Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

328
Jyul Vern
Erkaklar esa tamaki yoki af’yun chekish bilan ovora. 
Gohida ular, hafsala kelganda fil oviga chiqadilar yoki 
tinch yashovchi aholiga bosqinchilik qilishga boradilar.
Missis Ueldon Alvetsning qo‘rg‘onini aylanib yurganda
ba’zan yerlik ayollarning ishlayotgan joyiga kelib, ular-
ning doim bir xil harakat qilayotgan qo‘llarini tomosha 
qilib turardi. Negr ayollar unga xo‘mrayib qaraydilar. 
Ular missis Ueldonni asir ekanini bilsalar ham, oq 
tanli bo‘lgani uchun baribir yomon ko‘rar edilar. Faqat 
Halimagina boshqacha edi. Missis Ueldon yerlik tilning 
bir qancha so‘zlarini o‘rganib, Halima bilan biroz gapla-
shadigan bo‘lib qoldi.
Odatda kichkina Jek onasi bilan qo‘rg‘onda to mosha 
qilib yurar edi. Qo‘rg‘onning bog‘ida ancha qiziq narsalar 
bor edi: baland-baland baobab daraxtlari uchida xuddi 
qora kamzul, oq shim kiy gan beso‘naqay qari kal chi-
novniklarga o‘xshash gerdaygan laylaklarning novdadan 
o‘rib to‘qilgan uyalari ko‘rinib turardi. Daraxtlarning 
shoxlarida qip-qizil ko‘krakli, malla-bo‘z patli kichkinagina 
qushchalar o‘tiribdi. Bular qush uyasi to‘quvchi «ustalar» 
edi. Yerda esa tul qolgan yakka qushlar sakrab-sakrab, 
yerda qolgan donlar bilan hasharotlarni cho‘qib yuribdilar. 
Kalao degan baqiroq qush lar doim qattiq-qattiq chiril-
lashgani chirillashgan. Yerliklar «Rous» deb ataydigan 
qizil dumli, och kulrang to‘ti vaysagani vaysagan. O‘zi 
pashsha qushga o‘xshash, lekin qizil tumshuqli drugo 
degan qushlar bir shoxdan ikkinchisiga pirillab uchib 
yurardilar. Hamma joyda kapalaklar uchib yuradi, ayniq-
sa qo‘rg‘onga qarashli yerlardan oqib o‘tayotgan ariqlar 
bo‘yidagi chakalakzor orasida kapalak lar ko‘p edi. Ammo 
kapalaklar – Benedikt tog‘a ning ishi edi. Jek ulardan 
zerikib qoldi. Bolasi tushmagur, qo‘rg‘ondan tashqari 
chiqish havasida edi. U xushchaqchaq do‘sti Dik Sendni 
sog‘ingan edi. Ular ikkovi «Piligrim»ning ustunlariga chiqib 
o‘ynardilar-a! Dik hozir shu yerda bo‘lsa, Jek u bi lan eng 
baland baobab daraxtining tepasiga chiqa olardi.


329
«O‘n besh yoshli kapitan»
Ben
edikt tog‘aning esa atrofida hasharotlar bo‘lsa bas, 
ishi joyida bo‘lar edi. U qo‘rg‘on bog‘idan bitta zig‘irday 
asalari bilan kakku qushga o‘xshab o‘z tuxumchalarini 
boshqa qushlarning uyasiga qo‘yib ketadigan tekinxo‘r 
arini topib oldi. Hasharotshunos olim ko‘zoynagi bilan 
katta qilib ko‘rsatadigan oynasi bo‘lmasa ham qo‘lidan 
kelgancha ularni tekshirib chiqdi.
Qo‘rg‘onda, ayniqsa ariqlar bo‘yida chivindan ko‘pi yo‘q 
edi. Bir kuni bechora Benedikt tog‘ani rosa chivin taladi. 
O‘zini bu jirkanch hasharotlarga chaqdirib, shunchalik 
moxov qildirgani uchun uni missis Ueldon koyiganda, u 
badanini qashib-qashib, qonini chiqarib:
Nima qilay, jiyanim Ueldon, ularning odati shuna qa-
da. Buning uchun ulardan xafa bo‘lish yaramaydi! – dedi.
Kunlardan bir kuni, 17-iyulda Benedikt tog‘a dunyo-
dagi eng baxtli entomologlardan bo‘lib qolishiga sal qoldi.
Natijasi hech bir kutilmagan voqeani tug‘dirgan bu 
hodisani birma-bir aytib bermasak bo‘lmaydi.
Ertalab soat o‘n birlar chamasi edi. Issiq oftobdan 
qochib qo‘rg‘ondagilar hammasi uy-uyiga kirib ketgandi. 
Kazonde ko‘chalarida hech bir odam zoti ko‘rinmasdi.
Missis Ueldon qattiq uxlab yotgan Jek yonida mudrab 
o‘tiribdi.
Bu issiq mamlakatning olovday kuydirayotgan oftobi 
hatto Benedikt tog‘ani ham navbatdagi sayr tomo-
shasiga chiqarmay qo‘ydi. To‘g‘risini aytganda, u o‘zini 
bu ishdan zo‘rg‘a tiyib qoldi, chunki oftobning qizg‘in 
paytida behisob ko‘p hasharotlarning g‘o‘ng‘illashiga 
toqat qilib bo‘l masdi.
Shunday qilib, Benedikt tog‘a o‘z kulbasiga kirib joyida 
yotib edi. U endi mudray boshlagan ediki, allaqanday 
g‘o‘ng‘il lagan ovozni eshitib qoldi.
– Hasharot-ku! Oltioyoqlilardan-ku! – deb baqirib 
yubordi Benedikt tog‘a.
Uyqusi birpasda qochib ketdi. Cho‘zilib yotgan Bene-
dikt tog‘a darrov tikka turdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish