Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

318
Jyul Vern
vayron qilib tashlabdi, chunki Kaplend inglizlar bosib 
olmasdan ilgari o‘sha burlarga qarashli edi.
Livingston 1853-yil 15-yanvarda Litubarubadan safar-
ga chiqdi. U bamanguat qabilasi yerlarining markaziga 
yetib bordi, 23-may kuni Linyantga yetib keldi. Bu yer-
dagi makolol qabilasining yosh xoni Sekeletu uni juda 
izzat-hurmat bilan kutib oldi.
Bu yerda Livingstonni qattiq bezgak tutib qoldi. Ammo 
sayyoh kasal bo‘lishiga qaramasdan, bu o‘lkaning tur-
mush va axloq tomonlarini tekshirdi. U, qul savdosi Afri-
kani butunlay xonavayron qilibdi, degan xulosaga keldi.
Bir oydan keyin, Xobe daryosi bo‘yidan yurib, bu 
daryoning Zambeziga quyiladigan joyiga keldi, so‘ngra 
Nalela, Katonga, Libonta shaharchalarida bo‘ldi va axiri 
Zambezi bilan Liba daryolarining qo‘shiladigan joyiga 
yetib keldi. Bu yerda Living ston, Liba daryosining yuqori 
oqimi bilan borib, Portugaliya mustamlakasining g‘arbiy 
chekkasiga sayohat qilmoqchi bo‘ldi. Shundan keyin u 
o‘sha sayohatga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish uchun 
to‘qqiz hafta deganda yana Linyantiga qaytib keldi.
1853-yil 11-noyabr kuni Livingston yigirma yettita 
makolollardan iborat otryad bilan Linyantidan safarga 
jo‘nadi. 27-dekabrda u Liba daryosining mansabiga yet-
di. Bu yerdan daryoning oqimiga qarshi yurib, balonda 
degan qabila yashaydigan yerga, ya’ni sharq tomondan 
kelayotgan Iakondo daryosining Libaga quyiladigan joyiga 
yetib keldi.
Livingston bu viloyatga kelgan eng birinchi oq tanli 
kishi edi.
1853-yil 14-yanvar kuni Livingston balonda qabilasi-
ning eng qudratli Shinte degan xonining saroyiga keldi.
Bu yerda yaxshi kutib olinganligiga qaramasdan, 
hormas-tolmas sayyoh bir necha kundan keyin Liba 
daryosining narigi tomoniga o‘tib, o‘sha oyning 26-kunida 
Katema xonning yeriga yetib keldi. Bu yerda ham uni 
yaxshi kutib oldilar. Ammo Livingston otryadi yana yo‘lga 
chiqib, 20-fevral kuni Dilolo ko‘lining labiga kelib yetdi.


319
«O‘n besh yoshli kapitan»
Bu yerda ishlar chappasiga keta boshladi. Yo‘l yurib 
bo‘lmas darajada yomonlashib ketdi, yerlik lar dushman 
kayfiyatda edilar, o‘z otryadidagi yer liklar ham fitna 
qo‘zg‘ay boshladilar. Sayyoh o‘lim xavfi ostida qoldi. 
G‘ayratsizroq odam bo‘lganida bu qiyinchiliklarga toqat 
qilolmasdi. Ammo doktor Livingston bu qiyinchiliklarga 
chidadi, 4-aprelda u Kuango daryosiga yetib oldi. Sersuv 
bu daryo Portugaliya yerlarining chegarasidan shimolga 
oqib borib, Zair (ya’ni Kongo) daryosiga quyiladi.
Olti kundan keyin Livingston Kasangoga yetib borib, 
31-mayda San-Paola de Loandaga keldi. Afrikani birinchi 
marta janubdan g‘arbga kesib o‘tgan va ikki yil davom 
qilgan bu sayohat ana shu xilda tugadi.
Shu yilning 24-sentabrida Livingston San-Paola de 
Loandadan jo‘nab ketdi. U, Dik Send bi lan uning ham-
rohlarini xunuk qarshilagan Kuanza daryosining o‘ng 
yoqasidan yurib, uning Lomba daryosiga qo‘shiladigan 
joyiga yetib bor di. Yo‘lda u bir qancha qul karvonlarini 
uchratib, ikkinchi marta Ka sangoga bordi. Livings ton 
20-fevralda bu yerdan yo‘lga chiqib, Kuango daryosini 
kechib o‘tdi va so‘ngra Zambezi daryosi bo‘yiga chiqdi. 
8-iyun kuni u yana Dilolo ko‘li bo‘yiga keldi, 1855-yil 
3-noyabrda yana sayohatga jo‘nash uchun Zambezi 
daryosining oqimi bi lan Linyantiga qaytib keldi.
Uning bu yangi sayohati tarixda birinchi marta 
Markaziy Afrikani g‘arbdan sharqqa kesib chiqishga 
mo‘ljallangan edi.
Devid Livingston mashhur Viktoriya shalolasiga borib 
kelganidan keyin, Zambezidan shimoli-sharq tomonga 
qarab jo‘nab ketdi. Qisqacha qilib aytganda, bu sayo-
hatga u quyidagi joylardan o‘tdi: Bakot viloyati orqali 
yurib, qudratli mahalliy xon Semalembueni ziyorat qildi; 
Kafuz daryosini kechdi, yana Zambezi daryosiga keldi. 
Mburuma xonni ziyorat qildi, Zumbo degan qadimgi 
portugal shaharining xarobalarini borib ko‘rdi, 1856-yil 
17-yanvarda o‘sha mahalda portugaliyaliklar bilan uru-



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish