Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

346
Jyul Vern
– Voy, Dingo, seni qara-yu, – deb javob qay tardi 
Gerkules, – uyat emasmi, a! Aytmayman deb va’da ber-
gan eding-ku!
Darhaqiqat, o‘z jonini ayamay Dik Sendni qutqazib 
olgan shu Gerkules edi! Ammo kamtarligi orqasida buni 
aytgisi kelmas edi. Lekin u bu harakatini qahramonona 
bir ish deb hisoblamasdi, uning o‘rnida har bir kishi ham 
xuddi shunday qilardi, der edi.
Shu suhbatdan keyin Gerkulesning bechora ham-
rohlari – Tom, uning o‘g‘li Bat, Akteon va Ostinlar 
to‘g‘risida gap boshlandi. Hozir u bechoralarni Katta 
ko‘llar tomoniga haydab ketayotirlar. Gerkules ularni 
qul karvoni ichida ko‘rgan ekan. U karvon ketidan bi-
roz ergashib boribdi-da, lekin ular bilan aloqa bog‘lay 
olmabdi. Bechoralarni haydab olib ketdilar!.. Ularning 
ishi chatoq edi...
Haligina xoxolab kulayotgan bechora Gerkulesning 
ko‘zlaridan yoshlar dumalab tushdi. U ko‘z yoshlarini 
boshqalardan yashirishga urinmasdi ham.
– Yig‘lamang, do‘stim, – dedi missis Ueldon. – Menim-
cha, siz hali o‘rtoqlaringiz bilan ko‘rishasiz!
Missis Ueldon Alvetsning qo‘rg‘onida bo‘lgan voqealar-
ni Dik Sendga birma-bir gapirib berdi.
– Ehtimol, Kazondeda qolganimiz xavfsizroq bo‘lardi, 
– dedi u eng oxiri.
– Bo‘lmasa, men chakki ish qilibman-da? – de di 
Gerkules xafa bo‘lganday.
– Hech-da, Gerkules! – deb e’tiroz bildirdi Dik Send. – U 
ablahlar mister Ueldonni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ladilar. 
Bizlar Negoro Mosamedishga qaytib kelganiga qadar 
hammamiz birga qirg‘oqqa yetib olishimiz kerak. U yerda 
bizlarni portugal hukumat odamlari o‘z panohiga oladi. 
Alvets o‘zining yuz ming dollarini olay deb kelgandan 
keyin...
– Boshiga yuz ming tayoq yeydi, u qari ablah! – deb 
Dikning so‘zini bo‘ldi Gerkules. – Buni o‘zim qilaman!


347
«O‘n besh yoshli kapitan»
Missis Ueldonning Kazondega qaytib borishi to‘g‘risi-
da gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Demak, qanday 
bo‘lmasin, u yoqqa Negorodan oldinroq yetib olish kerak 
bo‘ladi. Buning uchun Dik Send bor chorani ko‘rishga 
qaror berdi.
Yosh kapitan o‘zining, daryo oqimi bilan dengiz 
qirg‘og‘iga chiqib olish kerak, degan maqsadiga en di 
erishadigan bo‘ldi.
Daryo shimol tomonga qarab oqyapti. Uni Kongo dar-
yosiga quyiladi, deb o‘ylash ham mumkin edi. Bu holda 
Dik Send bilan uning ham rohlari San-Paolo de Loandaga 
chiqish o‘rniga, Kongo daryosining etak tomoniga kelib 
qolardilar. Bundan ular xavotirda emasdilar, chunki ular 
San-Paolo de Loandadagi singari, Gvineya mustamlaka-
larida ham yordam olishlari mumkin.
Dik bu safar suv o‘simliklaridan to‘qilgan suvda suzuv-
chi orolchada sayohat qilmoqchi bo‘ldi.
49 
Ammo Gerkules 
sargardon bo‘lib yurgan mahalida bir qayiqqa duch kelib 
qoldi. Bu ish juda soz bo‘ldi. Gerkules topgan qayiq yer-
liklar daryoda suzib yuradigan torgina oddiy qayiqlardan 
emasdi. Bu ko‘p yuk ko‘taradigan va uzunligi o‘n metr, eni 
bir metrdan kengroq keladigan katta bir qayiq edi. Missis 
Ueldon bilan uning hamrohlari bu qayiqqa yaxshilab joy-
lashib olishdi. Qayiqni daryo tez oqizib ketayotganidan, 
quyruqqa bitta eshkakchi qo‘yilsa kifoya edi.
Boshda Dik yerliklarga ko‘rinmaslik uchun faqat ke-
chasi suzishga qaror berdi. Biroq yigirma to‘rt soatdan 
faqat o‘n ikki soatgina suzib borilsa, sayohat ikki baravar 
uzoqqa cho‘zilib ketardi. Shunda Dikning miyasiga: qa-
yiqning ustini o‘t bi lan niqoblab qo‘ysa bo‘ladi-ku, degan 
qiziq bir fikr keldi. Buning uchun kemaning ikki chetiga 
ikkita uzun xoda qo‘yildi. Xodalar ustidan to suvgacha 
o‘tlar bilan chirmaldi. Niqoblangan qayiq suvda suzib 
borayotgan kichkina orolchaga o‘xshab qoldi. Endi qayiq 
49
Kameron Afrika daryolarida bunday orolchalarni ko‘p 
ko‘rgan edi

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish