Sen na zardusht, sen na buddiy, Sen na otash, sanam, Odamiylik dini birla Toza iymon, oʻzbegim



Download 17,32 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi17,32 Kb.
#294321
Bog'liq
Payvand


Payvand

“Sen na zardusht, sen na buddiy,

Sen na otash, sanam,

Odamiylik dini birla

Toza iymon, oʻzbegim.”

E.Vohidov

Sentabrning oʻrtalari edi.Ikkinchi marta davlat imtihonlaridan yiqilib, dodimni kimga aytishni bilmay, hamma narsadan hafsalam sovib turgan paytda Rossiyaga ketgan akam qaytib keldi.Uyoqda ishlab topgan pullariga shahar markazidan menga doʻkon ochib berdi.Oʻzi mashina olib, taksist boʻlib ishlashni boshladi.

Savdogarlik juda ajoyib kasb ekan.Birinchidan, tashqarida issiq, dim havo hukm surganda ham muzdek konditsioner tagida savdoyingni qilaverasan.

Ikkinchidan, biz,asosan, maktab formalari sotganimiz uchun xaridor uncha koʻp boʻlmas, boʻsh qolganimda oʻzim yoqtirgan kitoblarni oʻqib oʻtiraverardim.

Oʻsha kuni ham Rumiyning “Ichingdagi ichingdadur” kitobini varaqlab, bir jumla maʼnosini chaqolmay, peshonam tirishib oʻtirsam akam kirib keldi.Salom-alikdan soʻng:



  • Ertaga jumanamozni qishlogʻimizdagi eski masjidda oʻqiymiz - deb qoldi.

Qishloq masjidi biroz kichik boʻlib baʼzida odam sigʻmay ketardi.Qolaversa, shahar markazida, ikki chorraha narida yangi masjid qurilgandi.Shuni oʻylab akamni bu fikrdan qaytarmoqchi boʻldim.

  • Yonimizda Yangi masjid qurilgan-ku?Shuncha joyga borib, poygakda namoz oʻqib kelish shartmi?!

- Katta gapirganda “tarozi” qilmay “xoʻp” desang boʻlmaydimi?! - dedi akam biroz qizishib - menga otam aytdi.Oʻtgan juma borgan ekan.Yangi imom tayinlanibdi.Otam toza maqtadi.Shuni koʻrib kelamiz.

Otam aytgani uchun noiloj rozi boʻldim.Ertasi kuni oʻsha masjidga bordik.Yangi imom yosh, ozgʻingina, qirraburun yigit ekan.Namozdan soʻng imom “Oramizdagi oqibat yoʻqolib borayotgani, aka-uka, ota-bola bir-biri bilan arzimagan pul uchun hatto sudlashib, yuzkoʻrmas boʻlib ketayotgani” haqida uzoq maʼruza qildi.Shundan soʻng odamlar asta tarqala boshladi.Men ham endi ketmoqchi edim, akam imomni kutib turishimizni, u bilan koʻrishib keyin ketishimizni aytdi.

Imom hammadan keyin chiqdi.Akam uning yoniga borib, xuddi yetmish yil koʻrmagan qadrdonini koʻrib qolganday quyuq koʻrishdi.Toʻgʻrisi,uning koʻk koʻzlari menga ham kimnidir eslatar edi-yu, hech ismini eslolmayotgan edim.U sallasini yechdi.Ana shunda uning och jigarrang sochlariga, chap qulogʻi yonidagi kichkina chandiqqa koʻzim tushdi-yu, ismini beixtiyor pichirlab aytib yubordim.


  • Alimardon...

Xayolimda u bilan bogʻliq xotiralar jonlana boshladi...

* * * *


Biz oilamiz bilan shahardan uncha uzoq boʻlmagan Yoʻldosh Oxunboboyev dahasida yashardik.Uyimiz yonidan katta yoʻl oʻtgan boʻlib, u mahallamizni yoʻlning narigi tarafidagi koʻp qavatli uylardan ajratib turar edi.Men toʻrtinchida, akam sakkizinchi sinfda oʻqirdi.

Aprel yakshanbalaridan birida akam Shavkat, men va akamning sinfdoshi Javlon bilan uyimiz yonidagi ariqni kengaytirish topshirigʻini bajardik.Tushgacha ishni bitirib mastava ichib oʻtirsak, oʻsha “dom”lar orasidan sopi uzilgan portfelini quchoqlab olgan Alimardon chiqib keldi.Yuzi ham sochlaridek sap-sariq boʻlgan koʻkkoʻz bu bola Nasiba buvinig nevarasi edi.Ammo u umuman Nasiba buviga oʻxshamasdi.Sababini bilmadim-ku, negadir barcha mahalla bolalari undan oʻzini olib qochishardi.Oʻzi tengilar esa boʻlar-boʻlmasga tegishib, uni mazax qilishar edi.Mahallaning eng shoʻx bolasi hisoblangan akam ham bunday ishlardan quruq qolmasdi.

Hozir ham uni oʻziga tomon imlab chaqira boshladi.Alimardon bizni koʻrmadi, shekilli, oʻz yoʻlidan ketaverdi.Akam va Javlon yugurib borib uning yoʻlini toʻsishdi.


  • Hoy “sariqsoch”, nega chaqirsam koʻrmaganga olyapsan? - dedi akam boriboq yoqasidan ushlagancha.

  • Koʻrmay qolibman - dedi Alimardon sof oʻzbek tilida.

Akamdan bir sinf katta boʻlishiga qaramasdan, jussasi ancha kichik edi.Akam uni bor kuchi bilan siltab tashladi.Endi nima boʻlishini taxminan bilardim.Akam va Javlon aka oʻzidan katta bolalar bilan mushtlashganda doim shunday qilishardi:Akam yoqasidan ushlab, siltab yuborar, Javlon aka esa bor kuchi bilan musht tushirar va “dushman”ni yiqitardi.Biroq bu safar Javlon aka ulgirmadi.Ishni Nasiba buving ovozi buzdi.Nasiba buvi yetmish yoshlar chamasidagi kampir boʻlib, uyida kulcha pishirib sotardi.Namozni hech kanda qilmasdi,bolalarni jon dilidan yaxshi koʻrardi.Biz bolalar uni “Kulcha buvi” derdik.Avval aytganimdek, nevarasi unga aslo oʻxshamasdi.(Toʻrt bolasini yerga qoʻygach , Nasiba buvi Alimardon akani mehribonlik uyidan olti yoshida asrab olgan ekan.Asl ismi Aleksey boʻlgan bu bolani chaqaloqligida mehribonlik uyi eshigi oldiga tashlab ketishgan ekan.Nasiba buvi ham atay olma koʻchatiga gilos shoxini payvandlaganday rus bolani asrab olgan.Men bularni keyinchalik onamdan eshitgandim).Nasiba buvi:

  • Hoy bolajonlar, nega janjallashasan?Nimaga oʻrtoq boʻlib oʻynamaysanlar?Senga nima yomonlik qildi mening nevaraginam? - deb javraganicha akam siltaganda sochilib ketgan kitoblarini yigʻayotgan nevarasiga yordamlasha boshladi.

Shunda kitoblar orasida bir gʻalati haykalchani koʻrib qoldim.Qoʻllarini ikki tomonga keng yozib turgan odam shaklidagi haykalcha boshini yerga qaratib turar.Orqa tarafdan shu shakldagi temirga tutashib ketgandi.(Bu narsa Xristian dining muqaddas paygʻambari, Iso paygʻambarning tasviri ekanini din tarixi kitobidan bilib olganman).Alimardon haykalchani kitoblari orasiga solib buvisi bilan uyi tomon keta boshladi.Biz ham sovugan mastavamizni ichishga oʻtirdik.

Bu voqea kechqurun onamning qulogʻiga yetib bordi.Onam uzoq nasihat qilgach, akamdan Alimardon bilan yarashib olish vaʼdasini oldi.Men bilardimki, akam vaʼdasini tez unutib, hatto umuman aksini qilishi mumkin edi.

Ertasi kuni aynan shunday boʻldi.Maktabga ketayotganimizda bizdan ellik qadamlar narida Alimardon ketayotgandi.Aksiga olib, koʻchada hech kim yoʻq edi.Akam:


  • Hoy sariqsoch, toʻxta. - dedi.

Alimardon toʻxtab ortiga oʻgirildi.Akam papkasini menga tutqazgach, u tomon yugurib ketdi.Bu vajohatidan niyati yaxshi emasligini anglash qiyin emasdi.Alimardon portfelini yerga qoʻyib joyida jim turaverdi.Akam boriboq musht otdi.Musht Alimardonning chap yelkasiga tegdi.Ammo u yiqilmadi.Aksincha, akamni oyogʻidan chalib yubordi.Akam uning qoʻlidan tortishga ulgirdi.Akam ham, u ham birdaniga yiqildi.Alimardon akamning ikki qoʻlini tizzasi bilan bosib qolgandi.Hammasi shu qadar tez sodir boʻldiki, men nima qilishni bilmay qoldim.Jim tursam Alimardon akamni yengib qoʻyishi tayin edi.Yerdan bitta oʻrtacha toshni olib Alimardonga qarab otdim!Merganlik borasida maqtana olmasamda bu safar naqd moʻljalga tegizdim.Tosh chap yuziga, qulogʻining yonginasiga borib tegdi.Alimardon boltalangan daraxtday gup etib yerga quladi.Yaqinroq borganimda yerda qizil qon tomchilarini koʻrdim.Akamga qarasam, hech yeri tirnalmagan.Qon Alimardonning chap yuzidan oqardi.Qondan qoʻrqib ketgan akam papkasini oldi-da:

  • Qochamiz - dedi.

Ikkimiz maktab tomonga yugurib ketdik.

Uyga qaytganimizda yana oyimning nasihatlarini, otamning dakkilarini eshitishni oʻylab yuragim orqaga tortib ketardi.Ammo uyga qaytib shuni bildimki, Alimardon tongdagi voqeani hech kimga aytmabdi.

** ** ** **

Nihoyat oʻqish tugab, biz ham taʼtilga chiqdik.Oltiariqqa, qishloqqa, mehmonga bordik.Qishloqda ishlar bizning uydagidanda koʻpligi, kiprik qoqishga vaqt boʻlmasligi tufayli turli bahonalar bilan men uyga ertaroq qaytishga qaror qildim.Akam Fargʻonagacha olib kelib, avtobusga chiqarib yubordi.Avtobusda aqlligina boʻlib oʻtirsam, avtobusga Alimardon aka chiqib keldi.Men “yonimda akam yoʻqligi uchun qasosimni olay deb menga tashlanib qolsaya” deb xayol qildim.Lekin u menga aslo eʼtibor bermadi.Toʻgʻrimdagi oʻrindiqqa, qari bir cholning yoniga oʻtirib olib qoʻlidagi qalin kitobini varaqlashga tutindi.”Qiziq yozda ham kitob oʻqirkanmi?!Axir maktabni bitirdi-ku.” - deb oʻyladim men.

Konduktor yoʻl kirani yigʻa boshladi.Shunda choʻntagidan pul olayotgan Alimardonning qoʻliga oʻsha meni qiziqtirib qoʻygan “haykalcha” ilashib chiqdi.Buni koʻrib qolgan yonidagi chol xuddi ertakdagi ajinani koʻrganday seskanib ketdi va biroz nari surilib oldi.

Avtobus asta odimlab borar, derazalardan kirgan iyunning issiq havosi yuzga urilardi.Haydovchi radioni past qilib qoʻyib qoʻygan boʻlib, unda Sherali Joʻrayevning “Birinchi Muhabbatim” taronasi yangrab borardi.Aftidan, hamma oʻsha mashhur qoʻshiqni tinglab borardi.

Yo’lin yo’qotsa odam – muhabbatga suyangay,

G’ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay,

Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,

Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,

Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Toʻsatdan qoʻshiq tindi.Xonanda birinchi muhabbati kimligidan xabar berishga ulgirmadi.Haydovchi radioni pasaytirdi.

Derazadan qaradim-u, buning sababini tushundim.Doim haydovchilar “Jannat mozor” oldidan oʻtayotib qoʻshiqlarni oʻchirib qoʻyishardi.Odatda, bu vaqtda odamlar yuziga fotiha tortardi.Hozir ham kimdir shunchaki, kimdir chinakam ixlos bilan duo qildi.Alimardon ham nimalardir deb pichirladi-da, yuziga fotiha tortdi.Buni koʻrib turgan yonidagi chol yuzida ajablanish zohir edi.Chol:


  • Kofir ham musulmoncha duo qilarkanmi!? - dedi tomoq qirgancha va balodan hazar qilganday yana chekkaroqqa surilib oldi.

Cholning bu gapidan keyin avtobusdagilar ham asta pichirlashib olishdi.Alimardon shahd bilan oʻrnidan turdi.Keyin... asta joyiga oʻtirdi.Manziliga yetguncha jim ketdi.Uning koʻzlarida yosh aylanardi.Manzilga yetib tushayotganda, cholga qarab:

  • Men unday emasman! - dedi va tushib ketdi.

Men esa bu voqeadan lol-u hayron edim.

Nega anavi chol “haykalcha”dan qoʻrqib ketdi.

“Kofir” degan soʻzning maʼnisi nima?

Balkim, sariq sochlilarni ”kofir” deyishar?

Miyyamda shu kabi savollar aylanar, bularga javob berguvchi odam yoʻq edi.

** ** ** **

Kunlar oʻtib, iyul jaziramasi ham oxirlay boshladi.Bir kuni onam yur Kulcha buvinga ukol qilib kelamiz deb qoldi.Onam shifokor edilar.Avval biroz tixirlik qilgach baribir rozi boʻldim.Nasiba buvinikiga borish uchun orqa mahallaga oʻtish kerak edi.Buning uchun esa oʻzimizning mahallamiz boshiga chiqish kerak.Oʻzim boʻlsam-ku, orqa devordan oshib qoʻya qolardim.Onam bilan butun mahallani aylanib oʻtdik.Yetib borganimizda, Kulcha buvi guruch tozalayotgan ekan.Bizni kulib qarshi oldi.


  • Voy aylanay, Ozodaxon keling, kelavering - deb onam bilan koʻrishdi.Keyin meni yuzimdan chimchilab - Katta boʻlyapsanmi, Sanjarjon? - deb qoʻydi.

Ular men tushunmaydigan nimalardir haqida suhbatlasha boshladilar.Men asta hovlini koʻzdan kechirdim.Kulcha buving hovlisi torgina boʻlib, toʻrtta uydan tashkil topgandi.Kichkina tomorqa va burchakda tandir ham bor edi.Zerika boshladim.

  • Zeriksang, akangning yoniga kir.Birga oʻynaysizlar - dedi Nasiba buvi.

Bu taklif menga yoqib tushdi.Sekin Alimardon akaning xonasiga kirib bordim.U yana qanaqadir qalin kitobdan boshini koʻtarmay oʻqib oʻtirardi.Hatto meni payqamadi.

Uning xonasi tor, kreslo va kitob javoni, bitta parta xonani yanada toraytirib qoʻygandi.Men stol ustida turgan oʻsha haykalchani koʻrdim.Qoʻlimga olib, obdon tomosha qila boshladim.



  • Bu nima? - deb soʻradim.

Alimardon aka huddi oltinidan ayriladigan odamday qoʻlimdan haykalchani yulqib oldi.Men esa unga savol nazari bilan qarab turaverdim.U istar-istamay:

  • Bu onamdan qolgan... Qaytib kelsa, meni shundan tanib oladi - dedi qandaydir ishonchsiz ohangda.

Shundan keyin men , ehtimol, hayotimdagi eng ahmoqona savolni berdim:

  • Sizning onangiz yuzingizdan tanimaydimi?

U biroz jim boʻlib qoldi va javob oʻrniga “Sen nimaniyam bilarding?” deganday qarab qoʻydi-yu, yana kreslosiga oʻtirib kitobiga qarab oldi.Men nima qilarimni bilmay, biroz qotib turgach, tashqariga chiqdim.

Onam ham ketish taraddudida eshik yonida turgan ekan.



  • Sanjarjon, akang nima qilayotgan ekan?- deb soʻradi Kulcha buvi.

  • Kitob oʻqiyapti - dedim hafsalasizgina.

  • Shu bolam tushmagur juda kitobni koʻp oʻqiydi.Men katta odam boʻlishim kerak.Toshkanda oʻqishim kerak deydi.Ajabmas, men koʻrmagan kunlarni shu koʻrsa, mendan keyin chirogʻimni yoqib oʻtirsa... - dedi onamga qarab.

  • Unday demang, ona.Hali kelin olganingizda oʻzim xizmat qilaman.Bolangizni rohatini koʻrib yurasiz.

  • Iloyo aytganingiz kelsin, bolam.Umringiz uzoq boʻlsin.Qoʻshganingiz bilan qoʻsha qaring.Yana kelib turing, Ozodaxon.

  • Mayli, yaxshi qoling onajon.

Ortimizdan uzoq duo qilgach, biz uy tomon yoʻlga tushdik.

Bu Alimardon aka bilan oxirgi uchrashuvimiz ekan.Bir necha hafta oʻtgach ular Toshkentga, Kulcha buvining singlisinikiga koʻchib ketishdi.

** ** ** **

Oradan yillar oʻtib, men ularni eslamay qoʻygandim.Onamdan Alimardonning Toshkent Islom Universitetida oʻqiyotganini eshitgam boʻlsamda, uncha eʼtibor qilmagandim.Hozir esa u qarshimda turibdi...



Xayolimni yigʻib olganimda, Alimardon aka gapirayotgan edi:

  • ... yaqinda haj safaridan qaytdilar.Keyingi oyda sakson yoshga toʻladilar.Ozoda xolamni ham olib mehmonga boringlar.Sizlarni koʻrib juda suyunadilar.Oʻsha eski uyimizga koʻchib kelganmiz.Albatta boringlar.

  • Xoʻp, Xudo xohlasa, albatta, boramiz.Yoshlikni eslab, xangomalashib oʻtiramiz - dedi akam.

Keyin biz xayrlashdik.Meni yana oʻylar yetaklab ketdi:

  • Yoʻq, u allaqanday rus ayolning tashlandiq farzandi emas!Butun mahalla bolalariga kulcha tarqatadigan Nasiba buvimning oʻgʻli.Olmaning tagiga olma tushadi.Qayerda, qanday sharoitda tugʻilganing emas, kimdan tarbiya olganing muhim ekan bu dunyoda - deb oʻylardim.

Tamom

2019-yil.
Download 17,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish