326
Jyul Vern
shart qilib qo‘yaman. O‘lsam ham erimning bu yerga
kelishiga rozi bo‘lmayman.
Biroz ikkilanib turgandan keyin Negoro mis sis Uel-
donning shartlarini qabul qildi. Bu shartlar quyidagicha
edi; Jems Ueldon Afrikaning ichkarisiga xatarli safar
qilmaydi. Jems Ueldon qul
savdogalarining kemalari
qatnab turadigan Angolaning janubidagi kichkinagina
Mosamedish portiga kelishi kerak. Negoro bu portni
yaxshi biladi. U mister Ueldonni o‘sha yerga olib ke ladi.
Alvetsning agentlari missis Ueldon bilan Jekni va Bene-
dikt tog‘ani belgilangan vaqtda o‘sha Mosamedish portiga
olib borishadi. Mister Ueldon «tovon»ni to‘lagandan keyin
asirlar ozod qilinadi, mister Ueldon bilan «halol do‘stlik»
vazifasini bajargan Negoro esa ularning ko‘ziga ko‘rinmay
g‘oyib bo‘ladi.
Mosamedish bilan Kazonde o‘rtasidagi masofani bosib
o‘tishdan missis Ueldon xavotir olmas edi. Agar bu olti
yuz millik yo‘l xuddi Kuanzadan Kazondega kelgandagi
singari o‘tilsa, ular faqat charchaydi, xolos. Shu bilan
birga «tovon»dan o‘z hissasini oladigan Alvets ham asirlar-
ni u yerga eson-omon yetkazib berishga harakat qiladi.
Missis Ueldon Negoro bilan bu to‘g‘rida bir qarorga
kelgach, eriga xat yozib berdi. Negoro o‘zi ni
missis Uel-
donning bir amallab asirlikdan qochib ketgan sodiq xiz-
matkori qilib ko‘rsatishi lozim edi. Albatta, Jems Ueldon
xatni olgan zamoni Negoro bilan Mosamedishga jo‘naydi.
Negoro xatni olib, ertasiga yigirmata negr soqchi bilan
shimol tomonga qarab jo‘nab ketdi. Nega u shimol yoqqa
ketdiykan? Yoki u Kongo daryosining etak tomoniga
qatnaydigan birorta kemaga o‘tirib jo‘namoqchi bo‘ldimi-
kan-a? U ilgari portugaliyalar qo‘liga tushgani sababidan,
Portugal shaharlari orqali yurmaslikka ahd qilganmikan?
Shunday bo‘lishi ham mumkin. Nima bo‘lsayam u Al-
vetsga shunday deb tushuntirib ketdi.
Endi missis Ueldonga Negoroning
qaytib kelishini sabr
qilib kutishdan boshqa iloj qolmadi.
327
«O‘n besh yoshli kapitan»
Uning San-Fransiskogo borib kelishi uchun uch-to‘rt
oy vaqt kerak bo‘lardi.
Missis Ueldon Alvetsning qo‘rg‘onidan ketishni o‘yla-
mas edi. Bu yerda o‘zi, o‘g‘li va Benedikt tog‘a anchagina
xavfsiz yashay oladilar. Jonkuyar Halimaning g‘amxo‘rligi
uning asirlik holatini an cha yengillashtirardi. Undan
keyin, qul savdogari asirlarni o‘z qo‘rg‘onidan chiqarib
yubormasligi ham bor. Alvets «tovon»dan ko‘p daromad
olishni o‘ylab, asirlarni qattiq nazorat qilib turishni
buyurdi. U bu masalaga shunchalik katta ahamiyat
berdiki, hatto Vixe bilan Kassangodagi qo‘rg‘onlariga bo-
rishni ham bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘ydi. Tinch yashovchi
qishloqlarga bosqinchilik qilish uchun yuborilayotgan
yangi to‘daga uning o‘rniga Koimbra bosh bo‘lib ketdi.
Negoro safarga jo‘nashi oldidan missis Ueldon
to‘g‘risida Alvetsga ancha o‘git-nasihatlar qildi. U missis
Ueldonni juda hushyor bo‘lib
saqlashni maslahat berdi,
chunki Gerkulesga nima bo‘lgani hozircha ma’lum emas
edi. Basharti, pahla von negr xatarli o‘rmonlarda halok
bo‘lmagan bo‘lsa, u hech shak-shubhasiz, asirlarni Al-
vetsning qo‘lidan qutqazib olishga harakat qilib ko‘radi.
Qul savdogari katta daromadni qo‘ldan boy bermaslik
uchun nima qilish kerakligini juda yaxshi tushunib oldi.
U o‘zimga qanday ehtiyot bo‘lsam, missis Ueldonni ham
xuddi shunday
ehti yot qilib asrayman, dedi.
Asirlikda kun o‘tkazish doim bir xilda va juda ko‘ngilsiz
edi. Qo‘rg‘ondagi hayot oddiy negr shahridagi hayotdan
hech bir farq qilmas edi. Alvets o‘z qo‘rg‘onida Kazonde
aholisining urf-odatlariga qattiq amal qilar edi. Shahar-
dagi ayollar nima ish qilsa, qo‘rg‘ondagi ayollar ham shu
ishlarni bajarar edi. Ular no‘xat bilan manioka ekadilar,
qo‘l tegirmonda jo‘xori maydalaydilar,
zaytun daraxtiga
o‘xshash mpafu daraxtining mevasidan yog‘ chiqazadi-
lar, ovqat pishiradilar, banan mevasi bilan asaldan pivo
va o‘tkir vino tayyorlaydilar, ip eshadilar, yigiradilar,
to‘qiydilar, uy hayvonlari bi lan parrandalarni boqadilar
– qisqasi, ro‘zg‘orning hamma ishlarini qiladilar.