His-tuyg’u va kayfiyat
Kayfiyat va holat
Harakat va kayfiyat
Ertaklar va kayfiyat
Men va mening oilam
O’z-o’zimni baholashim
Bola tengdoshlari orasida
Tabiat va kayfiyat.
Rang va kayfiyat
Qo’rquv bilan kurashish
Psixogimnastika
Kayfiyat va his-tuyg’ularni o’rganamiz
Emotsianal holatlarning turlari
Gnomlarga bir qara-chi, ularning kayfiyatlari qanday? Seni va seni o’rtoqlaringni
kayfiyati ham shunday turlicha bo’lishi mumkinmi?
Sen nima deb o’ylaysan, sharlar nimani his qilyapti?
Rasmni tegishli kayfiyat bilan birlashtir
Rasmga diqqat bilan qara. Eng quvnoq quyonchani ko’rsat
Bolalarning kayfiyatini aniqla. Kim uyalgan, kim qo’rqgan? O’ylab ko’rchi, ular bilan
bog’liq qanday voqea bo’lgan ekan?
Qizchaning hozirgi kayfiyati yengil havo shariga o’xshaydimi, nima uchun?
Rasmlaning qaysi biri sening kayfiyatingga bog’liq. Nima uchun shu rasmni
tanlaganingni tushuntirib ber.
Har bir bolaning kayfiyatiga diqqat bilan qara. Bola nimani o’ylayapti? Rasmini
chizib qo’y.
Rasmlarga diqqat bilan qara. Oynani oldiga borib bulutchaga o’xshab qoshlaringni
uyib ol, bo’riga o’xshab jahl bilan qara, qo’rqayotgan quyonchani tasvirla, bolakayga
o’xshab hayron bo’l, quyoshchaga o’xshab jilmayib ko’r.
Yalmog’iz kampir bolalarni qanday hayvonga aylantirib qo’yganini aniqla.
Kayfiyat va holat
Turli holatlarda biz turli kayfiyatda bo’lamiz. Bu rasmlardagi odamlarning kayfiyati
qanday, tushuntirib ber.
Bu holatga siz qanday yuzni qo’ygan bo’lar edingiz?
Harakat va kayfiyat
Bolalarning bu hatti-harakatlari senda qanday hislarni uyg’otayapti?
Sen nima deb o’ylaysan kuchuklar ham yig’laydimi?
Qanday holatlarda yig’laydi? Aytib ber.
Qush va hayvonlarga qanday bolalar azob beradilar?
Rasmdagi bolalarning kayfiyati qanday?
Kuchukchaning-chi?
Sen nima deb o’ylaysan, qizcha nima uchun yig’layapti?
Qizchaning yig’lashi senda qanday kayfiyat uyg’otdi?
Sen oxirgi marta qachon yig’lading, nima uchun?
Sen oxirgi marta kimni yig’latding, nima uchun?
Turli vaziyatlardagi kayfiyatni aniqla. Rasmdagi holat senda qanday kayfiyat
uyg’otdi?
Ertaklar va kayfiyat
Bu qanday ertak? Cholning kayfiyati ertakning oxirida qanday o’zgardi? Nima
uchun?
Ertak qaxramonlaridan qaysi biri ayyor, injiq, jahldor, quvnoq, mehribon, hafa?
Nima uchun?
Qalam bilan chiziqni shunday chizginki, qog’ozning bir tarafida mehribon ertak
qahramonlari, ikkinchi tarafida jahldor etrak qahramonlari hosil bo’lsin.
Tasavvur qil, jahldor qahramonlar mehribon bo’lib qolishsa nima bo’ladi? Jahldor
bo’g’irsoq va mehribon Yalmog’iz kampir haqida ertak to’qing
Rangli qalamlar bilan ikki rasmni turli ranglarga shunday bo’yaginki biri
kayfiyatingni ko’tarsin, biri hafalik kayfiyatida bo’lsin
Men va mening oilam
Oila a’zolarining yuzini shunday chizginki bitta rasmda ular quvnoq bo’lishsin,
ikkinchi rasmda hafa bo’lishsin. Sen nima deb o’ylaysan ularning bu kayfiyatiga
nima sabab bo’ldi?
O’z-o’zimni baholashim
Zinapoyaning eng yuqorisida eng yaxshi bolalar, keyingisida yaxshi, o’rta xulqli,
yomon va eng yomon bolalar turadilar. Sen o’zingni qaysi zinaga qo’yasan? Oying,
adang, akang, opang seni qaysi zinaga qo’yishadi, Nima uchun tushuntirib ber.
Eng yaxshi
yaxshi
O’rta
Yomon
Juda ham
yomon
Bola tengdoshlari orasida
Sen begona joyga kelganingda, notanish odamlar bilan uchrashganingda
hayajonlanishing mumkin. Agar birinchi qdamni Sen bossang bu holat tez o’tib
ketadi va Sen yangi do’stlar topasan. Ushbu rasm asosida hikoya tuz. Qizcha kim
bilan do’st bo’lishi munkin?
Kattalar davrasida
Men va mening oilam
O’z oilang haqida so’zlab ber
Tabiat va kayfiyat.
Rasmlarga diqqat bilan qara. Tabiatning bunday hodisalari senda qanday kayfiyatni
uyg’otadi.
Yil fasllari senda qanday kayfiyat uyg’otadi?
Rang va kayfiyat
Dyumchaxonning kayfiyati qanday? U bugun sayrga chiqish uchun qaysi
ko’ylakni tanlaydi? Nima uchun
?
Qo’rquv bilan kurashish
Hamma odamlar nimadandir qo’rqadilar. Buning yomon tomoni yo’q. Agar
qo’rquv tez-tez takrorlansa u bilan kurashish kerak. Rasmlarga bir qara,sen
ulardan qo’rqyapsanmi? Bo’sh katakchaga o’z qo’rquvingni rasmini chiz!
Sen qo’rqgan narsan rasmini qafasga solishing, qog’ozga chizib yirtib tashlashing
mumkin, qo’rquving qo’rqinchli emas!
Bola nega qo’rqyapti?
Qo’rquv bilan kurashamiz
Maqollar mazmunini o’ylab ko’r
Qo’rquvning ko’zlari katta
Chumchuqdan qo’rqgan tariq ekmaydi
Qo’rqganga qo’sha ko’rinadi
Psixogimnastika
Xursandlik
Xonaga Ravshan va Jasurning onasi
kirib keldi. Ona bolalarga qarab: O’yinni
tugatinglar bir soatdan so’ng sirkka
ketamiz! – dedi va chiptalarni ko’rsatdi.
Bolalar xursandligidan raqsga tushib
ketishdi.
Hayronlik
Mushukcha
Solihaning “Mosh” ismli qop-qora
mushukchasi bor edi. Bir kuni mosh
o’ynab yurib un qopiga tushib ketdi.
Soliha qarasa xonada oppoq begona
mushuk yuribdi. Soliha hayron bo’ldi:
“Mening qora mushugim qani ekan?”
Jirkanish
Sho’r choy
Buvisi ko’z oynagini yo’qotib
qo’yda
va
Odiljonning
choyiga shakar o’rniga tuz
solib qo’ydi. Odiljon choyni
ichib: “Muncha ham jirkanch
ekan bu choy!” - dedi
Hafalik
Zolushka
Zolushka uyga juda hafa bo’lib
qaytdi. Endi uning chiroyli
ko’ylagi ham, aravasi ham
yo’q. Eng yomoni u billur
tuflisini yo’qotib qo’ydi.
Qo’rquv
Momoqaldiroq
Tashqarida momoqaldiroq gumburladi, jala quydi. Laylo uyda bir o’zi, yolg’iz. U
deraza oldida turib ota-onasini kutyapti. Kuchli chaqmoq chaqganda u juda
qo’rqib ketdi.
Jahl
Ikki jahldor bola
Sarvar va Bobur baqirishib
ketishdi.
Qoshlarini
chimirishdi,
qo’llarini
mushtlashdi, silkitishdi, bir-
biriga tashlanib urishib ketay
deyishyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |