha
soat dam olish uchun qayiqni kechalarigina to‘xtatardi.
Ammo qirg‘oqqa tushmasdi, chunki Dik yana xavf-xatar-
ga uchrashdan qochardi. U faqat oziq-ovqat zarur
bo‘lgandagina quruqlikka chiqishga qaror berdi.
Hozircha, noma’lum daryo oqimi bilan suzishda hech
qanday voqea ro‘y bermadi. Daryoning kengligi o‘rta hisob
bilan yuz ellik futdan oshmasdi.
Daryo ustida oqim bilan bir necha orolchalar suzib
ketyapti. Ular qayiq bilan bir xil tezlikda suzib ketayot-
ganidan, Dik Send ularga tegib ketishdan xotirjam edi.
Qirg‘oqda hech kim ko‘rinmaydi. Kazonde viloyatining
bu yerlarida aholi deyarli yashamas edi. Qayiq ikki qator
bo‘lib o‘sib yotgan yara o‘simligi, quzg‘un qilichi, piyozgul,
limon daraxti, xinagul, chodirsimon daraxt, aloe daraxti,
qirqquloq va papirus o‘simliklari orasidan suzib borar edi.
Daryoning ikki labi qalin o‘rmon edi. Mum daraxtlari,
qattiq bargli akas daraxtlari, «temir daraxt» deb ataladigan
bauginiyalar va anjir daraxtlari suv ustiga shox yozib
o‘sib yotardilar.
Balandligi yuz futlab keladigan bu daraxtlar bir-birlari-
ga chirmashib ketib, daryo ustida oftob nurlari o‘tmay-
digan qubba tashkil qilgan. Ba’zi joy larda lian o‘simligi
daryoning bir labidan ikkinchi labiga oshib o‘tib, osma
ko‘prik hosil qilgan.
350
Jyul Vern
27-iyun kuni sayyohlar shunday ko‘prikdan bir to‘da
maymunlar o‘tib ketayotganini ko‘rdilar. U jonivorlar,
ko‘prik sinsa suvga tushib ketmaylik deb, bir-birlarining
dumlariga yopishib olgandilar. Bu tomoshani ko‘rgan Jek
juda suyunib ketdi.
Shu kuni kechqurun qayiq birdan to‘xtab qoldi.
– Nima gap o‘zi? – deb so‘radi doim quyruqda turuvchi
Gerkules.
– Yo‘l to‘silibdi. Daraxtlar to‘sib qopti, – dedi Dik Send.
– Buzib tashlamaymizmi, Dik? – deb so‘radi Gerkules.
– Ha, bolta bilan chopib tashlashga to‘g‘ri ke ladi. Bu
to‘siq mahkam bo‘lsa kerak, chunki bir necha orolchalar
baravar itarishiga qaramasdan, qimirlamay turibdi.
– Bo‘lmasa, ishga kirishaylik, kapitan, – dedi Gerkules
qayiqning quyruq tomonidan turib.
Yo‘lni kigizga o‘xshash pishiq «tika-tika» nomli suv
o‘simligi to‘sib qolgan ekan. Chirmashib ko‘prik hosil
etgan bunday o‘simlik ustidan be malol o‘tsa bo‘ladi. Bu
to‘siq ustida juda chiroyli nilufarlar o‘sib yotardi.
Qorong‘i tusha boshlagani uchun Gerkules qayiqdan
bemalol tashqariga chiqsa bo‘lardi. U boltani epchillik
bilan ishga solib, ikki soat ichida to‘siqning o‘rtasidan
yorib, yo‘l ochdi. To‘siq suvga qulab tushdi. Daryo oqimi
uning ikki bo‘lagini asta ikki qirg‘oqqa surib ketdi.
Qayiq yana oqim bilan oldinga suzib ketganda qorong‘i
tushib qolgan edi.
Bu to‘g‘rida gapirish arzirmikin? Qari go‘dak Benedikt
tog‘a boshda Gerkules to‘siqni olib tashlay olmaydi, qayiq
turgan joyda qolib ketadi, deb o‘ylovdi. Olim uchun daryo-
da suzib yurish juda ko‘ngilsiz edi. Alvetsning qo‘rg‘onini,
o‘zining kulbasini va tunuka qutisidagi jonajon hasha-
rotlarini eslasa juda alami kelar edi. Sho‘r peshonaligi
uchun hamma unga achinardi. Haqiqatan ham, uning
bitta ham hasharoti bo‘lmasa-ya?
Bir vaqtlari Benedikt tog‘a «shogirdim» deb atagan
Gerkules, haligi to‘siqdan topib olgan allaqanday bir
351
«O‘n besh yoshli kapitan»
jirkanch hasharotni unga uzatganida olim quvon-
chidan yuragi yorilayozdi. Shunisi qiziqki, Gerkules
o‘z tortig‘ini olimga uzatayotganida nima uchundir,
allanarsadan xijolatdek edi.
Benedikt tog‘a hasharotni avaylabgina boshmal-
dog‘i bilan ko‘rsatkich barmog‘i orasiga olib, ko‘zining
oldiga olib keldi. Albatta u bu payt da, koshki hozir
ko‘zoynagim bilan lupam shu yer da bo‘lsa, deb o‘yladi.
Birdan u baqirib yubordi:
– Gerkules! Gerkules! Sen hamma ayblaringni
yuvding. Jiyanim Ueldon! Dik! Menga qaranglar! Bu
hech qayerda topilmaydigan g‘alati afrika hasharoti
ekan. Endi bitta-yarimta odam bu oltioyoqli jonivorni
mendan olaman deb ko‘rsin-chi!
Jonimni bersam beraman-u, ammo buni qo‘ldan
bermayman!
– Demak, rostdan bu qimmatli hasharot ekanda?
– dedi missis Ueldon.
– Hali ishonmayapsizlarmi deyman-a! – deb baqirib
yubordi Benedikt tog‘a. – Na qattiq qanotli lar, na to‘rqa-
notlilar va na pardaqanotlilar turkumiga kirmaydigan
hasharot, o-ho, qimmatli bo‘lganda tag‘in qanday
deng-a!.. Bu hasharot olimlarga ma’lum bo‘lgan o‘n
turkumning hech qaysi biriga kirmaydi... Ba’zi bir no-
donlar hech o‘ylab-netib turmasdan uni o‘rgimchaksi-
monlardan deb aytishi ehtimol!.. O‘rgimchakka o‘xshash
hasharot-a! Agar bu hasharotning oyog‘i sakkizta bo‘lsa
o‘rgimchak bo‘lardi, uning oyog‘i oltitagina bo‘lganidan,
u hasharot bo‘lib qoladi! Voy, do‘stlarim-ey, men uchun
hech bir kutilmagan baxt-a! Ana endi mening nomim
ham fanga kiradigan bo‘ldi! Bu hasharotga «Benedikt
oltioyoqlisi» deb nom beraman.
Bu hodisa olimga shu qadar ta’sir qildiki, hasharoti
bilan ovora bo‘lganidan, butun tortgan azob-uqubat-
larini esidan chiqarib va kelgusida bo‘ladigan qiyin-
chiliklarni sira o‘ylamay qo‘ydi... Missis Ueldon bilan
352
Jyul Vern
Dik Send uni yangi hasharoti bilan chin ko‘ngildan
tabrikladilar.
Qorong‘i kechada qayiq daryo oqimi bilan suzib
ketaverdi. Faqat gippopotamlar bilan daryo labida shitir-
layotgan timsohlargina tungi jimlikni buzar edi.
Daraxtlar tepasidan to‘lin oy chiqdi. Uning mayin nuri
o‘t orasidagi teshiklardan kirib, qayiq ichini yoritardi.
Birdan o‘ng qirg‘oqdan xuddi allaqancha suv nasos-
lari ishlayotgandagidek g‘alati ovozlar eshitila boshladi.
Bilsalar, bir to‘da fillar daryoga suv ichgani kelgan ekan.
Ular kattakon xartumlarini bir ko‘tarar, bir yana suvga
tushirar edilar. Bu kat takon hayvonlar go‘yo daryodan
suvni ichib bitiradiganday tuyulardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |