NUQTA VA QATTIQ JISMLARNING AYLANMA VA TUGALLANMA HARAKATINI O'RGANISH
Reja:
Nuqta harakatining berilish usullari. Nuqtaning tezligi va tezlanishi
Qattiq jismning eng sogga harakatlari
Nuqtaning murakkab harakati
Tayanch iboralar: kinematika, fazo, vaqt, harakat, metr, soniya (sekund), ko’chish, kinematikaning asosiy masalasi, vektor usuli, koordinatalar usuli, tabiiy usul, tezlik, tezlanish, ilgarilanma harakat, absolyut qattiq jism, aylanma harakat, aylanish o’qi, aylanma harakat tenglamasi, burilish burchagi, burchak tezlik, burchak tezlanish, aylanma harakat qilayotgan nuqtaning tezligi, aylanma harakat qilayotgan nuqtaning tezlanishi, aylanma harakat qilayotgan nuqtaning tezlik va tezlanish vektorlari, nisbiy harakat, ko’chirma harakat, absolyut harakat, nisbiy tezlik, nisbiy tezlanish, ko’chirma tezlik, ko’chirma tezlanish, absolyut tezlik, absolyut tezlanish, qo`zg`almas sanoq sistema, qo`zg`aluvchan sanoq sistema, tezliklarni qo`shish haqida teorema.
Kinematikaning asosiy tushuncha va qoidalari.
Jismlarning harakatini ularga ta‘sir etuvchi kuchlar va inertligini (massasini) e‘tiborga olmay, sof geometrik nuqtai nazardan o’rganuvchi nazariy mexanikaning bir qismiga kinematika deyiladi.
Kinematika so`zi yunoncha «kinema» so`zidan olingan bo`lib, harakat ma‘nosini anglatadi. Jismning vaqtga bog’liq ravishda fazoda boshqa jismlarga nisbatan vaziyatini o’zgartirishiga mexanik harakat deyiladi.
Harakat tushunchasi fazo, vaqt va jism (nuqta) tushunchalari bilan chambarchas bog`liq. Vaqtning turli momentlarida harakatlanuvchi jism (yoki nuqta) ning boshqa jismlarga nisbatan holatini aniqlash uchun sanoq sistemasi tanlanadi. Sanoq sistemasini shartli ravishda qo’zg`almas deb olish yoki harakatdagi jismga biriktirilgan deb qarash mumkin.
Jismning fazoda qiladigan harakati vaqt o`tishi bilan sodir bo’ladi. Mexanikada fazo uch o’lchovli Yevklid fazosi deb qaraladi. Undagi barcha o’lchashlar Yevklid geometriyasi usullari asosida olib boriladi. Uzunlik o’lchov birligi qilib 1 m olingan.
Vaqt uzluksiz o’zgaruvchan va skalyar kattalik. Kinematika masalalarida t vaqt mustaqil o’zgaruvchan (argument) deb qabul qilinadi. Qolgan boshqa o’zgaruvchan kattaliklar (masofa, tezlik va b.q.) vaqt o`tishi bilan o’zgaruvchan kattaliklar yoki t vaqtning funksiyasi hisoblanadi. Vaqtni hisoblash boshlang’ich moment (t=0) dan boshlab olib boriladi.
Ko’chish va harakat tushunchalari kinematikaning asosiy tushunchalaridir. Nuqtaning ma‘lum vaqt oralig’ida fazoda bir holatdan boshqa holatga ixtiyoriy ravishda o`tishi ko’chish deyiladi. Nuqtaning boshlang’ich holatdan oxirgi holatga vaqtga bog’liq holda aniq bir usulda o`tishiga harakat deyiladi. Fazoda harakatlanayotgan nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog’lanishni ifodalovchi tenglamaga nuqtaning harakat qonuni deyiladi.
Kinematikaning asosiy masalasi nuqtaning (jismning) harakat qonunlarini o’rganishdan iborat. Agar nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan harakat qonuni berilgan bo`lsa, nuqta harakatining kinematik harakteristikalari: traektoriya, tezlik va tezlanishlarni aniqlash mumkin bo’ladi. Biror sanoq sistemasiga nisbatan harakatlanuvchi nuqtaning qoldirgan iziga traektoriya deyiladi.
Har qanday qattiq jismni nuqtalar to’plamidan iborat deb qarash mumkin. Shu sababli jism harakatini o’rganish uchun uning nuqtalari harakatini o’rganishga to’g’ri keladi. Dastlab nuqta kinematikasini o’rganib, undan keyin qattiq jism kinematikasini o’rganishga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |