2-KURSLARGA FIZIKADAN TEST (olimpiada uchun)
1. Quyidagi tasvirlangan rasmda A, B,V-uchta teshilar bor. Agar idish suvga to’ldirilib, vertiklal holatda tashlab yuborilsa , qaysi teshiklardan suv oqadi?
2. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri?
A) Izotermik jarayon (T=const) da ideal gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi;
B) Izoxorik jarayon (V=const) da termodinamik ish nolga teng va sistemaga berilgan issiqlik miqdori to’lig’icha uning ichki energiyasini o’zgartirishga sarflanadi;
C) Izobarik jarayon(p=const)da sistemaga berilgan issiqlik miqdori uning ustida ish bajarishga va sistemaning ichki energisini o’zgartirishga sarflanadi;
D) Yuqoridagi javoblarning barchasi noto’g’ri
3. Quyidagi gapni mazmuniga mos ravishda davom ettiring: Izotеrmik jarayonda …
A) p va V o’zgaradi, T o’zgarmaydi
B)V va T o’zgaradi p o’zgarmaydi.
C) p va T o’zgaradi V o’zgarmaydi.
D) R, V va T o’zgaradi ammo tashqi muxit bilan issiqlik almashinish yuz bеrmaydi.
4. Teng bo’laklarga bo’lingan, bir jinsli balkalar uch hil shaklda muvozanatda turibdi. Iplardagi taranglik kuchlari T1, T2 va T3 ga teng. Bu iplardagi taranglik kuchlari orasidagi bog’lanish qanday bo’ladi?
(Sin30=Cos60= 0,5; Sin53=0,8)
A) T1=T3>T2
B) T2>T3>T1
C) T1>T2>T3
D) T3>T2>T
5. Massalari tеng bo’lgan vodorod va kisloroddagi molеkulalar soni nеcha marta farq qiladi?
M(O2)=32 g/mol; M(H2)=2 g/mol.
A) 64 B) 32 C) 16 D) 18
6. Qanday ulanishda zanjirdagi umumiy kuchlanish uning har bir qismidagi kuchlanishlar yig’indisiga teng bo’ladi.
A) ketme-ket B) parallel
C) aralash D) U=const da.
7. Gapni mazmuniga mos ravishda to’ldiring : Jism ichki energiyasining hech qanday ish bajarilmasdan o’zgarishiga …deyiladi.
A) Issiqlik uzatish; B) Konveksiya
C) Diffuziya; D) Sublimasiya;
8. Mashina 20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Mashina g’ildiragining Yerga tegib turgan nuqtasi g’ildirak o’qiga nisbatan qanday tezlik bilan harakatlanadi ?
A) 20 m/s B) 40 m/s C) 0 D) 10 m/s
9. 2 mol geliy 200C dan -800C gacha sovutilganda uning ichki energiyasi qanchaga kamayadi?(kJ)
A) 2,5 B) 25 C) 8,31 D) 16,62
10. Qotish yoki kristallanish deb nimaga
aytiladi ?
A) Moddaning suyuq holatga o’tishiga
B) moddaning suyuq holatdan kristall holatga o’tishiga
C) Erish haroratidagi moddaning suyuq holatdan qattiq holatga o’tishiga
D) Suvning muzga aylanishiga
11. Kristall jismlar quyidagi xossalarning qaysi biriga ega? 1. anizotrop,2. izotrop, 3. muayyan erish temperaturaga ega, 4. Shaklini ham saqlaydi, hajmini ham saqlaydi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2
12. O’z og’irligi ta’sirida uzilib ketishi uchun qanday uzunlikdagi po’lat sim olsh kerak ? Po’latning mustahkamlik chegarasi 500 MPa, zichligi esa 7800 kg/m3
A) 5400 m B) 6800 m
C) 6400 m D) 7200 m
13. 360 kPa mustahkamlik chegarasiga ega bo’lgan g’ishtdan 20 m balandlikkacha devor ko’tarish mumkin bo’lsa, g’ishtning zichligi qanchaga teng (kg/m3) ?
A) 1800 B) 180 C) 360 D) 3600
14. Bikrligi 2000 N/m bo’lgan sterjen 3 mm ga cho’zilsa uning energiyasi qanchaga ortadi?
A) 0,09 J B) 0,9 J
C) 0,18 J D) 0,009 J
15. Parallel ulanishda kuchlanishlar qanday bo’ladi?
A) Uum=Ul+U2+...+Un B) Ul=U2=...=Un
C) U=U1+U2, U2=U2+U3 D) U=I.R
16. Suv molеkulasining o’rtacha kinеtik enеrgiyasi uning 100 0C haroratli suvida kattami yoki shunday tеmpеraturali bug’idami?
A) Ikkalasida tеng
B) Suvida katta
C) Javob bug’ning to’yingan yoki to’yinmaganligiga bog’liq
D) Bug’ida katta
17.Boyl-Mariott qonuni qanday jarayonga tеgishli?
A)Izoxorik B)Izobarik
C)Izotеrmik D)Adiabatik
18. 1 N kuch birligini ta’riflang:
A) 10 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beradigan kuch
B) 1 kg massali jismni 1 m ga ko’chiradigan kuch
C) 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beradigan kuch
D) 1 kg massali jismga 1km/s2 tezlanish beradigan kuch
19. Gazning harorati 27 0C da 30 l hajmni egallagan. Bosimni o’zgartirmasdan, hajmni 5 l ga orttirish uchun gazning haroratini nеcha K ga ko’tarish kеrak?
A) 50 B) 30 C) 32 D) 300
20. Tеmpеratura qanday asboblarda o’lchanadi? 1-tеrmomеtr, 2-tеrmistor, 3-bolomеtr, 4-manomеtr
A) 1 B) 2 C) 3,4 D) 1,2,3
21. Quyidagi qaysi munosabat molеkulyar-kinеtik nazariyaning asosiy tеnglamasidir?
A) B)
C) D)
22. 36 sm3 hajmdagi suvda nеchta molеkula bor? NA=6.02.10 23 mol-1
A) 2,4 .10 26 B) 3,6.10 26
C) 6 .10 24 D) 1,2 .10 24
23. Qayiq qirg’oqqa tik yo’nalishda 4 m/s tezlik bilan harakatlnayapti. Daryoning oqim tezligi 3m/s va uning kengligi 200 m bo'lsa, qayiq narigi qirg’oqqa o’tguncha suv uni qancha masofaga oqizib ketadi ?
A) 300 m B) 50 m C) 150 m D) 25 m
24. Sportchi stadiondagi uzunligi 400 m bo'lgan yugurish yo’lakchasini 2 marta aylanib, start berilgan joyga qaytib keldi. Sportchining bosib o’tgan yo’li L va ko’chishi S nimaga teng ?
A) L=S=0 B) L=800 m, S=0
C) L=400 m, S=800 m D) L=S=800 m
25. Erkin tushayotgan jismning boshlang'ich tezligi 6 m/s bo'lsa, uning 1 s dan keyingi tezligini toping.
A) 12 m/s B) 7 m/s C) 20 m/s D) 16 m/s
26. Jism v0 boshlang’ich tezlik va a=const tezlanish bilan to'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat qilmoqda. Jism qancha masofani bosib o’tgandan so’ng tezligi 2 marta kamayadi?
A) B) C) D)
27. Koptokning yuqoriga ko’tarilish balandligini 4 marta orttirish uchun uning boshlang'ich tezligini necha marta orttirish kerak?
A) marta B) 2 marta
C) 4 marta D) 8 marta
28. Sun’iy yo’ldoshning tezligi samolyotning tezligidan 30 marta katta, samolyotning massasi esa yo’ldoshning massasidan 30 marta katta. Ularning impulsini taqqoslang.
A) samolyotniki 900 marta katta;
B) samolyotniki 900 marta kichik
C) teng;
D) samolyotniki 30 marta katta
29. Sol daryo bo’lab 6 km/soat tezlik bilan suzib ketayapti. Sol ustidagi odam harakat yo’nalishiga tik ravishda 8 km/soat tezlik bilan harakatlanayapti. Qirg’oqqa nisbatan odamning tezligi qanchaga
teng ? (km/soat)
A) 2 B) 10 C) 7 D) 14
30.Qarshiligi 24 Ω ga moljallangan iste’molchidan 0.5 A tok o’tayotgan bo’lsa istemolchi qanday kuchlanishga ulangan?
A) l2 V B) 48 V C) 36V D) 3 V
31. Uchlaridagi kuchlanish U=110 V bo’lgan o’tkazgichdan t=3min davomida q=250 C zaryad o’tgan bo’lsa, bu o’tkazgichning qarshiligi qancha ?
A) 7,92 Ω B) 79,6 Ω
C) 1,32 Ω D) 79,2 Ω
32. 220 V kuchlanishga mo’ljallangan iste’molchi 11 Ω qarshilikka ega bo’lsa, undan qanday kattalikda tok o’tgan?
A) 20 A B) 0.05 A
C) 2420 A D) 0.02 A
33. Ko’ndalang kesim yuzi 150 mm2, solishtirma qarshiligi ρ=2.8.10 8 va uzunligi 120 km bo’lgan o’tkazgich uchlaridagi kuchlanish 3584 kV bo’lsa,tok kuchining qiymatini toping.
A) 160 μA B) 16 μA
C) 1,6 mA D) 0,16 μA
34. Qarshiligi 20 Ω bo’lgan o’tkazgichdan 2 minut vaqt ichida 360 C zaryad o’tgan. O’tkazgich uchlaridagi kuchlanishni toping.
A) 60 V B) 0.33 V
C) 120 V D) 220 V
35. Qarshiliklar ketma-ket ulanganda umumiy tok kuchi qanday bo’ladi?
A) Ium=I1+I2+.....+In B) Ium=I1=I2.....=In
C) Ium=U/r D) Ium=I1=...In=0
36. Zanjirda Rum=185 Ω, R1=25 Ω,
R 2=30 Ω, R4=80 Ω. R3 - ?
A) 50 Ω B) 275 Ω
C) 150 Ω D) 45 Ω
Tuzuvchi: Iftihor Yulchiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |